calendar 23 Jan 10:33
eye 73
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Borrel Yaqin Sharqdagi mojaroni ikki davlat yechimi bilan hal qilishga chaqirdi

image

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Jozep Borrel Yaqin Sharqdagi mojaroni tugatish uchun ikki davlat asosidagi yechim zarurligini aytdi. Bu haqda u kecha, 22 yanvar kuni Bryusselda Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishi boshlanishidan oldin so‘z ochdi.

Siyosatchi Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning mustaqil Falastin davlati tashkil etilishiga qarshi so‘zlariga ham javob qaytardi.

“Xo‘sh, yechim sizningcha nima bo‘lishi kerak? Falastinliklarni G‘azodan haydab chiqarish yoki hammasini o‘ldirishmi?”, degan Yevropa diplomatiyasi rahbari. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat yechimining muqobil yo‘li yo‘q.

Shuningdek, Borrel G‘azodagi gumanitar vaziyatning kundan-kunga yomonlashayotganiga e’tibor qaratdi. 

“Vaziyat qanchalik yomon ekanini tushuntirib bera olmaysiz. Yuz minglab odamlar bombalar ostida qolmoqda, ular boshpana, oziq-ovqat va dori-darmonlardan mahrum”, deydi u.

Diplomatning ta’kidlashicha, Falastin anklavining tinch aholisi orasida qurbonlar juda ko‘p. 

"Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirlari tinch aholi orasida ko‘plab qurbonlar borligini tan olmoqda, ammo ular qachon G‘azo sektoriga hujumlarni to‘xtatish uchun chora ko‘rmaydi?", deydi Borrel.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Borrel Isroilni “HAMASni tashkil qilish va moliyalashtirishda” ayblagandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:22
 
50
0
xs.uz

“Mercedes-Benz”, “BMW”, “Volkswagen” yoki “Toyota”… Qaysi kompaniya 5-yildan beri eng koʻp avtomobil sotgan brend boʻlib turibdi?

'Toyota' avtomobillari savdosining pasayishi asosan Yaponiyada kuzatilgan. Bu yerda kompaniya sertifikatlash testlari bilan bogʻliq muammolar sababli jiddiy qiyinchiliklarga duch kelgan, ayniqsa 'Daihatsu' brendida. Yapon avtomobil gigantining eng yaqin raqibi boʻlgan 'Volkswagen Group' 2024-yilda 9 million dona avtomobil sotganini maʼlum qildi. Nemis ishlab chiqaruvchisi ham 2023-yilga nisbatan 2,3% pasayishni qayd etgan, bu esa asosan Xitoy bozoridagi 'narxlar urushi' va Germaniyada xarajat

06 Mar 16:12
 
25
0
xs.uz

Bir haftadan soʻng yerliklar “Qonli oy” hodisasiga guvoh boʻlishadi

2025-yilning 13-14-mart kunlari toʻliq Oy tutilishi holati kuzatiladi. Oyning toʻliq tutilishi yerliklar uchun 'Qonli oy' hodisasiga guvoh boʻlish imkonini beradi, deb xabar bermoqda 'Live Science' nashri.Xabarda aytilishicha, joriy yilning 13-14-mart kunlari Yerda toʻliq Oy tutilishi kuzatiladi hamda uning yuzasi qizgʻish tusga kiradi. Bu hodisa esa 'Qonli oy' nomi bilan mashhurdir.Maʼlumotlarga koʻra, Oyning toʻliq tutilishi umumiy hisobda olti soat, toʻliq faza boʻyicha esa 65 daqiq

19 Feb 00:21
 
36
0
xs.uz

HAMAS Gʻazo sektori boshqaruvini Falastin maʼmuriyatiga topshirishi mumkin

HAMAS Gʻazo sektori ustidan nazoratni Falastin milliy maʼmuriyatiga topshirishga tayyor, deb xabar berdi 'Sky News Arabia' telekanali.Maʼlum qilinishicha, HAMAS tegishli qarorni Qohiradagi muzokaralar davomida Misr taʼsiri ostida qabul qilgan.'HAMAS Qohiraga tashrif buyurgan delegatsiyasiga Misr tomonidan kuchli bosim oʻtkazilganidan soʻng Gʻazo ustidan nazoratni Falastin maʼmuriyatiga topshirishga rozi boʻldi. Bunga javoban HAMAS Gʻazo amaldorlarini yangi maʼmuriyatda ish bilan taʼm

06 Mar 16:12
 
12
0
xs.uz

Janubiy Koreyada qiruvchi samolyot sakkizta bombani aholi yashash hududiga tashlab yubordi

Janubiy Koreya harbiy-havo kuchlarining qiruvchi samolyoti adashib oʻquv poligonidan tashqarida joylashgan Pxochxon shahriga sakkizta bomba tashlab yubordi. Bu haqida 'Yonhap News' agentligi xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, holat KF-16 rusumli qiruvchi samolyoti bilan sodir boʻlgan. Oʻtkazilayotgan oʻquv-mashgʻulot jarayonidagi ehtiyotsizlik oqibatida harbiy uchuvchi MK-82 havo bombalarini aholi yashash hududiga tashlab yuborgan.Yanglish tashlab yuborilgan bombalar sabab bir nechta uy va c