calendar 22 Jan 10:41
eye 73
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

AQSHda anomal sovuq tufayli 91 kishi halok bo‘ldi

image

AQSHda g‘ayritabiiy sovuq, qor yog‘ishi va kuchli shamollar oqibatida kamida 91 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CBS News xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Tennessi shtatida 25 kishi, Oregonda esa 16 kishi halok bo‘lgan, ulardan uchtasi daraxtning mashina ustiga qulashi oqibatida jarohat olgan.

Og‘ir ob-havo sharoiti tufayli o‘lim holatlari Illinoys, Pensilvaniya, Missisipi, Vashington, Kentukki, Viskonsin, Nyu-York va Nyu-Jersi shtatlarida ham qayd etilgan.

13-14 yanvar kunlari Kanadadan kelayotgan sovuq arktik havo tufayli AQSHda havo harorati rekord darajaga tushib ketgan – me’yordan 11-16 daraja past.

Chikagoda havo harorati -34 darajaga tushib, butun shtatdagi maktablarni yopishga majbur qilgan. Montana shtatida termometr -40 darajaga tushib ketgan. Milliy ob-havo xizmati mintaqada -56 daraja sovuq bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

“CBS News” xabariga ko‘ra, Oregon shtatining G‘arbiy sohilida 45 mingdan ortiq abonentni elektrsiz qoldirgan muz bo‘roni tufayli favqulodda holat e’lon qilingan. Pensilvaniya, Kaliforniya, Nyu-Meksiko va Indiana shtatlarida ham elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar qayd etilgan.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, 22-28 yanvar kunlari haftaning o‘rtalarida Amerika shtatlarida havo isishi kutilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 Oct 16:52
 
14
0
xs.uz

Turkmanistonda Maxtumqulining 300 yilligi nishonlanmoqda — Fotoreportaj

Buyuk mutafakkir, turkman adabiyotining mumtoz qahramoni Maxtumquli Firog'iyning ijodiy merosini oʻrganish, targʻib etish va kelajak avlodlarga yetkazish, madaniyatlarni yaqinlashtirish va boyitish yoʻlida hamda Turkmaniston Prezidentining 2024-yil 9-oktabrdagi 469-sonli farmoniga muvofiq doʻstlikni mustahkamlashga qoʻshgan ulkan shaxsiy hissasini hisobga olgan holda va xalqlar ohtml5-dom-document-internal-entity2-39-endrtasidagi hamkorlik uchun Maxtumquli nomidagi Turkmaniston davlat unive

09 Oct 12:40
 
12
0
xs.uz

AQSHda Zelenskiy Rossiya bilan yarashishga chaqirildi

Pentagonning sobiq maslahatchisi Duglas Makgregor Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi mojaro holatiga izoh berdi.Shu oʻrinda u Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Rossiya bilan muzokara olib borishga chaqirdi.'Tinchlaning, ahmoqlar!' ' deb yozdi Makgregor oʻzining 'X' ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida Ukraina rahbarining Ukraina Rossiya bilan tinchlik uchun 'oʻz suvereniteti va hududlarini almashmasligini' taʼkidlagan soʻzlariga javoban.Avvalroq, AQSH Davlat departamenti Ukraina boʻyicha m

03 Sep 21:35
 
23
0
xs.uz

Qozogʻistondagi AES qurilishi boʻyicha referendum sanasi eʼlon qildi

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev mamlakatda atom elektr stansiyasi (AYES) qurilishi boʻyicha referendum sanasini eʼlon qildi. Bu haqda 'Report.az' xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, respublika parlamenti ikki palatasining yigʻilishida ushbu qaror maʼlum qilingan.'6-oktyabr kuni referendum boʻlib oʻtadi', dedi Toʻqayev Qozogʻiston xalqiga murojaati chogʻida. Bir hafta oldin hukumat ushbu masala boʻyicha Energetika vazirligi loyihasini qabul qilgandi.Qayd etilishicha, Qosi

03 Sep 21:35
 
27
0
xs.uz

Isroil BMTga tegishli mashinaga hujum uyushtirganini “aloqa xatosi” deb atadi

Isroil harbiy boʻlinmalari oʻrtasidagi 'aloqa xatosi' tufayli Gʻazoda BMTga tegishli Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) mashinasiga oʻq uzilganini maʼlum qildi. Bu haqda AQSHning BMTdagi elchisi oʻrinbosari Robert Vud BMT Xavfsizlik kengashining Gʻazo boʻyicha yigʻilishida aytib oʻtdi va Isroilni oʻz tizimidagi muammolarni hal qilishga chaqirdi.'Reuters' nashrining yozishicha, Vud, Isroil oʻz xatolari uchun javobgarlikni zimmasiga olishi va Isroil Mudofaa Kuchlari buni qaytarilmasligi uc