Bir haftadan soʻng yerliklar “Qonli oy” hodisasiga guvoh boʻlishadi

Xabarda aytilishicha, joriy yilning 13-14-mart kunlari Yerda toʻliq Oy tutilishi kuzatiladi hamda uning yuzasi qizgʻish tusga kiradi. Bu hodisa esa 'Qonli oy' nomi bilan mashhurdir.
Maʼlumotlarga koʻra, Oyning toʻliq tutilishi umumiy hisobda olti soat, toʻliq faza boʻyicha esa 65 daqiqa davom etishi kutilmoqda.
Taʼkidlanishicha, ushbu hodisa eng yaxshi koʻrinadigan joylari Shimoliy va Janubiy Amerika hududlariga toʻgʻri keladi. Yevropaning baʼzi hududlarida Oy botishi vaqtida qisqa muddatda bu hodisaga guvoh boʻlish mumkin. Sharqiy Osiyo hududlarida esa Oy chiqishi mahalda bu jarayonni qisqa muddatga tomosha qilish imkoni mavjud boʻladi.
Maʼlumot uchun, hodisaga 'Qonli oy' nomi berilishiga sabab, Oyning tutilish vaqtida qizgʻish tusga kirishi bilan bogʻliq. Bu jarayonda yorugʻlikning tarqalishi har xil boʻlib, Yer sayyorasi Quyosh nurlarini Oygacha yetib borishiga toʻsqinlik qiladi. Ammo, Quyosh nurlari Yer atmosferasinining maʼlum qismlari orqali oʻtib, Oygacha yetib boradi. Ayni shu jarayonda atmosferadan tarqaladigan koʻk, toʻq sariq hamda qizil ranglar Oyning qizgʻish tus olishiga sabab boʻladi.
Hindistonda bortida 242 nafar odam boʻlgan yoʻlovchi samolyot halokatga uchradi
Hindistonning 'Air India' aviakompaniyasiga tegishli 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti Ahmadobod shahridan havoga koʻtarilganidan biroz oʻtib halokatga uchradi. Fojia yuz bergan vaqta havo kemasi bortida 242 kishi boʻlgan.Kapitan halokatdan oldin Havo harakatini boshqarish boʻlimiga qoʻngʻiroq qilgan. Samolyotni kapitan Sumit Sabharval va birinchi ofitser Klayv Kundar boshqarayotgan boʻlgan. Baxtsiz hodisa samolyot soat 13:38 da havoga koʻtarilganidan besh daqiqa oʻtib, Megani aholi y
“Xiaomi”ning “SU7 Ultra” elektromobili noroziliklarga sabab boʻldi
'Xiaomi' kompaniyasining 'SU7 Ultra' mashinalari ustidan bir nechta mijozlar shikoyat qilishgan. Bu haqda 'CarNewsChina' nashri xabar qildi.Norozilikka eʼlonlarda funksionalligi aytilgan karbon tolali mashina kapotining faqat dekoratsiya vazifasini bajarayotgani sabab boʻlgan.7-may kunida esa kompaniya oʻzining marketing xabarlaridagi chalkashlikni tan olib, uzr soʻradi. 'Xiaomi' uglerod tolali kapot birinchi navbatda avtomobil koʻrinishida oʻzgarish yasash va qisman havo oqimi yoʻnalishi
Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
Dunyo siyosatining bugungi murakkab manzarasida Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar eng xavfli va tahlikali mintaqaviy mojarolardan biri sifatida kun tartibida turibdi.2024'2025-yillarda sodir boʻlgan bevosita havo hujumlari, dronlar orqali amalga oshirilgan zarbalar va har ikki davlat rahbarlarining keskin bayonotlari ' bu qarama-qarshilik endilikda faqat diplomatik yoʻl bilan hal boʻlmasligini koʻrsatayotgandek.Eron va Isroil oʻrtasidagi keskinliklar nafaqat Yaqin Sharq mintaqasidagi
Afrikada kuchli qor yogʻdi. Sinoptiklar buni iqlim oʻzgarishi bilan izohlamoqda
Dunyoning aksariyat mintaqalarida jazirama issiq kuzatilayotgan shu kunlarda Janubiy Afrika Respublikasida kuchli qor yogʻdi.Tabiatning bu kutilmagan inʼomi koʻplab noqulayliklarni keltirib chiqardi. Jumladan, yoʻllar toʻsib qoʻyildi, yuz minglab odamlar elektr energiya taʼminotidan uzilib qoldi. Bundan tashqari, suv toshqinlari va boʻronli shamollar mamlakatning bir qancha viloyatlarini qamrab olgan. Eng yomon vaziyat Sharqiy Keyp va Kvazulu-Natalida kuzattilmoqda.Tabiiy ofat tufayli 50