Dastlab, Sog'liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi A.Xudayarovning 'Mamlakatimizda dori vositalari va tibbiy buyumlarning ulgurji va chakana savdosi holati to'g'risida'gi Qonunchilik palatasi parlament so'roviga yuborgan javobi muhokama qilindi.
Ta'kidlanganidek, mazkur parlament so'rovi 2023-yil 15-dekabr kuni yuborilgan edi. Taqdim etilgan javobga ko'ra, respublikada bugungi kunda dori vositalarini ulgurji realizatsiya qilish uchun 538 ta korxona, dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun 15 250 ta dorixona litsenziyaga ega va faoliyat yuritmoqda.
Bundan tashqari, 2023-yil 1-maydan boshlab jismoniy shaxslar tomonidan xarid qilingan dori vositalarining narxi 'FAIR TECH' yagona axborot tizimida dori vositalarining ulgurji va chakana savdosidagi narxlarni referent narxlar bilan avtomatik tarzda solishtirish hamda huquqbuzarliklarni aniqlash imkoniyati yaratilganligi ko'ratilib o'tilgan.
Fraksiya a'zolari tomonidan parlament so'roviga kelgan javobda dori vositalari va tibbiy buyumlar narxlari, ularni tartibga solish bo'yicha ko'rilayotgan choralar, ishlab chiqarilayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning sifati, samaradorligi va xavfsizligiga doir tahliliy ma'lumotlar taqdim etilgani alohida qayd etildi.
Yig'ilishda shuningdek, 'O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga yo'l harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikka tortish tartibini takomillashtirishga qaratilgan o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqida'gi qonun loyihasi ham ko'rib chiqildi va qo'llab-quvvatlandi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan fraksiyaning tegishli qarori qabul qilindi.
Prezident choʻkayotgan qizchalarni qutqarib, halok boʻlgan fuqaroni mukofotladi
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning'maʼlum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev shu yilning 5-may kuni sodir boʻlgan mashʼum voqeada qahramonlarcha halok boʻlgan Abdumannop Samiqovni 'Jasorat' medali bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi farmonni imzolagan.'Mard va jasur vatandoshimiz Abdumannop Samiqov oʻzini suvga tashlab, norasidalar hayotini saqlab qoldi. Lekin, afsuski, baxtsiz hodisa roʻy berdi ' bu ezgulik yoʻlida uning oʻzi qahramonlarcha halok boʻldi.Maʼlum boʻlishicha, bu fido
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqaro investorlarni qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Al Mirqab Capital' kompaniyasi boshqaruvi raisi Hamad bin Jassim Ol Soniy va 'Blackrock' investitsiya kompaniyasi katta boshqaruvchi direktori Adebayo Ogunlesidan iborat xorijiy investorlar delegatsiyasini qabul qildi.Oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va mamlakatimizda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.Davlat-xususiy sheriklikda yirik infratuzilma va sanoat loyihalarini amalga oshir
Shavkat Mirziyoyevning “Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari va murabbiylaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni eʼlon qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniMamlakatimizda sportni rivojlantirish va keng ommalashtirish, xalqimiz orasida sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishga qoʻshgan katta hissasi, futbol boʻyicha Osiyoning eng kuchli jamoalari oʻrtasidagi saralash musobaqalarida chinakam jasorat va matonat fazilatlarini, yuksak professionalizm va azmu shijoat namunasini koʻrsatib, ulkan gʻalabaga erishgani ' Vatanimiz tarixida birinchi marta jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritgani,
Tomdilik abituriyentlar uchun bepul oʻquv kurslari tashkil etildi
Temur ESHBOYEV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan 'Dolzarb 90 kun' loyihasi doirasida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining qishloq xoʻjaligi fakultetida tomdilik yoshlar uchun bepul oʻquv kurslari tashkil etildi. 30 nafarga yaqin abituriyent jalb qilinib, ularga matematika, fizika, ingliz tili, kimyo, biologiya, huquq, ona tili kabi fanlardan universitetning professor-oʻqituvchilari tayyorlov kurslarini oʻtishmoqda.' Bundan koʻzlangan asosiy maqsad oli