calendar 23 Jan 18:31
eye 54
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Osiyo kubogi-2023: Prezidentdan motivatsiya olgan tojik futbolchilari tarixiy natijaga erishdi

image

Qatar mezbonlik qilayotgan Osiyo kubogining “A” guruhidagi tur o‘yinlari to‘laqonli yakuniga yetdi. Oxirgi turda Tojikiston Livan, Qatar esa Xitoy bilan to‘qnash keldi.

Qatar va Tojikiston o‘z o‘yinlarida g‘alaba qozondi va bir vaqtning o‘zida pley-offga chiqdi. 

Tojikiston terma jamoasi yarim himoyachisi Parviz Umarboyev Livanga qarshi o‘yindan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida jamoasiga yordam berayotganidan juda xursand ekanligini aytib, davlat rahbariga alohida minnatdorlik bildirgan. 

Gap shundaki, o‘yindan oldin Imomali Rahmon Qatarga davlat tashrifi doirasida Tojikiston terma jamoasi futbolchilari bilan uchrashgan va Livanga qarshi o‘yinda omad tilagan.

Ta’kidlash joiz, o‘z tarixida birinchi marta Osiyo kubogida qatnashayotgan Tojikiston terma jamoasi birinchi urinishdayoq guruhdan chiqishni uddaladi.

1/8 finalda tojikistonlik futbolchilar  “S” guruhida 2-o‘rinni egallagan terma jamoa bilan kurash olib boradi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Jun 16:36
 
16
0
qalampir.uz

Yevro-2024: Ispaniya muddatidan avval pley-offga chiqdi

Kecha, 20 iyun kuni futbol bo‘yicha Yevropa chempionatining 2-tur o‘yinlari davom ettirildi. Tur doirasida “B” guruhida 1 ta, “C” guruhida 2 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi. “C” guruhida Sloveniya-Serbiya va Daniya-Angliya o‘yinlarida bir xil 1:1 natijasi qayd etildi. 2-turdan keyin mazkur kvartetda 4 ochko bilan Angliya peshqadamlik qilmoqda. Daniya va Sloveniya 2 ochko bilan keyingi o‘rinlarni band etib turibdi. Serbiya hisobida 1 ochko mavjud. &ld

19 Jun 18:13
 
4
0
qalampir.uz

Humoyun To‘xtamurodov yangi promouterlik kompaniya bilan shartnoma imzoladi

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Humoyun To‘xtamurodov Markaziy Osiyoning nufuzli ligalaridan biri Rossiyaning “Open FC” bilan shartnoma tuzdi. Bu haqda sportchining o‘zi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. To‘xtamurodovga ko‘ra, u  “Open FC” bilan 3 ta jang bo‘yicha kelishuvga erishgan. Tez orada sportchining tashkilot turnirlari doirasidagi yangi jangi sanasi va raqibi aniq bo‘ladi. Hozirda 25 yoshli To‘xtamurodov bo‘lajak jangiga Tailandda tayyorga

14 Jun 12:41
 
16
0
qalampir.uz

Bugun Yevro-2024 start oladi

Bugun, 14 iyun kuni Germaniyada futbol bo‘yicha Yevropa chempionati bahslari boshlanadi. Tarixdagi 17-qit’a birinchiligining ochilish o‘yinida mezbon Germaniya Shotlandiya terma jamoasi bilan bahs olib boradi. Germaniya va Shotlandiya rasmiy o‘yinlarda o‘zaro 2 marta to‘qnash kelgan va har ikki o‘yinda nemislar zafar quchgan. “A” guruhining ikkinchi o‘yinida esa Vengriya Shveysariya bilan kuch sinashadi.  Ma’lumot uchun, Germaniya-Shotlandiya o‘yini Tos

29 May 15:24
 
35
0
qalampir.uz

O‘zbekistonda davlat sport akademiyasi tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, Oliy sport mahorati instituti negizida O‘zbekiston davlat sport akademiyasi (Akademiya) tashkil etiladi. 2025/2026 o‘quv yilidan Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda u