calendar 20 Jan 14:38
eye 90
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Bayden HAMAS nega Isroilga hujum qilganini aytdi

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden HAMASning Isroilga hujumi sababi AQSHning Saudiya va yahudiy davlatini yaqinlashtirishga urinishi ekanini aytdi. Bu haqda u kecha, 19 yanvar kuni Oq uydagi Amerika merlarining konferensiyasida so‘z ochdi.

“Husiylar va HAMASning Isroilga hujumi mening Saudiya Arabistoni bilan kelishuvga erishmoqchi bo‘lganim va munosabatlarni yaxshilamoqchi bo‘lganimga bog‘liq. Aslida men Isroil bilan arablarning munosabatini yaxshilab, mintaqadagi dinamikani o‘zgartirmoqchi edim”, deydi Prezident.

Uning eslatishicha, AQSH, Yevropa Ittifoqi va boshqa bir qancha davlatlar 2023 yilda Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tgan G20 sammitida Hindistonni Yaqin Sharq va Yevropa davlatlari bilan bog‘lovchi transport-iqtisodiy koridor yaratish loyihasini qo‘llab-quvvatlagan. Baydenning so‘zlariga ko‘ra, ular Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Isroil kabi davlatlardan Angliyagacha bo‘lgan temir yo‘lni qurishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 7 oktyabr kuni ertalab G‘azo sektoridan Isroil hududiga raketa hujumi boshlandi. Keyinchalik HAMAS Isroilga qarshi “Al-Aqso to‘foni” harbiy operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. HAMAS bu operatsiyani Isroilning Al-Aqso masjididagi harakatlariga javob ekanini aytgandi. Keyinchalik SAXAL G‘azo sektoriga hujumni boshladi va u yerda hali ham urush davom etmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
98
0
xs.uz

Isroil keng koʻlamli hujumga tayyorgarlik koʻrmoqda

AQSHning Isroildagi elchisi Stiv Uitkoff CNN telekanaliga bergan intervyusida Gʻazoga nisbatan oʻt ochishni toʻxtatish va garovdagilarni ozod qilish boʻyicha kelishuv muhokama qilinishayotganini maʼlum qildi. Uning taʼkidlashicha, mazkur kelishuv urushni tugatishga olib kelishi mumkin. Uitkoff HAMASdan taklifni qabul qilishni soʻragan.Taklifga koʻra, garovdagilarning yarmi (tiriklar va halok boʻlganlar) ozod qilinadi, evaziga vaqtinchalik oʻt ochish toʻxtatilib, keyin keng qamrovli su

17 May 21:47
 
290
0
xs.uz

Qozogʻistonda davlat xizmatchilariga “ChatGPT”dan foydalanishga taqiq qoʻyildi

Qozogʻiston hukumati davlat xizmatchilariga xizmat faoliyati davomida 'ChatGPT'dan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda Raqamli rivojlanish vazirining oʻrinbosari Qanish Tuleushin maʼlum qildi.Unga koʻra, taqiq maʼlumotlar sizib chiqishining oldini olish maqsadida joriy etilgan. Shuningdek, xizmatchilarga muqobil sifatida Nazarboyev universiteti negizida ishlab chiqilgan mahalliy sunʼiy intellekt tizimi taklif etilgan.Bundan tashqari, u hozirda bajarilgan ishlar qay bir sunʼiy intellekt tizi

17 May 21:47
 
49
0
xs.uz

Zelenskiy Istanbulga keladi, Putin esa hali javob bermadi

Ertaga Turkiyaning Istanbul shahrida Rossiya va Ukraina vakillari oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Unda ishtirok etish uchun Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ushbu shaharga yetib keladi.Oʻz navbatida, Vladimir Zelenskiy Istanbulda Vladimir Putindan boshqa birorta Rossiya vakili bilan uchrashmasligi maʼlum qilindi. Uning idorasi maslahatchisi Mixaylo Podolyak soʻzlariga koʻra, davlat rahbari boshqa shaxs oʻrtasidagi uchrashuv 'toʻgʻri format emas'. Rossiya prezident

17 May 21:47
 
43
0
xs.uz

“El Pepe” vafot etdi

U Muxikani 'prezident, faol, yoʻl koʻrsatuvchi va yetakchi' deb taʼrifladi. 2024-yil bahorida Muxikada qiziloʻngach saratoni aniqlangan edi va u uzoq vaqt muolajalar olgan edi. Shifokorlar 2024-yilning kuzida saraton hujayralarining kamayganini bildirgan boʻlsa-da, 2025-yil boshida kasallik qayta avj olgan.'Toʻgʻrisini aytsam, men oʻlyapman. Har bir jangchining hordiq chiqarishga haqi bor,' ' degan edi u 'Busqueda' jurnali bilan oʻtkazilgan soʻnggi intervyusida.Muxika 2010'2015-yillar