calendar 23 Jan 13:07
eye 101
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Ijara”da yashayotgan boshpanasiz kutubxona

image
Boshi qotgan mudira hali tuman hokimiga, hali viloyat tashkilotiga, hali deputatlar qabuliga murojaat qilaverib, tinkasi quridi. Yuqori idoralarga yuborilgan xatlar, soʻrovnomalar yosh bolalarni xoʻroz qand bilan aldaganlaridek, '...koʻrib chiqiladi, oʻrganiladi yoki tegishli joylarga yuborildi...' kabi aldovchi javoblardan iborat boʻlmoqda. Xullas, qayga borsa 'Otangga bor, onangga bor...' qabilidagi ishlar xoldan toydirdi. Natija esa yoʻq... Toʻgʻri, tuman hokimi Oʻtkirbek Maʼmurov: 'Hozircha oʻsha binodan chiqmay turasizlar, tadbirkor bilan kelishganmiz' mazmunidagi javobni yoʻlladi. Biroq, tadbirkor kutubxonani binodan chiqib ketishini talab qilganiga qaraganda hech qanday kelishuv boʻlmagan.

' Ayni paytda kutubxonamiz 23 ming 109 ta kitob fondiga ega, ' deydi kutubxona mudiri Muborakxon Isaqova. ' Elektron resurslar soni esa 300 ming 146 tani tashkil etadi. Kitoblarimiz soni muntazam ortib bormoqda. Masalan, oxirgi marta Alisher Navoiy nomli Oʻzbekiston milliy kutubxonasi tomonidan 462 dona kitob sovgʻa qilindi. 2023-yil davomida adabiyotlarimiz soni 1 ming 668 taga ortdi.

Asosan qishloq xoʻjaligiga moslashtirilgan tumanda istiqomat qiluvchi aholi orasida ham kitobni yaxshi koʻruvchi, uni sevib mutolaa qiluvchilar koʻpchilikni tashkil etadi. Hozirga qadar ularning soni 13 ming 495 nafarga yetdi. Bunga kutubxonada tashkil etilayotgan yangi asarlar taqdimotlari, bilimlar bellashuvlari, kitobxon oilalar musobaqalari kabi tadbirlarning muntazam oʻtkazib kelinayotgani ham sabab boʻlmoqda.

' Butun umrim davomida kitob mutolaasini kanda qilmaganman, ' deydi mehnat faxriysi Abdullajon Hakimov. ' Shu bois hanuzgacha kutubxonaga qatnayman. Agar, u binosiz qoladigan boʻlsa, bilingki, tumanimizda maʼnaviyatga, maʼrifatga boʻlgan munosabatning ham bahosi nolga teng boʻlib qoladi.

Kutubxonada boʻlganimizda kitobxonlarning aksariyati yoshlardan iborat ekanligiga amin boʻldik. Zero, bugungi yigit-qizlarni kitob mutolaasiga qaytarguncha hukumatimiz qanchadan-qancha chora-tadbirlarni amalga tatbiq etdi.

' Hozir maktabda oʻquvchisiman, ' deydi foydalanuvchi Diyora Ahmedova. ' Kelajakda institutga kirib, ustozlik kasbi boʻyicha taʼlim olishni xohlayman. Buning uchun koʻproq oʻqishim kerak. Afsuski, menga kerakli boʻlgan qoʻllanmalarning narxi juda qimmat. Repetitordan saboq olishning ham imkoni yoʻq. Kutubxonada esa kerakli barcha qoʻllanmalarning elektron shakli mavjud. Qolaversa, foydalanish ham bepul.

Har qanday yuksaklikning poydevori maʼnaviyatdir! Har qanday yuksak saviyali insonning asosi bilimdir! Maʼrifatga bepisandlik bilan qaralgan kundan boshlab inqiroz sari yuz tutilaveradi. Shunday ekan, juda katta bilim maskaniga aylangan kutubxonaning taqdiriga befarq qarab boʻlmaydi. Kutubxona koʻchada qolishining oldini olish, buning uchun uni doimiy manzil bilan taʼminlash muhimdir.

Umid qilamizki, Buloqboshi tumani hokimligi, maʼnaviyatga daxldor rahbarlar va beli baquvvat homiylar 'ijarada' arang kun kechirayotgan 'shoʻrlik' kutubxonani yangi, muhtasham va zamonaviy bino bilan taʼminlashda bosh-qosh boʻladilar. Negadir bunga ishongimiz kelyapti.

Yana билмадик...

Mahmudjon IBOYEV, jurnalist.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:34
 
309
0
xs.uz

Davlat rahbari sanepidxizmat foliyatidagi kamchiliklarga toʻxtaldi

Taʼkidlanganidek, sut va goʻsht mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar oʻzining mahsulotiga Sanepidqoʻm xulosasini olish tizimidan norozi.Masalan, yiliga 100 million dollarlik bolalar ozuqasi import boʻlmoqda. Lekin zamonaviy uskuna keltirib, zavod qurgan tadbirkor Sanepidqoʻm xulosasi yoʻqligi uchun ishlab chiqarishni boshlay olmayapti. Xulosa berish uchun esa standart yoʻq.Qoʻmita rahbariyati 'bu mahsulotga bizda standart yoʻq', deb kutib oʻtirmasdan, oʻzi tashabbus qilib, tadb

20 Mar 12:54
 
58
0
xs.uz

Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi

Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha muhim qaror qabul qilindi. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, mamlakatda 'Tadbirkor ayollar' platformasi va bir qator dasturlar'ishga tushiriladi.Qarorga koʻra, yetakchi ishbilarmon ayollardan iborat 'Tadbirkor ayollar kengashi' tashkil etiladi. Ushbu kengash ayollar biznesig

24 Mar 13:25
 
77
0
xs.uz

24-mart kuni ayrim hududlarda kuchli yomgʻir yogʻishi mumkin

Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-14 daraja iliq, kunduzi 15-17 daraja iliq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi,'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.Buxoro'v

23 Mar 16:43
 
66
0
xs.uz

Namanganga Xitoydan 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi

Namangan shahriga Xitoyning 'Zhongtong Bus' kompaniyasida ishlab chiqarilgan 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi'xabar berdi.Qayd etilishicha, mazkur avtobuslar shaharda jamoat transporti tizimini takomillashtirish maqsadida 'Turon-95 MBI' MChJ tomonidan olib kelingan.'Yangi avtobuslar tez kunlarda shahar koʻchalarida harakatlana boshlaydi', deyiladi xabarda.Maʼlumot uchun, Namangan shahriga oʻtgan yili 'Ekspress dolina' MChJ tomonidan 36 ta avtobus keltirilgan