calendar 22 Jan 17:16
eye 98
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Benzema hamon Saudiyadan ketish qarorini o‘zgartirmayapti

image

“Al-Ittihod” hujumchisi Karim Benzema Saudiya klubini tark etishi mumkin. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Benzema va “Al-Ittihod” rahbariyati o‘rtasida tez orada yangi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi va futbolchining kelajagi muhokama qilinadi. Saudiya klubi bilan vaziyat keskinligicha qolmoqda. 

Qayd etilishicha, Benzemaning Yevropaga qaytishi uning maoshi keskin kamayishiga olib keladi.

“Al-Ittihod”  ustozi Marselo Galyardo Benzemani jamoa bilan mashg‘ulotlardan chetlatgani ham futbolchining Saudiyadan ketishiga turtki bo‘lmoqda.

Benzema o‘tgan yozda erkin agent sifatida “Al-Ittihod”ga o‘tgandi. Joriy mavsumda forvard barcha turnirlarda 24 ta o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining Saudiya klubi bilan shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra, futbolchining taxminiy narxi 15 million yevroni tashkil qiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:20
 
39
0
xs.uz

Hamyurtlarimiz yilning eng kuchlilari safida

Ahamiyatlisi, figurali uchish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi a'zolari Dmitriy Chigirev hamda Yekaterina Geynish juftligi 'Eng yaxshi debyutant' nominatsiyasida g'olib bo'ldi.Ta'kidlash joizki, hamyurtlarimiz joriy mavsum ilk bor kattalar o'rtasidagi xalqaro turnirlarda ishtirok etdi. Shunday bo'lsa-da, ular 'Xarbin ' 2025' qishki Osiyo o'yinlarida oltin, Kanada Gran-prisida kumush medallarga sazovor bo'lishdi.Qolaversa, Boston shahrida o'tgan jahon chempionatida kuchli o'nlikdan joy olib, 'M

04 Apr 16:20
 
53
0
xs.uz

22 yoshli xalqaro grossmeyster 3 yilga xalqaro musobaqalardan chetlatildi

22 yoshli xalqaro grossmeyster Kirill Shevchenko Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan barcha rasmiy musobaqalardan uch yilga chetlatildi. Bu qaror Ispaniyada boʻlib oʻtgan Jamoaviy Shaxmat Chempionatidagi shubhali vaziyat va keyinchalik uning gʻirromlik qilganini tan olganidan soʻng qabul qilindi. Ushbu voqea shaxmat jamoatchiligida katta muhokamalarga sabab boʻldi.Musobaqa vaqtida hakamlar Shevchenkoning uzoq vaqt davomida taxtadan uzoqlashganidan shubhalanishgan. Keyinchalik ter

12 Apr 21:16
 
25
0
xs.uz

Krishtianu Ronalduni kashf etgan mutaxassis 77 yoshida olamdan oʻtdi

Kecha, 9-aprel kuni Portugaliya terma jamoasi hamda 'Al-Nasr' jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning futbol olamida kashf qilinishiga sabab boʻlgan murabbiy va skaut Aurelio Pereyra 77 yoshida olamdan oʻtdi. Bu haqda 'SNN Sport' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Aurelio uzoq vaqt davomida ogʻir xastalik bilan kurashib kelgan. U bir qancha yulduzli futbolchilarni ommaga tanilishida ulkan hissa qoʻshgan. Krishtianu Ronaldu, Luish Nani, Luish Figu, Rikardu Kuarejma hamda Paulu Futre k

23 Mar 16:44
 
72
0
xs.uz

“Futboldagi matematika”: Oʻzbekiston milliy terma jamoasi muddatidan avval mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritishi uchun nimalar roʻy berishi kerak?

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oʻz tarixida ilk bor jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin. Mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritish uchun hamyurtlarimiz oldinda turgan uch oʻyinda maksimal ochko yoʻqotmasliklari kerak boʻladi. Ayni paytda guruhdagi eng yaqin taʼqibchimiz BAAdan 6 ochkoga ilgarilab ketganmiz. Biroq, bu xotirjamlikka berilishga sabab boʻla olmaydi.Quyida qay holatda Oʻzbekiston terma jamoasi muddatidan avval jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritishi mumkin,