calendar 23 Jan 10:59
eye 51
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Zelenskiy urush vaqtida saylovni o‘tkazishga tayyorligini aytdi, biroq sharti bor

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy harbiy holat davrida saylovlarni o‘tkazishga tayyorligini aytdi.  Bu haqda u Britaniyaning “Channel 4 News” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, urush sharoitida ovoz berishga to‘sqinlik qilayotgan to‘siqlarni yengib o‘tish mumkin bo‘lsa, saylovlar o‘tkaziladi.

“Mana mening javobim: agar ertaga qila olsam, ertaga qilardim... Vaziyatni va qonunni o‘zgartirishimiz kerak”, deydi davlat rahbari.

Zelenskiyning qo‘shimcha qilishicha, prezidentlik saylovlari uning xohishiga ko‘ra emas, balki qonun talabiga ko‘ra qoldirilmoqda. Ukraina qonunchiligi Prezidentga emas, balki butun institutlarga saylov o‘tkazishni taqiqlaydi.

Uning aytishicha, ishg‘ol qilingan hududlarda saylovlarni qanday o‘tkazish masalasi qolgan.

"Agar buni qilish mumkin bo‘lsa ham, bosib olingan hududlarni nima qilish kerak? Xorijda olti milliondan ortiq odam bo‘lsa va afsuski, onlayn saylovlar formati yo‘q bo‘lsa, saylovlarni qanday o‘tkazish kerak?", deydi Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning oktyabr oyidan boshlab siyosiy doiralarda Vladimir Zelenskiy va uning jamoasi 2024 yil mart oyida saylov o‘tkazish niyatida ekani haqida doimiy mish-mishlar tarqala boshladi. Ayrim hukumat amaldorlari ham bu imkoniyatni tan olishgan.

Biroq, bu mamlakatda juda kuchli siyosiy keskinlikni keltirib chiqardi. Zelenskiyning ko‘plab raqiblari saylovlarni prezidentni o‘zgartirish imkoniyati sifatida ko‘rishgan. Bundan tashqari, saylovda amaldagi davlat rahbarini mag‘lub etishi mumkin bo‘lgan potensial nomzod ham bor edi: Ukraina Qurolli kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondoni Valeriy Zalujniy.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

05 Jul 10:56
 
26
0
qalampir.uz

Si Szinpin Dushanbega bordi

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin rasmiy tashrif bilan Tojikistonga keldi. Bu haqda “Xovar” agentligi xabar berdi. “Sinxua” agentligi xabariga ko‘ra, uni aeroportda Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon kutib oldi. Tojikiston TIV Xitoy rahbarining tashrifi 4 iyuldan 6 iyulgacha davom etishi haqida xabar bergan edi. Rasmiy tashrif doirasida Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan tor va keng doiralarda uchrashuv bo‘lib o‘tadi, shuningdek,

21 Jul 11:54
 
39
0
qalampir.uz

Isroil Yamanga hujum boshladi (video)

Bugun, 20 iyul kuni Isroil qo‘shinlari AQSH hamda Buyuk Britaniya bilan birgalikda Yamanning Xodeyda port shahridagi yoqilg‘i omborlariga hujum qildi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari xabar berdi.  Isroil harbiy samolyotlari Yamanning Xodeyda shahridagi husiylarning pozitsiyalariga havo hujumlari uyushtirgan. “Bu husiylarning Tel-Avivdagi Qo‘shma Shtatlar elchixonasi yaqinida sodir qilgan portlashdan bir kun o‘tib ro‘y berdi”, degan AQSH rasmiylaridan biri.

12 Jun 21:39
 
28
0
qalampir.uz

Isroil va HAMAS urush jinoyatlarida aybdor – BMT

BMTning inson huquqlari bo‘yicha mustaqil xalqaro komissiyasi Isroil va bir qancha Falastin guruhlarini urush jinoyatlarida aybladi. Bu haqda bugun, 12 iyun kuni taqdim etilgan komissiya hisobotida so‘z boradi. Qayd etilishicha, Isroil insoniyatga qarshi jinoyatlarni, falastinliklarni yo‘q qilish, o‘ldirish, jinsiy ta’qib qilish, majburan ko‘chirish, qiynoqlar va g‘ayriinsoniy va shafqatsiz muomala qilgan. Komissiya, shuningdek, HAMASning 7 oktyabr kuni qilgan harakatlari va

02 Jun 18:23
 
26
0
qalampir.uz

Eron prezidentligiga nomzod sifatida birinchi ayol ro‘yxatdan o‘tkazildi

Eronlik sobiq deputat Zohre Elaxian prezident Ibrohim Raisiy samolyot halokatida vafot etganidan so‘ng belgilangan navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tgan birinchi ayol bo‘ldi. Bu haqda "Mehr" agentligi xabar berdi. “Islomiy Eron ustida umid quyoshi chiqadi. Men o‘z mamlakatim ayollar jamiyati vakili sifatida saylov shtabiga hujjatlarni topshiraman”, deb yozadi Elaxian X'dagi sahifasida. 3 kun ich