calendar 23 Jan 18:31
eye 70
comments 0
comments Manba: xs.uz

AQSH poytaxtida Abu Rayhon Beruniy haykali ochildi

image
Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasi oldida buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy haykali oʻrnatildi.

Haykalning tantanali ochilish marosimida AQSH hukumati, Oq uy, Davlat departamenti, diplomatik korpus, 'aql' markazlari ekspertlari, ishbilarmon doira va yetakchi OAV vakillari qatnashdi.

'Dunyo' AA xabariga koʻra, tadbir avvalida qatnashchilarga Abu Rayhon Beruniy faoliyati va olim merosining jahon sivilizatsiyasida tutgan oʻrni haqida batafsil maʼlumot berildi. Haykalning ochilishi nafaqat buyuk oʻzbek olimining tarixiy ahamiyatini ulugʻlash, balki Oʻzbekiston ' AQSH oʻrtasidagi yanada mustahkamlanib borayotgan hamkorlikning timsoli boʻlishi qayd etildi.

Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va targʻib qilish butunjahon jamiyati ilmiy kengashi aʼzosi Federik Starr anjumandagi nutqida Abu Rayhon Beruniy faoliyati va ijodi, uning jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan muhim hissasi haqida batafsil maʼruza qildi.

'Abu Rayhon Beruniy Xristofor Kolumb Amerikani kashf qilishidan 500-yil avval okean ortida qitʼa borligini aytgan', ' dedi Starr.

Ishtirokchilar Beruniy shaxsi va merosiga AQSHda koʻrsatilgan ehtirom haqida fikr bildirishar ekan, ushbu haykal nafaqat Oʻzbekistonning faxrli oʻtmishi, balki mamlakatning yorqin kelajagini ham ramziy ifodasi ekanini taʼkidladilar.

AQSH vakillarining aytishicha, Vashingtondagi boshqa davlatlar elchixonalaridan farqli holda Oʻzbekiston diplomatik vakolatxonasi oldida siyosatchi yoki harbiy sarkardalarni emas, aynan yetuk olim haykalining oʻrnatilishi mamlakatning taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalarga eʼtiboridan darak beradi. Qayd etilishicha, ushbu loyiha Oʻzbekistonning koʻp asrlik madaniyati, uzoqni koʻzlagan zamonaviy tashqi siyosatini va, albatta oʻzbek xalqining jahon tamadduniga qoʻshgan ulkan hissasini ifodalaydi.

Tadbir yakunida, uning ishtirokchilariga Federik Starr qalamiga mansub Abu Rayhon Beruniy va zamonaviy tibbiyot otasi hisoblangan Abu Ali ibn Sino hayoti va ijodiga bagʻishlangan 'Zamonasining daholari: Ibn Sino, Beruniy' kitoblari sovgʻa qilindi.

Vashingtonda qad rostlagan Abu Rayhon Beruniy haykali 'Amirsoy' togʻ-changʻi kurorti homiyligi asosida oʻzbekistonlik haykaltarosh ustalar tomonidan yasalgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Jul 11:30
 
89
0
xs.uz

Kreditorlar kredit majburiyati bajarilmagan-da, yer uchastkalarini boshqa shaxsga oʻtkazib berishi mumkin

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi. Bu haqda palatasining matbuot xizmati xabar berdi.Qonun loyihasiga koʻra, Yer kodeksi, 'Ijara toʻgʻrisida'gi va 'Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida'gi qonunlarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi. Xususan, Yer kodeksining yer uchastka

15 Jul 12:03
 
92
0
qalampir.uz

Makedonskiy tangasini O‘zbekistondan olib ketishga uringan xitoylik to‘xtatib qolindi

Aleksandr Makedonskiy davriga oid qadimiy tangani O‘zbekistondan olib ketishga uringan Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi to‘xtatib qolindi. Bu haqda “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xabar berdi. Qayd etilishicha, bugun, 12 iyul kuni soat 01:05 atrofida Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan “Toshkent-Urumchi” yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketayotgan Xitoy fuqarosi S.J.ga tegishli yo‘l su

26 Jul 18:03
 
85
0
xs.uz

Toshkentda yana quvur yorilib, koʻchalarni suv bosdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Uchtepa tumanida suv quvurlari yorilib koʻchalarga suv toshayotgani tasvirlangan foto va videolar tarqaldi. Tuman hokimining uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish va obodonlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Aziz Naimov holat yuzasidan maʼlumot berdi.Bildirilishicha, Uchtepa tumani Shirin chorrahasidagi issiq suv quvurlarida muammo yuzaga kelgan. Unga koʻra, 5- va 9-qozonxona magistral quvurlari bosim ostida tekshirilayotgan vaqtda quvurlar yorilgan.

18 Jul 12:04
 
56
0
xs.uz

Moʻjiza yaratayotgan mohir qoʻllar

Kasanachilikning afzal tomoni, ishlash uchun uydan chiqish shart emas. Buyurtmachi xom ashyo bilan kafolatli taʼminlaydi. Tayyorlab berilgan mahsulot savdosini ham amalga oshiradi. Biz bilan hamkorlik qilgan tadbirkorlarning uyda tikib berayotgan soʻzana va boshqa kashtachilik buyumlari Qozogʻiston, Turkiya, AQSH, Xitoy davlatlarigacha yetib bormoqda. Oʻtgan yili 200 ming dollardan koʻproq qiymatdagi mahsulotimiz eksportga chiqdi.Kashtachilik, gilam toʻqish ham bir sanʼat. Masalan, bir do