calendar 18 Jan 11:10
eye 108
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Real” Mbappega yangi talab qo‘ydi

image

Madridning “Real” klubi PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni o‘z safiga qo‘shib olish uchun futbolchidan yozma kafolat talab qilmoqda. Bu haqda “L'Equipe” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “qirollik klubi” shu yo‘l bilan 2022 yil voqealarining oldini olishga harakat qilmoqda, o‘shanda Mbappe transferi bo‘yicha faqat og‘zaki kelishuvga erishgan, biroq fransiyalik futbolchi yakunda PSJ bilan shartnomasini uzaytirgan. O‘yinchi ommaviy bayonot berishdan oldin “Real”ga o‘tish qarorini yozma ravishda tasdiqlashi kerak.

Mbappening parijliklar klubi bilan shartnomasi 2024 yilning iyunida yakuniga etadi. “Real” 25 yoshli hujumchini yozda erkin agent sifatida sotib olmoqchi. “Transfermarkt” fransuz futbolchisini 180 million yevroga baholamoqda.

Joriy mavsumda Mbappe 25 ta o‘yin o‘tkazib, 26 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jul 04:29
 
17
0
xs.uz

Eldor Shomurodov “Roma”dan ketishi deyarli aniqlashdi. Uning keyingi klubi nomi ham maʼlum

Oʻzbekiston terma jamoasi sardori va Italiyaning 'Roma' klubi hujumchisi Eldor Shomurodov kelasi mavsum Turkiya Superligasida toʻp surishi mumkin. 'Gazetaarena' nashrining yozishicha, 29 yoshli futbolchiga Istanbulning 'Bashakshehir' klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Manbaga koʻra, aynan ushbu klub Shomurodovni oʻz safiga qoʻshib olishga eng yaqin turibdi.Turkiyalik insayderning 'Sporte Digitale' nashriga bergan intervyusida aytilishicha, 'Bashakshehir' klubi Eldorga rasmiy taklif yuborgan

08 Jun 02:27
 
162
0
xs.uz

“Real Madrid” Argentinaning “Yangi Marodona”si bilan kelishuvga erishgani aytilmoqda

Ispaniyaning 'Real Madrid' klubi navbatdagi transferini amalga oshirgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu safar madridliklar eʼtiborini Argentinaning 'River Pleyt' jamoasida toʻp surayotgan yosh isteʼdod ' Franko Mastantuonoga qaratdi. 'Qaymoqranglilar' rahbariyati 17 yoshli futbolchining shartnomasida koʻrsatilgan tovon puli ' 45 million yevroni toʻlashga rozi boʻldi va futbolchining oʻzi ham bu transferga rozilik bildirdi.'TyC Sports' nashri tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, tomonlar oʻrtas

08 Jun 02:27
 
43
0
xs.uz

Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj

Gʻolib futbolchilarimiz yurtimizga qaytib keldiKuni kecha futbol boʻyicha jahon chempionati 3-saralash bosqichining 9-turida muhim natijani qayd etgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida hukumat aʼzolari, sportimiz mutasaddilari, murabbiylar, keng jamoatchilik vakillari hamda soha fidoyilari tomonidan tantanali tarzda kutib olindi.Yuzlari yorugʻ, xalqimiz ishonchini oqlagan futbolchilarimiz birin-ketin koʻrinish berib, aeroportdan chiqib kel

01 Jul 04:29
 
17
0
xs.uz

Magnus Karlsen, Xikaru Nakamura, Fabiano Karuana… Yurdoshimiz nufuzli shaxmat turnirida ishtirok etadi

Tashkilotchilar maʼlumotiga koʻra, turnirda dunyo shaxmatining eng kuchli va taniqli shaxmatchilari ishtirok etadi. Ular quyidagilar:Magnus Karlsen (Norvegiya)Xikaru Nakamura (AQSH)Arjun Erigaysi (Hindiston)Fabiano Karuana (AQSH)Nodirbek Abdusattorov (Oʻzbekiston)Uesli So (AQSH)Levon Aronyan (AQSH)Lenyer Dominges (AQSH)Parxam Magsudlu (Eron)Yan Nepomnyashiy (Neytral maqomdagi sportchi)Vinsent Kaymer (Germaniya)Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston).Turnirda ishtirok etadigan yana uch nafar shaxm