calendar 18 Jan 10:30
eye 68
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qo‘yliqdagi qurilish mollari saqlangan konteynerda yong‘in chiqdi

image

Bugun, 17 yanvar kuni Toshkent shahrining Bektemir tumanida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

Bildirilishicha, soat 17:16 da Bektemir tumani, Porloq ko‘chasida joylashgan konteyner ichidagi qurilish mollari yonayotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

4 ta yong‘in qutqaruv ekipaji soat 17:27 da yong‘in bo‘layotgan joyga yetib borgan. Soat 17:44 da yong‘in o‘rab olinib, 17:54 da batamom  o‘chirilgan.

Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q, yong‘inning kelib chiqish sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 15 yanvar kuni Toshkent shahar Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasida joylashgan vaqtinchalik ovqatlanish joylarining birida hamda Sergeli tumanidagi do‘konlarda yong‘in chiqqandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

25 Sep 13:14
 
15
0
xs.uz

Toshkent shahrida Oʻzbekiston—Ozarbayjon media forumi boʻlib oʻtmoqda

Bugun Toshkent shahrida Oʻzbekiston'Ozarbayjon media forumi oʻz ishini boshladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.Xabarda aytilishicha, 'Raqamli asrda haqiqatni izlab: dezinformatsiyaga qarshi kurashish' mavzusiga bagʻishlangan ushbu tadbir Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil avgust oyida Ozarbayjonga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida boʻlib oʻtgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida imzolangan 'yoʻl xaritasi'ga muvofiq oʻtkazilmoqda.'Qardosh

10 Oct 11:12
 
21
0
xs.uz

Xalqaro kuzatuvchilar Surxondaryoda

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Xorijlik mutaxassislar mamlakatimiz saylov amaliyotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yangi imkoniyatlaridan foydalanish boʻyicha toʻplangan tajribani yuqori baholamoqda.Joriy yilning 27-oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatligiga oʻtkaziladigan saylovlarda xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish maqsadida mamlakatimizga kelgan YEXHT DIIHB uzoq muddatli kuzatuvchilari Xaynek Kristian Oliver hamda Erdenebat S

25 Sep 13:14
 
17
0
xs.uz

2024-yilning qolgan davrida 500 ming aholi kambagʻallikdan chiqariladi. 2025-yilda-chi?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida'gi Farmonini imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, 2024-yilning qolgan davrida 500 ming, 2025-yilda 1 million nafar aholini kambagʻallikdan chiqarish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining hamda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi d

24 Aug 17:26
 
32
0
xs.uz

Mashaqqatli va sharafli yoʻl

Mustaqillik ' taqdirimizdaYaqinda Samarqand va Jizzax viloyatlarida mustaqilligimizning 33 yilligiga bagʻishlab 'Bir boʻlsak ' yagona xalqmiz, birlashsak ' Vatanmiz!' shiori ostida oʻtkazilgan festivallarda ishtirok etdik. Olim, shoir-u yozuvchi va sanʼatkorlardan tashkil topgan targʻibot guruhi safida tuman, mahalla, xonadon, korxona va tashkilotlarda boʻlib, ishchi-xizmatchi, turli soha mutaxassislari, fermer va tadbirkorlar, yoshlar, ayniqsa, keksa onaxon-u otaxonlar bilan gurunglarimiz