Ayrim rahbarlarning xorijiy davlatlarga borib, investitsiya jalb qilish boʻyicha ishlari kutilgan natijasini bermayotgani qayd etildi

Shu kabi, Sirdaryo viloyati hokimi oxirgi 2-yilda Koreya va Xitoyga borib, bor yoʻgʻi 180 million dollarlik 17 ta loyiha boʻyicha shartnoma qilgan. Shundan hozirda 6 ta loyihadagi ishlar toʻxtab qolgan.
Tashriflarda hokimlar milliard-milliard dollarlik loyiha takliflarini xorijiy hamkorlar bilan ishlab chiqib, ularni dasturga kiritgan boʻlishiga qaramay, loyihani yurgizish masalasini oʻz holiga tashlab qoʻygan.
Shu bois, bu loyihalar bilan Investitsiya vazirligining oʻzi shugʻullanishi belgilandi.
Investitsiya vaziriga tarmoq rahbarlari bilan birga 41 ta loyiha boʻyicha barcha hisob-kitoblarni qilib, loyiha oldi hujjatlarini ishlab chiqib, xorijiy investorlar va moliya institutlariga taqdimot qilish va amaliy ishlarni boshlash topshirildi.
Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi vatandoshlarga mamlakatni tark etish yoʻllari boʻyicha maʼlumot berdi
Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi hozirgi xavfsizlik vaziyati munosabati bilan Isroilni mustaqil ravishda tark etish istagida boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolariga ochiq nazorat-oʻtkazish punktlari haqida maʼlumot berdi.Unga koʻra, Oʻzbekiston fuqarolari quyidagi nazorat-oʻtkazish punktlari orqali mamlakatni tark etishlari mumkin:Barcha koʻrsatilgan chegara punktlari hozirda odatiy tartibda (24 soat) faoliyat koʻrsatmoqda.Misr orqali:'Menaxem Begin'/'Taba' nazorat-oʻtkazish punkti (Ey
Oʻzbekiston Qahramoni Azim Latipov 74 yoshida vafot etdi
Oʻzbekiston Qahramoni Azim Latipov 6-iyun kuni 74 yoshida vafot etdi. Bu haqida Shofirkon tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.Azim Latipov 1951-yil 6-iyun Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tugʻilgan. Mehnat faoliyatini 1971-yilda chorvachilik mexanigi sifatida jamoa xoʻjaligida boshlagan, paxtachilik, gʻallachilik, chorvachilik sohalarda faoliyat yuritgan.'Azim Shofirkon yulduzi' fermer xoʻjaligi rahbari A. Latipov mamlakatimizda fermerlik harakatini rivojlantirishda faolligini
Shavkat Mirziyoyev: Yoshlarimizning har bir muvaffaqiyati biz uchun kuch-qudrat
Bugun mamlakatimizda Yoshlar kuni keng nishonlanmoqda. Asosiy bayram tadbirlari Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida bo'lib o'tmoqda.O'zbekiston yoshlarini tabriklash va qo'llab-quvvatlash uchun bu yerga Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurdi.Kongress markaziga kiraverishda yoshlarning turli sohalardagi loyihalari, kashfiyot va yutuqlari taqdimot qilindi. Masalan, 'Yosh innovatorlar' ko'rgazmasida muhandislik, raqamli texnologiyalar, sun'iy intellekt, uchuvchisiz qurilmalar namoyish eti
“Sharaf yorligʻi”: ota-onalar mehnatining oʻziga xos eʼtirofi
Ahmadali SHERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Guliston davlat universiteti boshlangʻich tashkilotining tashabbusi bilan 'Dolzarb 90 kun' tadbirlari doirasida 'Sharaf yorligʻi' loyihasi amalga oshirilayotir. Ushbu loyihaga koʻra eng faol, namunali, tashabbuskor talabalarning uylariga 'Ushbu xonadonda Guliston davlat universitetining eng namunali talabasini tarbiyalagan muhtaram ota-ona istiqomat qiladi' degan mazmundagi 'Sharaf yorligʻi' oʻrnatilmoqda.' Talabaning har jih