calendar 19 Jan 12:26
eye 105
comments 0
comments Manba: xs.uz

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishda “yashil energiya” sertifikati joriy etiladi

image
Senatning qirq toʻqqizinchi yalpi majlisida 'Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish yanada rivojlantirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida'gi Qonun koʻrib chiqildi.

Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda mamlakatimizda energiya barqarorligini taʼminlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.



Hozirda mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi qariyb 10 foizni tashkil etmoqda.

Bu borada Oʻzbekiston 2030-yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatini 27 gigavattga yetkazib, elektr energiyasi ishlab chiqarish umumiy hajmini kamida 40 foizga olib chiqish maqsad qilingan.



Bu har yili 25 mlrd kub metr tabiiy gazni tejash, atmosferaga zararli tashlanmalarni 34 mln tonnaga qisqartirish imkonini beradi.

Albatta, belgilangan koʻrsatkichlarga erishish uchun amaldagi qonunlarda ayrim normalarni qayta koʻrib chiqish taqozo etiladi.



Yuqorida keltirilgan zaruratga asosan 'Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida'gi Qonunga 'yashil energiya' sertifikatlarini berish va muomalaga kiritishga, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga taalluqli qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Quvvati 300 kVt va undan yuqori boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqariladigan elektr energiyasini yagona elektr energetikasi tizimiga ulash faqat ushbu manbalar maxsus vakolatli davlat organida roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyin amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, Qonun bilan Soliq kodeksiga qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga asoslangan generatsiya obyektlarining 'yashil energiya' sertifikatlari savdosidan tushgan daromadlarini foyda soligʻidan ozod qilishga doir oʻzgartish kiritilmoqda.

Senatorlar mazkur Qonun ijtimoiy va uy-joy kommunal sohalarda, iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etishga, energiya samaradorligini oshirish orqali respublika hududlaridagi energiya taqchilligini bartaraf etishga hamda investorlar uchun qulay sharoitlarni yaratishga va ragʻbatlantirish mexanizmlarini belgilashga xizmat qilishini taʼkidladilar.

Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Aug 12:29
 
27
0
xs.uz

Turkiyadagi oʻzbekistonliklar ogohlikka chaqirildi

Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ushbu davlatda boʻlib turgan fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi.Qayd etilishicha, soʻnggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali Istanbulda ayrim xorijiy davlatlar nomi ostidagi oʻzbek bolalariga moʻljallangan maktablar reklamasi tarqalmoqda. Bu maktablarda xorijiy tillar, robototexnika, diniy bilimlar, informatika va jismoniy tarbiya mashgʻulotlari oʻrgatilishi eʼlon qilingan.Shundan kelib chiqqan holda ota-onalardan voyaga yetmagan farzan

09 Oct 12:39
 
12
0
xs.uz

Bilimli oʻquvchilar munosib ragʻbatlantirildi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijon shahridagi 43-umumtaʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi Dilobar Abduvahobova 8,5 ballik IELTS sertifikatini qoʻlga kiritdi. Bu Andijon farzandlari ichida hozirgacha kuzatilgan eng yaxshi natija hisoblanadi.Andijon shahridagi 4-umumtaʼlim maktabining 4-sinf oʻquvchisi Muhammadsaid Tursunov aynan shu til fanidan 7.0 ballik IELTS sertifikatiga ega boʻldi. Bu bilan u dunyoning 140 dan ortiq davlatida grant asosida oʻqish va Oʻzbekistondagi ingliz tili

20 Sep 00:21
 
19
0
xs.uz

“Adliya sayli”: muammolar yechimi, bilimlar sinovi va huquqiy savodxonlik

Xususan, vazirlik tashabbusi bilan mamlakatimizning turli hududlarida odamlarga huquqini anglatish mezoniga asoslangan tadbirlar muntazam ravishda tashkil etib kelinayotgani ham fikrimiz dalilidir.Ayni kunlarda vazirlik ishchi guruhi tomonidan Nukus shahrida o'tkazilgan yana bir keng qamrovli tadbir ' 'Adliya sayli' huquqiy aksiyasida ham aholining katta qatlami qamrab olindiki, bu fuqarolarning advokatlar, notariuslar, sud tizimi, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, huquqni muhofaza qil

09 Oct 12:39
 
15
0
xs.uz

Bilimli oʻquvchilar munosib ragʻbatlantirildi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijon shahridagi 43-umumtaʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi Dilobar Abduvahobova 8,5 ballik IELTS sertifikatini qoʻlga kiritdi. Bu Andijon farzandlari ichida hozirgacha kuzatilgan eng yaxshi natija hisoblanadi.Andijon shahridagi 4-umumtaʼlim maktabining 4-sinf oʻquvchisi Muhammadsaid Tursunov aynan shu til fanidan 7.0 ballik IELTS sertifikatiga ega boʻldi. Bu bilan u dunyoning 140 dan ortiq davlatida grant asosida oʻqish va Oʻzbekistondagi ingliz tili