calendar 25 Jan 12:23
eye 65
comments 0
comments Manba: xs.uz

Imperiyaparastlarning puch xomxayollari

image
It hurar, karvon oʻtar

Albatta, bu holat katta telekanal efirida roʻy bergani, unda bildirilgan fikrlar oʻzbeklar, qozoqlar va ozarbayjon xalqlariga nisbatan haqoratdan boshqa narsa emas. Mixail Smolin Rossiyada imperiyachi va monarxiyachi tarixchiligi bilan tanildi. Uning dunyoqarashi millatchilik va konservatizm mafkurasi bilan zaharlangan boʻlib, butun umri kommunistlar va liberallarga qarshi gʻoyaviy kurashlar bilan oʻtdi. Uning kim, qanday mafkura sohibi ekanligini quyidagi fikridan bilsa boʻladi: 'Pravoslav cherkovi, imperiyacha davlat, rus millati, mustahkam koʻp farzandli oila ' bu azaliy asoslar hozirga qadar davlat siyosatida oʻzini sezilarli namoyon etmayapti, ammo ijtimoiy ong uchun aniq gʻoyaviy mazmun bilan toʻldirilishi lozim. Bizning oldimizda kelajakda rus imperiyasi davlatchiligini qayta tiklashning gʻoyaviy asoslarini yaratish vazifasi turibdi'.

Smolinning ashaddiy millatchi-shovinist ekanligini istilochi va bosqinchi Mixail Skobelev toʻgʻrisidagi fikridan ham bilsa boʻladi: '1868-yilda Skobelev Turkistonga safarbar qilinganidan keyin rus armiyasi inglizlar koʻz tashlab turgan Oʻrta Osiyoni zabt этди... 1873-yilda yosh Skobelev Xivaga yurishlarda bitta jangda yetti marta jarohat olsa ham jangdan chiqmasdan koʻzga tashlandi. 1875-1876-yillardagi Qoʻqonga yurishlarda oz sonli rus otryadi bilan koʻpmingli lashkar ustidan gʻalaba qozondi. General mayor unvonini olishga erishib, Fargʻona shahriga (1924-yilgacha shahar Skobelev nomida edi) asos soldi, Fargʻona viloyatini boshqardi'.

Mixail Smolinning tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega boʻla turib 'oʻzbeklar, qozoqlar va ozarbayjonlar hech qachon mavjud boʻlmagan', qabilidagi tuhmati har qanday odamni taajjubga soladi. Taniqli olim Shamsiddin Kamoliddinning yozishicha 'XVI ' XIX asrlarda Oʻzbekistonning barcha aholisi uning kelib chiqishidan qatʼi nazar, 'oʻzbek' deb atalgan. Vaholanki, oʻsha davrda Oʻzbekistonda turli xil xalqlar va qabilalar, shu jumladan, uygʻur, qozoq, qirgʻiz, qipchoq, turkman va qoraqalpoqlar yashagan. Ularning hammasi oʻzlarini oʻzbek deb hisoblaganlar. Dashti Qipchoq oʻzbeklari Oʻrta Osiyoni bosib olgan boʻlsalar ham, mahalliy oʻtroq turklar bilan yaqin qarindosh edilar. Shuning uchun ular tezda birlashib, qorishib ketdilar. Oʻzbeklar hech qachon oʻzlarining nomini boshqalarga berishga harakat qilmaganlar. Aksincha, boshqa xalqlar oʻzlarini 'oʻzbek' deb koʻrsatishga intilganlar, chunki oʻsha davrda 'oʻzbek' boʻlish sharafli hisoblanar edi. XIX asr oʻrtalarida Markaziy Osiyo boʻylab sayohat qilgan venger olimi A. Vamberi shunday deb yozgan edi: 'Qoʻqon aholisi oʻzbek, tadshik, kaysak, qirgʻiz, qipchoqlardir'. Taniqli xitoyshunos olim Abdulaxat Xoʻjayev Xitoy va boshqa manbalarga tayangan holda oʻzbek xalqining shakllanish davri ikki ming yil davom etganini dalillab bergan.

