Yaqin tarix sahifalaridan
Mamlakatimiz ichki ishlar organlarining tashkil topishi va shakllanishida xalqimizning ko‘plab vatanparvar, mard va fidoyi o‘g‘lonlarining hissasi beqiyos bo‘lgan. Shulardan biri o‘tgan asr boshlarida Xiva shahrida ish boshlagan militsiya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan Nazir Sholikorovdir.
1920-yil 2-fevral kuni poytaxti Xiva shahri bo‘lgan Xorazm Xalq Respublikasi tuzilgani e’lon qilinishdi. Shundan so‘ng respublikada huquq-tartibotga qat’iy amal qilinishini ta’minlovchi maxsus tuzilmaga ehtiyoj tig‘ildi. Tarkibi, vazifalari va ish uslubi Xiva xonligi davridagi mirshablik tuzumidan keskin farq qiluvchi ishchi-dehqon militsiyasi ana shunday tashkilotlardan biri bo‘lishi kerak edi. Shu bois, oradan ko‘p o‘tmay, aniqrog‘i, shu yilning 9-aprelida Xorazm Xalq Respublikasi hukumati bir necha nozirliklar qatori Ichki ishlar nozirligini ham ta’sis etdi. «Mamlakatda militsiya boshqarmasini tashkil etish va Xiva shahrini himoya qilish to‘g‘risida»gi qarorga ko‘ra, militsiya boshqarmasi Ichki ishlar nozirligi tarkibida emas, balki Adliya nozirligi qoshida tuzilganligi qayd qilindi. Adliya noziri lavozimiga o‘z davrida huquqiy bilimi, tajribasi bilan xalqqa tanilgan davlat arbobi Bobooxun Salimov, militsiya boshqarmasi boshlig‘i sifatida «Yosh xivaliklar» harakatining faollaridan biri Nazir Sholikorov tayinlandi.
Nazir Sholikorov 1881-yilda Xiva shahrida savdogar Qurbonniyoz Sholikorov xonadonida tug‘ilgan. Dastlab u Xivadagi eski maktab va madrasada tahsil oladi. Keyinchalik Orenburg, Moskva, Sankt-Peterburg shaharlariga savdo ishlari bilan borib, rus tilini o‘rganadi.
U dunyo kezib, Yevropa madaniyati, ilm-fani yutuqlari bilan tanishgan, shuning uchun hamon o‘rta asr ruhidagi ishlab chiqarish va boshqaruv hukmronlik qilayotgan Xiva xonligida islohotlar o‘tkazish tarafdori bo‘lgan. Shu maqsadda 1904-yili tashkil etilgan «Jamiyati xayriya» uyushmasiga birinchilardan bo‘lib a’zo bo‘ladi. Tashkilotning asosiy maqsadi o‘lkada jadid maktablarini ochish va ma’rifatparvarlik g‘oyalarini keng tarqatishdan iborat edi.
Bundan tashqari, 1914-yil avgustda «Yosh xivaliklar» partiyasini tuzishda Nazir Sholikorov Polvonniyoz hoji Yusupov, Boboniyoz Jumaniyozov, Husainbek Matmurodov, Xudoybergan Devonov va Bobooxun Salimovlar bilan bir safda bo‘ladi. Partiyaning faol a’zosi sifatida Isfandiyorxon va Junaidxon, keyinchalik sovet ma’murlari tomonidan ta’qib qilinishiga qaramasdan, tabiatan adolatparvar va o‘ta jasur inson bo‘lgani uchun ham olib borayotgan kurashdan aslo to‘xtamaydi.
N. Sholikorov 1920-yilda Xiva xonligining tugatilishi va Xorazm Xalq Respublikasini barpo etilishida faol qatnashgan.
Nazir Sholikorov 1920-yil 9-apreldan boshlab militsiya boshqarmasining boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Militsiya saflariga adolatparvar, fidoyi kishilarni ishga olishga harakat qiladi, o‘z bilim va tajribalarini o‘rgatib, ularga amaliy yordam beradi. Afsuski, uning militsiya boshqarmasi boshlig‘i sifatidagi faoliyati uzoq davom etmaydi. Bir yillik faoliyatidan so‘ng, 1931-yilga qadar yangi ochilgan kooperativda, Xiva shahar mudofaa bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab, pensiyaga chiqadi. Ammo ta’qibdan qutula olmaydi. 1933-yilda qamoqqa olinib, 5 oy davomida qamoqda bo‘ladi.
Mustabid tuzum qatag‘onlari xalqimizning ko‘plab mard farzandlarining umriga zomin bo‘ldi. Ming taassufki, Nazir Sholikorov bu qatag‘ondan chetda qolmadi. 1937-yil 25-avgust kuni uni qamoqqa olish uchun qayta qaror qilinadi. Unga Fayzulla Xo‘jayev, Davlat Rizayev kabi «xalq dushmanlari»ning «dumi», Angliya agenti, degan ayblovlar qo‘yiladi.
Tarixchi olim Bahrom Irzayev N.Sholikorovning so‘nggi kunlari haqida shunday yozadi: «Uning ishi 1938-yil 5-oktabr kuni soat 10:10 dan 10:25 gacha davom etdi. Sud bayonnomasida yozilishicha, u o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblarini tan olgan va so‘zining so‘ngida o‘zining jonini asrab qolishlarini so‘ragan emish... Vaholanki, Nazir Sholikorov 4-oktabr tunida otib tashlangan edi...»
Manbalarda keltirilishicha, 1937-yil 25-avgust kuni to‘ldirilgan anketada N.Sholikorovning oila a’zolari, ya’ni turmush o‘rtog‘i Bibijon Masharipova (42 yosh), qizlari Azizaxon (18 yosh), Hojarxon (9 yosh), Soraxon (6 yosh), o‘g‘li Fayzulla (4 yosh) va kenja qizi Maryamxon (4 oylik)lardan iborat deb ko‘rsatilgan. Uning qarindoshlaridan biri Sobir Sholikorov esa: «Biz Nazir buvamning kenja qizi Maryam ammamiz bilan doimiy qarindoshlik aloqasida bo‘lganmiz. U kishi To‘rtko‘lda yashardi, 2004-yil vafot etgan...», deya guvohlik beradi.
1958-yil 8-mart kuni N.Sholikorovning turmush o‘rtog‘i Bibijon Masharipova ichki ishlar organiga ariza bilan murojaat etadi. Shundan so‘ng Nazir Sholikorovning ishi qayta ko‘rilib, o‘sha yilning 4-dekabrida sobiq ittifoq Oliy sudi harbiy kollegiyasi tomonidan oqlanadi.
Xudoybergan JABBOROV,
o‘z muxbirimiz.
Xorazm viloyati.
Oʻzbekistonda dollar kursi pastlamoqda
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'55,77 soʻmga'tushdi va'12 831,13 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'82,54 soʻmga'pastladi va'14 542,80 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,20 soʻmga'tushib,'161,07 soʻmni'tashkil etdi.
Oʻzbekistonda dollar kursi pastlamoqda
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'55,77 soʻmga'tushdi va'12 831,13 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'82,54 soʻmga'pastladi va'14 542,80 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,20 soʻmga'tushib,'161,07 soʻmni'tashkil etdi.
Dollar kursi sezilarli pastlashdan soʻng yana koʻtarildi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'22,17 soʻmga'oshdi va'12 790,43 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'86,40 soʻmga'koʻtarildi va'14 486,44 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,03 soʻmga'tushib,'162,60 soʻmni'tashkil etdi.
Mebelchilarga xalqaro sertifikat olish xarajati qoplab beriladi
Oʻzbekistonda mebelchilarga xalqaro sertifikat olish xarajati hamda xorijdan jalb qilingan dizayner, marketolog, injener-texnologlar ish haqining yarmi qoplab beriladi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.Oʻtgan yili mebel eksporti 20 million dollarga yetdi. Sifat, dizayn va brendga eʼtibor qaratilsa, mavjud quvvatlarning oʻzida eksport hozirgidan 10 karra oshishi mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.Shu b