calendar 31 Jan 15:22
eye 99
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Mercedes-Benz”, “BMW”, “Volkswagen” yoki “Toyota”… Qaysi kompaniya 5-yildan beri eng koʻp avtomobil sotgan brend boʻlib turibdi?

image
'Toyota' avtomobillari savdosining pasayishi asosan Yaponiyada kuzatilgan. Bu yerda kompaniya sertifikatlash testlari bilan bogʻliq muammolar sababli jiddiy qiyinchiliklarga duch kelgan, ayniqsa 'Daihatsu' brendida. Yapon avtomobil gigantining eng yaqin raqibi boʻlgan 'Volkswagen Group' 2024-yilda 9 million dona avtomobil sotganini maʼlum qildi. Nemis ishlab chiqaruvchisi ham 2023-yilga nisbatan 2,3% pasayishni qayd etgan, bu esa asosan Xitoy bozoridagi 'narxlar urushi' va Germaniyada xarajatlarni qisqartirish harakatlari bilan bogʻliq.

'Toyota' brendi ostida, shuningdek, 'Lexus' avtomobillari bilan birga, kompaniyaning 'faqat ota-kompaniya' deb ataladigan savdosi 2024-yilda 1,4% ga pasaydi va 10,2 million donani tashkil etdi. Bunga Yaponiyadagi ikki raqamli pasayish sabab boʻldi. Shunga qaramay, kompaniya umumiy sotuv hajmini rekord darajaga yetkazishga muvaffaq boʻldi. Bu, asosan, AQSH bozorida 'Toyota' gibrid avtomobillariga boʻlgan talabning ortgani bilan izohlanmoqda.

Xitoy bozori 'Toyota' uchun jiddiy qiyinchilik tugʻdirib, shirkatning bu mamlakatdagi savdosi 6,9% ga qisqardi. Sababi Xitoyda avtomobil ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida narxlar boʻyicha keskin raqobat yuzaga kelgan. 'Toyota' avtomobillari orasida gibrid dvigatellarga ega modellar rekord darajada ' 40,8% ulushni egallagan. Toʻliq elektr avtomobillar esa kompaniyaning umumiy savdosida 1,4% ni tashkil qildi.

'Toyota' global avtomobil bozorida yetakchiligini saqlab qolish uchun gibrid texnologiyalarga eʼtibor qaratishda davom etmoqda. Shuningdek, kompaniya Xitoy va Yaponiyadagi savdo pasayishining oldini olish maqsadida yangi strategiyalarni ishlab chiqishi kutilmoqda.

Qayd etish kerakki, dunyodagi eng mashhur avtomobil ishlab chiqaruvchilaridan hisoblangan 'Mercedes-Benz' va 'BMW' hatto 3 million donadan ham oʻz superkarlarini sota olmagan. Ikki kompaniya ham 2023-yilga nisbatan 2024-yilda mos ravishda 3 va 4 foizlik 'choʻkish'ni qayd etgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:27
 
33
0
xs.uz

Polshaning saylangan prezidenti Ukraina boʻyicha kutilmagan bayonot berdi

Polshaning saylangan prezidenti Karol Navroskiy Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga tezlashtirilgan qabul qilinishiga qarshi chiqdi. Bu haqda u Vengriyaning 'Mandiner' jurnaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Hozirda men Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishiga qarshiman', ' deydi u. Navroskiyning taʼkidlashicha, Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga aʼzoligi Yevropa mamlakatlari iqtisodiyoti va qishloq xoʻjaligiga zarar yetkazadi.'Saylov kampaniyasi davomida men prezident sifatida Polsha qishloq

15 Jun 20:14
 
83
0
xs.uz

Avstriyada xavfli vaziyat: maktabdagi otishma mamlakat rasmiylarini oʻylantirib qoʻydi

Avstriya hukumati mamlakatdagi maktab otishma voqeasidan soʻng qurolga egalik qilishga oid qonunlarni kuchli nazoratga olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Avstriya bosh vaziri Kristian Shtoker ORF radiosiga bergan intervyusida maʼlum qildi. Unga koʻra, qonunchilikdagi oʻzgarishlar asosan qurol xaridi va egasi boʻlish shartlariga qaratiladi.Shtokerning aytishicha, yangi chora-tadbirlar orasida qurol egalik qilish uchun yosh cheklovlarini aniqlashtirish, ayrim qurollarni tartibga solish mexani

08 Jun 02:27
 
141
0
xs.uz

Garvardda oʻqishni xohlovchi xorijliklarning AQSHga kirishi cheklandi

AQSH prezidenti Donald Tramp Garvard universitetida oʻqish yoki uning almashinuv dasturida qatnashishni xohlovchi xorijliklarning mamlakatga kirishini kamida olti oyga chekladi. Bu haqda Oq uy veb-saytida eʼlon qilingan bayonotda aytib oʻtildi.AQSH Taʼlim vazirligi 15-aprel kuni Garvard universitetiga grant sifatida taqdim etiladigan 2,2 milliard dollar miqdoridagi mablagʻdan mahrum qilishini eʼlon qildi.22-may kuni AQSH ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem universitet xorijlik talabalarni

31 May 08:50
 
27
0
xs.uz

Falastinda oziq-ovqat tarqatish atrofida mojaro kuchaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ochlikdan aziyat chekkan falastinliklarning BMT omboriga bostirib kirgani aks etgan. HAMASning maʼlum qilishicha, omborga kirgan 5 kishi otib oʻldirilgan. Maʼlumotlarga koʻra, guruh BMTdan olingan mahsulotlarni aholiga yuqori narxlarda sotishni rejalashtirgan.Isroil qariyb ikki oy davomida Gʻazoga gumanitar yordam kirishini cheklagan edi. Faqatgina oʻtgan haftadan boshlab yuklar qayta kiritila boshlandi. Endi yordam tarqatishni HAMAS emas, AQSHning