Taniqli rus olimlari V. Grigorev, A. Semyonov, V. Yudin oʻzbek xalqi shakllanishini XIV asrdan boshlaydi. Akademik V. Bartold oʻzbeklarni Oltin Oʻrda hukmronligi davrida katta siyosiy taʼsirga ega xalq sifatida taʼriflaydi. Bu dalillar XIV ' XVI asrlarda fors va arab tillarida ijod etgan tarixnavislar tomonidan ham isbotlangan. Yana V. Bartold 'oʻzbek' va 'oʻzbek ulusi' soʻzlari bu xalqni Oʻrta Osiyodagi boshqa qavm va qabilalardan ajratib turishini, shu bilan birga, ular Chigʻatoyning harbiy boʻlinmasi tushunchasini anglatishini alohida qayd etadi.

Oʻzbek, qozoq, ozarbayjon xalqlari qadimgi davrda shakllanmagan boʻlsa, oktyabr toʻntarishidan keyin birdaniga osmondan tushib qoldimi? Bu iddaoda mantiq yoʻq. Aksincha, oktyabr toʻntarishidan oldin RSFSR degan davlat yoʻq edi. Chunki u Rossiya imperiyasining tanazzuli oʻlaroq paydo boʻldi.

Agar 2012-yilda rus davlatchiligining paydo boʻlganligiga 1150-yil toʻlgan boʻlsa, hozirgi Oʻzbekiston hududida eramizdan oldingi VII ' VIII asrlarda Xorazm, Soʻgʻdiyona va Baqtriya davlatlari mavjud boʻlgan. Samarqand shahri 2700, Buxoro shahri 2500, Xiva shahri 1200-yillik tarixga egadir.

Rus shovinistlarining axborot xurujlari endi boshlangani yoʻq. 2023-yil 20-oktyabrda OAVda Rossiya Davlat dumasi deputati Mixail Delyagin migrantlarni Rossiya davlati uchun katta xavf tugʻdiruvchi kuch sifatida ifodalab, Oʻzbekiston oʻz fuqarolarini Rossiyadan olib ketishini taklif qilgan edi. 2023-yil 16-noyabrda OAVda Rossiya Davlat dumasi deputati Petr Tolstoy oʻzbek, tojik va boshqa millatlarga mansub migrantlarga shama qilib, 'rus tili davlat tili boʻlmagan mamlakatlar fuqarolari bizning ijtimoiy sohalarda haydovchi, sotuvchi, kuryer kabi kasblarda ishlamasligi kerak', deb oʻzining millatchilik va diskriminatsiyaviy qarashlarini namoyon qilgan edi. Shu yil dekabr oyida 'Справедливая Россия ' За правду' partiyasi hamraisi, shovinist-yozuvchi Zaxar Prilepin Oʻzbekistonni Rossiyaga qoʻshib olish taklifini bildirgan edi.

Imperiyachi-monarxist Mixail Smolinning uchta yirik millatga nisbatan tuhmati hammasidan oshib tushdi. Shu bilan birga, u oʻzining siyosiy koʻrligi, millatlar tarixiga hurmatsizligi, yuzsizligi bilan oʻzbek, qozoq va ozarbayjon xalqlarining nafratiga uchradi. Sobiq Rossiya imperiyasining bosqinchilik, mustabidlik va totalitar siyosati davrini qoʻmsashining oʻziyoq uning basharasini ochib berdi.

Yana bir oliy haqiqat borki, u ham boʻlsa soʻnggi yetti yil ichida yangi Oʻzbekistonning qad koʻtara boshlashi, yurtimiz qisqa davr ichida tanib boʻlmas darajada obodonlashib ketishi, mamlakatning dunyoga ochilishi, iqtisodiy salohiyatimizning oshishi, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatga xos rivojlanish yoʻliga oʻtganimiz, koʻp vektorli tashqi siyosatning yuksak natijalari, rivojlangan davlatlar liderlarining mamlakatimizga nisbatan qiziqishlarining ortishi ' bularning hammasi millatchi, imperiyachi, militarist, ekstremistik unsurlarning gʻashiga tega boshladi, feʼl-atvorida gʻayirliklar junbushga kela boshladi.

