calendar 23 Jan 17:49
eye 69
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Rus tarixchisi o‘zbek millatini Lenin o‘ylab topganini iddao qildi (video)

image

21 yanvar kuni Vladimir Ilich Lenin vafot etganiga 100 yil to‘lishi munosabati bilan “Uchrashuv joyi” tok-shousida rus shovinist tarixchisi Mixail Smolin "inqilobdan oldin ozarbayjon, o‘zbek va qozoqlar hech qachon bo‘lmagan", degan da’vo bilan chiqdi.

“Qozog‘iston qanday paydo bo‘ldi? Darhaqiqat, dastlab RSFSR tarkibida Qozog‘iston SSR deb atalgan, ungacha qozoqlar umuman yo‘q edi. Millatlarning shakllanishiga oid qarorlar shu qadar ixtiyoriy qabul qilingan. O‘zbeklar, masalan, inqilobgacha hech qachon bo‘lmagan, bunday nom yo‘q edi. Markaziy Osiyoning bir qancha xalqlaridan o‘zbeklarni olib, yaratdilar”,  deydi u.

Tarixchi o‘zining "yangicha yondashuv"larini davom ettirarkan, ozarbayjonlarning ham kelib chiqishiga to‘xtaldi.

 “Ozarbayjonlar kimlar? Bunday millat yo‘q. Inqilobdan oldin bunday xalq bo‘lmagan”, degan Smolin.

Unga ko‘ra, kommunistik partiyaning asosiy vazifasi Rossiya imperiyasining ulkan hududini milliy kvartiralarga bo‘lish edi. Bu esa Rossiyani vayron qiluvchi ulkan muammolarni keltirib chiqargan va "Leninni Rossiya tarixidagi eng katta jinoyatchiga aylantirgan".

Smolinning da’vosiga  O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligida vazir maslahatchisi bo‘lib faoliyat yuritayotgan, sobiq deputat Rasul Kusherboyev o‘z munosabatini bildirdi:

“Ko‘rinib turibdiki, katta ehtimol bilan Kreml buyurtmasi asosida rus ziyolilari sekin-asta Markaziy Osiyo mamlakatlarini bosib olishga o‘z jamiyatini ruhan tayyorlamoqda”, deydi Kusherboyev. 

Uning fikricha, bu kabi ssenariylar Ukraina bosqinidan oldin ham qo‘llanilgan.

O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron esa buni anchadan buyon davom etayotgan provokatsiya deb baholaydi.

"Bularning bari provokatsiya va yolg‘on. Eskidan bo‘lib kelgan pastkashlik. Yolg‘on esa elektr quvvatini o‘tkazmaydigan moddadek, insonlar va xalqlar o‘rtasidagi aloqalarning kuchayishiga chek qo‘yuvchi vositadir. Tarixdagi har bir ijtimoiy yuksalish jamiyatning o‘z merosiga, o‘z o‘tmishiga bo‘lgan munosabatini isloh qilishdan boshlangan. Faqat shundagina haqiqiy ma’noda inqilobiy o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkin", deydi bir qator tarixiy va badiiy asarlar muallifi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq rus siyosatchisi va yozuvchisi Zaxar Prilepin sobiq SSSR hududlarini Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shib, ularning aholisiga rus tilini o‘rgatish taklifini ilgari surgandi. Bu O‘zbekistonda norozilik va keng munozaralarga sabab bo‘ldi. O‘zbekistonlik faollar va deputatlar bu borada o‘z munosabatlarini e’lon qildi. Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Inomjon Qudratov Prilepinning bayonotiga munosabat bildirayotib, “Aqlsiz do‘st aqlli dushmandan yomonroqdir”, naqlini eslatdi. Tabiat resurslari vazirining maslahatchisi, jamoatchilik faoli Rasul Kusherboyev esa O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ham mazkur vaziyatdan norozilik bildirib, Rossiyaga rasmiy nota yuborishi kerakligini ta’kidladi. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Mirodil Abdurahmonov ham bu bo‘yicha munosabat berib, Kiyevni egallash Rossiya uchun orzuligicha qolishini aytdi. “Yuksalish” umummilliy harakati raisi, Oliy Majlis deputati Bobur Bekmurodov esa Prilepinning bunday harakati na O‘zbekiston, na Rossiya qonunchiligiga to‘g‘ri kelmasligini eslatdi. Yana bir  deputat Umida Rahmonova esa bir davlatning suverenitet huquqini boshqa davlatlarga nisbatan buzishni g‘irt ikkiyuzlamachilik deb atadi. Senat raisi Tanzila Norboyeva esa O‘zbekiston hech qachon hech kimga mustamlaka bo‘lmasligini aytdi.

