calendar 19 Jan 19:40
eye 108
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qozog‘iston 1 martdan yagona vaqt mintaqasiga o‘tadi

image

Qozog‘iston hukumati 2024 yil 1 martdan butun mamlakatni yagona vaqt zonasiga o‘tkazadi. Bu haqda Savdo va integratsiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Qozog‘iston Respublikasi hududida vaqtni hisoblash tartibi to‘g‘risida”gi hukumat qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra, butun respublika bo‘yicha 2024 yil 1 mart soat 00:00 dan boshlab, yagona vaqt mintaqasidan foydalanish belgilandi. Shunday qilib, Qozog‘iston Respublikasining butun hududi uchun 5-soat mintaqasi (UTC+5) qo‘llaniladi”, deyiladi xabarda.

O‘zgartirishlarga ko‘ra, Ostona, Olmaota, Chimkent shaharlari, shuningdek, Oqmo‘la, Olmaota, Jambil, Qarag‘anda, Qo‘stanay, Pavlodar, Shimoliy Qozog‘iston, Turkiston, Sharqiy Qozog‘iston, Abay, Jetisu va Ulitov viloyatlarida 2024 yil 29 fevraldan 1 martga o‘tganda mahalliy vaqt bir soat orqaga qaytarilishi kerak.

Hozirda Qozog‘istonda ikkita vaqt zonasi qo‘llaniladi: UTC+5 va UTC+6. Mamlakatning katta qismi UTC+6 zonasida joylashgan. Olimlarning fikricha, UTC+6 vaqt mintaqasi tabiiy quyosh vaqtiga to‘g‘ri kelmaydi, bu esa biologik ritmlar va inson salomatligiga salbiy ta’sir qiladi. Qozog‘istonlik olimlar va ekspertlar ko‘pchilik hududlar tabiiy vaqtga eng yaqin vaqtdan foydalanishi uchun yagona vaqt mintaqasini tashkil etishni taklif qildi. Mutaxassislarning fikricha, bu turli hududlar aholisi o‘rtasidagi vaqt to‘siqlarini bartaraf etish, transport va boshqa kommunikatsiyalar faoliyatini muvofiqlashtirishni yaxshilash, biznes yuritish hamda davlat organlari va favqulodda vaziyatlar xizmatlarining o‘zaro hamkorligi uchun foydali bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Markaziy Osiyodagi O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikiston bir xil vaqt mintaqasi (UTC+5)da, Qirg‘iziston esa UTC+6 soat mintaqasida joylashgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
42
0
postda.uz

ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ

• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э

16 Apr 09:12
 
32
0
xs.uz

Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi

Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o

23 Mar 16:44
 
68
0
xs.uz

Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi

Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl

22 Mar 08:54
 
40
0
xs.uz

Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi

Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-