Oʻzbekiston-Xitoy qishloq xoʻjaligi biznes forumi boʻlib oʻtdi

Xitoy asrlar davomida yangilik va oʻzgarishlarga intiluvchanligi bilan ajralib turgan. Ne ixtiro va yangiliklari insonlar hayot darajasini oshishi va mushkulini oson qilishga xizmat qilib kelayotgani ham rost. Anʼanalar davom etadi. Buni yer kurrasida yashayotgan har bir inson misolida gapirsa boʻladi. Boisi, bu yurtning mahsulotlari kirib bormagan va u haqida eshitmagan topilmasa kerak. Barchasiga esa qatʼiy intizom, ishiga boʻlgan masʼuliyat va vatanparvarlik asos boʻlgan desak, mubolagʻa emas.
Bugun nafaqat madaniyat, turizm, suv xoʻjaligi sohalarida, balki qishloq xoʻjaligi sohasida ham ulkan hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilmoqda. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov va vazirlik mutasaddi vakillari ham oʻz yoʻnalishida hamkorlik loyihalarini amalga oshirish va Xitoy tajribasini Oʻzbekistonda ham joriy etish ilinjida.
Mana shunday xislatlar jam boʻlgan diyor tadbirkorlari Oʻzbekiston bilan tadbirkorlik va ishbilarmonlik munosabatlarini mustahkamlash ilinjida. Sarmoya kiritish hamda shu orqali oʻz bizneslari qaddini koʻtarib olish ilinjida ular. Mamlakatimiz xitoyliklar uchun tarixan doimo katta qiziqish markazida boʻlgan. Buni tarixan yaxshi anglaymiz. Zamonaviy dunyo taraqqiyotining qoidalari ana shu tarixiy mushtaraklikni ishonchli sherik va hamkor munosabatlarida davom ettirishga zamin yaratayotir.
Davlatimiz rahbarining rasmiy Pekin taklifiga koʻra amalga oshiradigan davlat tashrifi arafasida tashkillashtirilgan Oʻzbekiston-Xitoy qishloq xoʻjaligi biznes forumi ham yuqoridagi fikrimizning yaqqol dalilidir. Nega aynan ushbu yoʻnalishda degan haqli savol tugʻiladi. Javobi ham oddiy: bugun biznes aniq va manzilli ishlashni afzal koʻradi. Shuning uchun Oʻzbekistonning XXRdagi elchixonasida tashkil etilgan anjuman oʻz atrofiga 80 ga yaqin tadbirkorni jamladi. Aslida ishtirokchilar soni juda koʻp edi. Ammo joy va vaqt imkoniyatlari tufayli ularning sonini joyida qisqartirishga toʻgʻri keldi. Seksiya va sessiyalarga boʻlinib ish tashkil qilindi. Bu esa xitoylik tadbirkorlarning yurtimiz iqtisodiyoti va uning istiqboliga boʻlgan qiziqishlari nechogʻli kuchli ekanini koʻrsatib turibdi. Ochigʻi, tadbirga taklif etilganlar bilan bir qatorda yirik va nufuzli kompaniya vakillari ham esh boʻlib kelishdi. Quvontirgani, sarmoya bilan birgalikda eng soʻnggi ishlanma, ilmiy izlanish natijalari hamda bilim hosilalarini ayni Oʻzbek zaminida istiqbolli sanayotir ularning bari.
Suv tejovchi texnologiyalar, urugʻchilik, chorvachilik, mahsulotlarni qayta ishlash, yer holatini tiklashga yoʻnaltirilgan ishlanmalar, mevali koʻchatlar yetishtirish, issiqxona xoʻjaliklarini tashkil etish, hayvonlarda uchraydigan kasalliklarga qarshi vaksinalar, qoʻziqorin yetishtirish, agrologistika markazlarini tashkil etish, innovatsion laboratoriyalar tashkil etish, bogʻ va uzumzorlarni aqlli boshqarish tizimlari, poliz mahsulotlarining hosildorligini oshiruvchi, don va dukkakli mahsulotlarning yangi avlodini yetishtirish loyihalari. Bu faqat ayni qogʻozdan amaliyotga koʻchayotgan kelishuvlar. Qayd etganimiz 80 dan ziyod tadbirkor ayni yerning oʻzida 10 ga yaqin oʻzaro kelishuvlarga imzo chekdi. Va ilk savol: ishni qachon boshlasak boʻladi? Demak, Oʻzbekiston oʻzining ishonchli hamkor ekanini har on va har yerda isbotlab turibdi. Bu yurtimizga berilayotgan haqqoniy baho. Buni xitoyliklar yaxshi bilishadi. Biznes foyda ustiga quriladi. Ammo bugungi uchrashuv ishtirokchilari nafaqat foyda, balki har tomonlama suyansa boʻladigan chin hamkor topganlaridan mamnun. Chin soʻzi, ham qiyosiy ham ishbilarmonlik lugʻatidagi asosiy manba boʻlib xizmat qilishga ishonishlari esa quvonarli hol.
Foto: 'Xalq so'zi'
Dollar kursi bir necha kunlik koʻtarilishdan soʻng biroz pastladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'14,82 soʻmga'tushdi va'12 965,34 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'81,50 soʻmga'pastladi va'14 525,07 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,29 soʻmga'tushib,'161,34 soʻmni'tashkil etdi.
Prezidentga Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni haqida axborot berildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-may kuni O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayoni va uni jadallashtirish chora-tadbirlari bo'yicha taqdimot bilan tanishdi.Davlat rahbarining alohida nazorati asosida 2023-yildan boshlab JSTga a'zo bo'lish choralari ko'rilmoqda. O'tgan davrda ko'p va ikki tomonlama muzokaralarda muayyan natijalarga erishildi.Jumladan, Ishchi guruhining to'rtta muhim yig'ilishi o'tkazilib, 500'dan ortiq masalalar ko'tarildi, 30'dan ziyod rasmiy hujjatlar JST K
Dollarning oʻzbek soʻmiga nisbatan qiymati oshdi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'44,89 soʻmga'oshdi va'12 980,16 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'239,57 soʻmga'koʻtarildi va'14 606,57 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'1,16 soʻmga'yuqorilab,'161,63 soʻmni'tashkil etdi.
Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oshdi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'39,72 soʻmga'oshdi va'12 935,27 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'28,64 soʻmga'koʻtarildi va'14 367,20 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'1,09 soʻmga'yuqorilab,'160,47 soʻmni'tashkil etdi.