Joriy yilning 18 yanvarida esa Rossiyalik teleboshlovchi “ruscha” nomlardan voz kechayotgan qozog‘istonliklarni “manqurt”ga o‘xshatdi va unga Qozog‘istonga kirish taqiqlab qo‘yildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
15
0
xs.uz

Shimoliy Koreya Ukrainada Rossiyaga yordam berayotgan boʻlishi mumkin — Seul

Ukraina kuchlarining yaqinda uyushtirgan hujumida Shimoliy Koreya askarlari halok boʻlgan boʻlishi mumkin. Shimoliy Koreya askarlari Ukrainada Rossiya qoʻshinlari bilan birga jang qilyapti degan taxmin bor. Bu fikrlarni Janubiy Koreya mudofaa vaziri Kim Yong Xyon aytib oʻtdi.Vazir mahalliy siyosatchilarga 3-oktyabr kuni Donesk yaqinidagi Ukraina zarbasidan 6 nafar Shimoliy Koreya zobiti halok boʻlganligi ehtimoli yuqori ekanini maʼlum qildi. Bu haqda oʻtgan hafta Ukraina matbuoti xabar qi

09 Oct 12:40
 
12
0
xs.uz

Gʻazodagi inqirozning bir yilligi va Isroil — Livanning oʻzaro toʻqnashuvi

Dushanba kuni ertalab 'Hizbulloh' raketalari Isroilning uchinchi yirik shahri Hayfaga zarba berdi. Bu Gʻazo urushining bir yilligi kuni va Isroil Livan janubiga quruqlikdan bostirib kirishini kengaytirishga tayyorlanayotgan pallaga toʻgʻri keldi.Bundan oldin Gʻazoda Isroilga qarshi kurashayotgan HAMASning ittifoqchisi, Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan 'Hizbulloh' 'Fadi 1' raketalari bilan Hayfa janubidagi harbiy bazani nishonga olganini va 65 km uzoqlikdagi Tiberiyaga yana hujum uyushtir

09 Oct 12:40
 
15
0
xs.uz

Yevropa Ittifoqi Ukrainani qulay shartlar asosida tinchlikka tayyorlaydi — Yevrokomissiya vitse-prezidenti

Yevropa Ittifoqi (YI) Ukrainaning Kiyevga tinchlikni qulay shartlarda muhokama qilish imkonini beradigan holatda boʻlishini taʼminlashi kerak. Bu haqda YI davlatlarining boʻlajak sammitiga tayyorgarlik haqida gapirar ekan, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Marosh Shefchovich maʼlum qildi.'Bizning maqsadimiz Ukrainaning tinchlikni qulay shartlarda muhokama qilish va YIga toʻlaqonli aʼzo boʻlish yoʻlini tayyorlash imkonini beradigan holatda boʻlishini taʼminlash boʻlishi kerak', dedi Shef

09 Oct 12:40
 
26
0
xs.uz

Toʻfon tufayli Floridaning besh milliondan ortiq aholisi evakuatsiya qilindi

'Milton' toʻfoni tufayli AQSHning Florida shtatida yashovchi besh milliondan ortiq odam evakuatsiya qilindi. 'New York Times' nashrining yozishicha, bu shtat tarixidagi eng yirik evakuatsiyalardan biri hisoblanadi.'5,5 milliondan ortiq odam Floridaning gʻarbiy sohilini tark etishga majbur boʻldi. Bu shtat tarixidagi eng yirik evakuatsiyalardan biri', ' deyiladi manbada.Gazetaning yozishicha, rasmiylar shtat aholisini eng yaqin boshpanalarga borishga va uzoqqa ketmaslikka chaqirgan. Aholi evak