calendar 19 Jan 13:06
eye 106
comments 0
comments Manba: xs.uz

Milliy qonunchilik normalari Jahon savdo tashkilotining bitimlariga uygʻunlashtirilmoqda

image
Mamlakatimizda xalqaro savdo qoidalarini boshqarib turuvchi nufuzli xalqaro tashkilot ' Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonini tezlashtirish hamda uni sifatli amalga oshirish borasida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Oliy Majlis Senatining qirq toʻqqizinchi yalpi majlisida 'Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida'gi Qonun koʻrib chiqildi.



Qonunda intellektual mulk, reklama va davlat boji bilan bogʻliq boʻlgan milliy qonunchilikning qator normalarini Jahon savdo tashkilotining talablariga uygʻunlashtirish maqsadida 'Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida'gi, 'Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida'gi, 'Reklama toʻgʻrisida'gi, 'Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida'gi va 'Davlat boji toʻgʻrisida'gi qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi nazarda tutilgan.

Xususan, 'Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida'gi Qonunga kiritilayotgan oʻzgartirish yillar davomida sanoat ishlab chiqarishga joriy qilinmagan ixtirolarni yoki foydali modellarni amaliyotga joriy qilinishini taʼminlashga, yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga va bozorni toʻldirishga xizmat qiladi.



Bundan tashqari, 'Reklama toʻgʻrisida'gi Qonun Jahon savdo tashkilotining Xizmatlar savdosi boʻyicha bosh bitimida nazarda tutilgan meʼyorlar bilan oʻzaro muvofiqlashtirilib, erkin raqobat muhitining yaratilishi koʻzda tutilgan.

Qonunga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarga asosan chet elda ishlab chiqarilgan pivoni, tabiiy va koʻpiklanadigan vinolarni reklama qilish yuzasidan cheklov bekor qilinib, bu bilan bozorda raqobat muhitini yuzaga kelishiga zamin yaratilmoqda.



'Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida'gi Qonunga ham Jahon savdo tashkiloti bitimlaridan kelib chiqib, qoʻshimcha meʼyorlar kiritilayotgan boʻlib, unga koʻra farmatsevtika sohasiga klinik tadqiqotlardan oldingi va klinik tadqiqotlar natijalari boʻyicha olingan maʼlumotlarni samarali himoya qilish mexanizmini joriy qilish orqali original dori vositalar ishlab chiqaruvchilarning huquqi himoya qilinmoqda.

'Davlat boji toʻgʻrisida'gi Qonunga xorijiy investitsiyali hamda mahalliy korxonalarga bir xilda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga qaratilgan oʻzgatirishlar kiritilmoqda. Yaʼni chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun davlat boji stavkasi bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 1 barobarigacha tushirilmoqda.



Qonunda ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini huquqiy muhofaza qilish uchun patent berishga, rasmiy ekspertiza oʻtkazishga va maʼlumotlarni eʼlon qilishga talabnoma berish uchun davlat bojlari miqdorlari Intellektual mulkning savdo jihatlari boʻyicha JST bitimi talablariga uygʻunlashtirilmoqda.

Senatorlarning fikricha, mazkur Qonunning qabul qilinishi milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlari talablariga muvofiqlashtirish orqali Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish jarayonining jadallashishiga hamda intellektual mulk obyektlarining himoya qilinishini taʼminlashga, Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy investorlarga bir xil shart-sharoitlar hamda teng raqobat muhiti yaratilishiga xizmat qiladi.

Muhokamadan soʻng senatorlar ushbu Qonunning dolzarbligi va zarurligini eʼtiborga olib, uni maʼqulladilar.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 Oct 11:25
 
26
0
xs.uz

Muzrabotlik oʻqituvchi 2 ming dollar maosh oladi

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Taʼlim tizimidagi islohotlar samarasi mamlakat boʻylab boʻy koʻrsatmoqda. Buni Surxondaryo viloyatidagi umumtaʼlim maktablari faoliyatida ham koʻrish mumkin. Oʻqituvchilarning sifatli taʼlim berishi uchun barcha imkoniyat ishga solinmoqda. Elektron vositalardan tortib, yangi avlod darsliklarigacha olis va chekka hududlardagi maktablarga ham yetkazilgan. Yaratib berilayotgan bu kabi sharoitlar oʻqituvchilarning ham, oʻquvchilarning ham oʻrgatish va oʻrgani

09 Oct 12:39
 
16
0
xs.uz

Bilimli oʻquvchilar munosib ragʻbatlantirildi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijon shahridagi 43-umumtaʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi Dilobar Abduvahobova 8,5 ballik IELTS sertifikatini qoʻlga kiritdi. Bu Andijon farzandlari ichida hozirgacha kuzatilgan eng yaxshi natija hisoblanadi.Andijon shahridagi 4-umumtaʼlim maktabining 4-sinf oʻquvchisi Muhammadsaid Tursunov aynan shu til fanidan 7.0 ballik IELTS sertifikatiga ega boʻldi. Bu bilan u dunyoning 140 dan ortiq davlatida grant asosida oʻqish va Oʻzbekistondagi ingliz tili

09 Oct 17:33
 
19
0
xs.uz

Samarqandda “Damas” urib yuborgan piyoda vafot etdi

Samarqand viloyatida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida piyoda halok boʻlgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 5-oktyabr kuni tunda Narpay tumanida yuz bergan. 'Damas' mashinasi harakatlanib ketayotganda yoʻlning belgilanmagan joyidan yugurib chiqqan ayolni urib yuborgan.Oqibatda, ogʻir tan jarohatlari olgan ayol shifoxonada vafot etgan.'Yoʻl chetida 4-5 kishi janjallashib turgan ekan. Ularning yoniga borayotganimda b

20 Sep 00:21
 
23
0
xs.uz

Jizzaxda “Lacetti” yoʻl chetidagi toʻsiqqa urilib, pastlikka tushib ketdi

Jizzax viloyatida 'Lacetti' avtomashinasi yoʻl chetidagi beton toʻsiqqa urilib, pastga tushib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi YHXB xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa 24-iyun kuni soat 13:00 larda Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani hududidan oʻtgan M-39 'Toshkent-Termiz' avtomobil yoʻlining 982 km da sodir boʻlgan.Maʼlum boʻlishicha, Samarqand viloyatida yashovchi 30 yoshli haydovchi 'Lacetti' avtomashinasini boshqarib ketayotganda rul boshqaruvini yoʻqotgani tu