Albatta, bu toifa unsurlar oʻzlarining imperiya va sobiq sovet ittifoqi davridagi 'yuksak siyosiy mavqelarini' qoʻmsay boshladi, ilgarilari mustabidlik ostida yashagan xalqlarning muvaffaqiyatlari, dunyo eʼtirofiga sazovor boʻlishi, 'katta akalarsiz' rivojlangan davlatlar qatoriga oʻta boshlashi ularning nafsoniyatini qoʻzgʻay boshladi. Ular oʻz qilmishlari va gʻalamisliklari bilan jadal rivojlanib kelayotgan Oʻzbekiston ' Rossiya munosabatlari va oʻzaro hamkorligi jarayonlariga raxna solmoqda. Doʻstlik rishtalari uzilishi, ishonchsizlik kayfiyati kuchayishi mumkinligiga 'xizmat' qilmoqda.

Mixail Smolinning gaplariga izoh bergan Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili, bu tarixchining shaxsiy fikri ekanini aytdi. 'Rossiya va Markaziy Osiyo respublikalarini umumiy tarix, yaqin insoniy, gumanitar rishtalar, savdo-iqtisodiy va biznes aloqalari birlashtiradi, ' dedi u jumladan. ' Qayd etilgan yoqimsiz bayonotlar sof subyektiv xususiyatga ega, hozirgina aytib oʻtilgan voqelik bilan hech qanday umumiylik yoʻq va butunlay muallifning vijdoniga havola'.

Chindan ham shunday boʻlsa, yaxshi, albatta. Chunki oʻtgan yilning oktyabridan boshlab Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari hamda xalqlariga nisbatan turli igʻvolar va gʻiybatlar boshlangani, ularning mualliflari, asosan, taniqli shaxslardan iborat ekanligi kishini oʻylantiradi. Qolaversa, bularning hammasi yirik telekanallar efirlari orqali tarqatilmoqda. Goʻyoki, ularning orqasida qandaydir siyosiy guruhlar turgandek. Har holda millatimizga nisbatan har qanday tahdidga oʻz vaqtida javob berilmasa, kech boʻladi, tahdidlar oʻzaro aloqalarning sovishiga sabab boʻladi.

Muqimjon QIRGʻIZBOYEV,

Oʻzbekiston Respublikasida

xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jul 10:27
 
84
0
xs.uz

Prezident qarori bilan Toshkentda Amerika texnologiyalar universiteti tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 'Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universitetini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qarori (PQ-261-son, 17.07.2024-y.) qabul qilindi. Qarorga muvofiq Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universiteti tashkil etiladi.Universitetning asosiy faoliyat yoʻnalishlari sifatida muhandislik, sogʻliqni saqlash, axborot texnologiyalari, arxitektura va dizayn, iqtisodiyot va moliya, xalqaro munosabatlar sohalari uchun oli

11 Aug 03:43
 
23
0
xs.uz

Samarqandda 48 yoshli erkak dalahovlisida 670 tup kannabis yetishtirayotgani aniqlandi

Samarqand viloyatida 48 yoshli fuqaro dalahovlisida 670 tup kannabis yetishtirayotgani aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.Bildirilishicha, 1-avgust kuni Samarqand viloyati Samarqand tumani Yangi ariq mahallasida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida 1976-yilda tugʻilgan erkak dalahovlisida 670 tup kannabis giyohvandlik oʻsimligini parvarishlab kelayotgani aniqlangan. Shuningdek, uning hovlisidan 15 kg 300 gm marixuana giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.Bild

16 Jul 11:47
 
79
0
qalampir.uz

“Baxti Tashkentskiy” ishi: Sud hukm chiqarish uchun maslahatxonaga kirdi

Xabaringiz bor, jinoyat olamizda “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Zafarovich Qudratullayev ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida ko‘rib chiqilmoqda. Sud hukm chiqarish uchun maslahatxonaga kirdi. Bu haqda advokat Abdumalik Abdullayev ma’lum qildi. Advokatning so‘zlariga ko‘ra, sud maslahatxonadan 2024 yilning 19 iyul kuni soat 10:00 da chiqishi kutilmoqda.  Ma’lumki, “Baxti Tashkentskiy” 2023 yilning noyabr

15 Jul 12:03
 
83
0
qalampir.uz

OTMlarga kirish imtihonlari boshlandi

Bugun, 14 iyul kuni soat 8:00da 2024/2025 o‘quv yili uchun professional va oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun test imtihonlari boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi. Imtihonlar respublikaning 73 ta yopiq turdagi binolarida o‘tkaziladi. Joriy yilda 805 ming 688 nafar abituriyent testlarda ishtirok etadi. Imtihonlar 25 iyulgacha davom etadi. Test 14-25 iyul kunlari 2 smenada bo