calendar 17 Jan 17:46
eye 86
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻz uyingda dasturxon yozib, mehmon kutishning gashti oʻzgacha — Abdulaziz Rasulov

image
Chunonchi, mamlakatimiz Prezidentining 2019-yil 22-apreldagi 'Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi qarori asosida yetim bolalarga oliy taʼlim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy soniga qoʻshimcha ravishda bir foizgacha davlat granti asosidagi qabul kvotalari ajratilishi belgilanib, shu imtiyozdan foydalangan Abdulaziz Rasulov Toshkent Davlat moliya institutiga talabalikka qabul qilingan edi.

Abdulaziz asli Xatirchi tumanining Zarafshon mahallasida tugʻilgan. Bolaligida ota-onasidan ayrilib, xolasi Mavjuda Poʻlatova qoʻlida voyaga yetdi. Oʻz uy-joyi boʻlishini orzu qilgan bu talaba yigitga davlatimiz tomonidan yana bir gʻamxoʻrlik koʻrsatilib, yaqinda unga tumanning Navbahor mahallasidagi yangi koʻp qavatli uy xonadonlaridan biri topshirildi.

' Oʻtgan yili davlatimizning gʻamxoʻrligi bilan nufuzli oliy oʻquv yurti talabasi boʻlgan edim, ' deydi Abdulaziz Rasulov. ' Joriy yilning boshidayoq yana bir kuchli ijtimoiy himoya tufayli oʻz boshpanamga ega boʻlmoqdaman.



Oʻz uyingda, oʻz dasturxoningni yozib mehmon kutishning gashti boʻlakcha baribir. Menga shu baxtni tuhfa etgan Vatanga sadoqatim va fidoyi mehnatim bilan javob beraman.

Shu kuni ota-onasidan erta ajrab, Toshkent shahridagi 22-mehribonlik uyida taʼlim-tarbiya olgan Jahongir Ochilovga ham Prezidentimizning 2021-yil 9-avgustdagi 'Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga asosan yangi xonadonning kaliti topshirildi. Tuman hokimligi tomonidan har ikki xonadon ham roʻzgʻor uchun anjomlar bilan toʻliq jihozlab berildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanada bolalarning jismonan baquvvat, intellektual salohiyatli va maʼnaviy barkamol boʻlib voyaga yetishini taʼminlashda amalga oshirilayotgan bu kabi ezgu ishlar yurtimizda inson qadri ulugʻligining amaliy ifodasi ekani alohida eʼtirof etildi.

Temur ESHBOYEV, 'Xalq soʻzi'.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 Jun 00:38
 
42
0
xs.uz

Prezidentimiz html5-dom-document-internal-entity1-quot-endEuronewshtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end direktorlar kengashi raisini qabul qildi

Toshkent investitsiya forumi doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Euronews' media xoldingi direktorlar kengashi raisi Pedro Vargasni qabul qildi.Ushbu yetakchi kompaniya bilan hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, 'Euronews'ning keng auditoriyasini O'zbekistonning boy madaniy-tarixiy merosi, mamlakatda ro'y berayotgan muhim siyosiy-iqtisodiy jarayonlar, shuningdek, uning investitsion va turizm salohiyati to'g'risida xabardor qilish masalalari ko'rib chiqildi.Davlatim

18 Jun 21:55
 
183
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Xitoy” ikkinchi sammitida nutq soʻzladi

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti hurmatli Qosim-Jomart Kemelovich Toʻqayevga samimiy qabul va 'Markaziy Osiyo ' Xitoy' ikkinchi sammiti yuqori darajada tashkil etilgani uchun bildirilgan minnatdorlik soʻzlariga qoʻshilaman.Xitoy Xalq Respublikasi Raisi hurmatli Si Szinpin janoblariga mintaqa davlatlari bilan doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlashga qatʼiy sodiqligi uchun tashakkur aytaman.Sizning 'Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlarini oʻzaro hurmat, o

13 Jun 00:38
 
26
0
xs.uz

Jenevada oʻtgan maxsus konferensiyada Oʻzbekiston tajribasi ilgʻor namuna sifatida eʼtirof etildi

Konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha Milliy komissiya raisi Tanzila Narbayeva 'Bolalar mehnatiga barham berishda Oʻzbekiston tajribasi' mavzusida maʼruza qildi. U oʻz chiqishida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi va shaxsiy tashabbuslari tufayli ushbu yoʻnalishda amalga oshirilgan qatʼiy chora-tadbirlar yuksak natija berganini taʼkidladi.Tadbirda Oʻzbekistonning bolalar

18 Jun 21:55
 
182
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev “Toshkent-Sharqiy” aeroportida qurilish ishlarini koʻzdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-iyun kuni 'Toshkent-Sharqiy' aeroporti qurilishini koʻzdan kechirdi.Mamlakat ravnaq topib, jozibadorligi oshgani sari tashqi aloqalar, investitsiyalar oqimi koʻpayib boradi. Shunday iqtisodiy oʻsish surʼatini inobatga olib, yurtimizda transportning barcha tarmoqlari rivojlantirilmoqda. Bu, oʻz navbatida, yana ishbilarmonlik aloqalari jadallashishiga sharoit yaratmoqda.Jumladan, 'Toshkent-Sharqiy' aeroporti ham qayta qurilmoqda. Avvalo, 4 kilometr uzunlikdagi