calendar 17 Jan 17:46
eye 78
comments 0
comments Manba: xs.uz

Yangi, keng va zamonaviy maktabda tahsil olishga ne yetsin

image


2023-yilgi Investitsiya dasturi doirasida 1982-yilda qurilgan va moslashtirilgan binoda faoliyat yuritib kelayotgan tumandagi 46-umumtaʼlim maktabida keng koʻlamli qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Boisi bugungi kunda 220 oʻringa moʻljallangan ushbu taʼlim maskanida 856 nafar oʻquvchi ikki navbatda taʼlim olayotgani turli qiyinchiliklarni keltirib chiqarayotgan edi.

Dastur asosida maktab uchun 330 oʻrinli yangi oʻquv binosi qurilib, mavjud 220 oʻrinli oʻquv binosi mukammal taʼmirlandi. Ezgu tashabbus ijobati uchun davlat byudjetidan 6 milliard 200 million soʻm mablagʻ sarflandi.



' Bu yilgi rejaga koʻra, 1 ta maktabda mukammal taʼmirlash, 3 ta bilim dargohida kapital taʼmirlash ishlarini olib borish koʻzda tutilgan, ' deydi Uchkoʻprik tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Xurshidjon Maxsudov. ' Natijada mazkur taʼlim muassasalarida oʻqish jarayoni toʻliq bir navbatda tashkil etiladi. Bu taʼlim sifati va samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Botir MADIYOROV, 'Xalq soʻzi'.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 Jun 00:38
 
22
0
xs.uz

Oʻzbekiston Irlandiyaga yangi elchi tayinladi

Oʻzbekistonning Irlandiyaga yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Ravshan Usmanov mazkur davlat Tashqi ishlar va savdo vazirligi Protokol departamenti boshligʻi Ralf Viktoriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Bildirilishicha, tadbir davomida Oʻzbekiston va Irlandiya oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari boʻyicha fikr almashilgan.Shuningdek, savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida aloqalarni jadallashtirish

13 Jun 00:38
 
40
0
xs.uz

Oʻzbekiston Prezidenti Yevropaning qator yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi

Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashi majlisi doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Standard Chartered', 'International Hospitals Group', 'LVMH', 'Airbus' kabi Yevropaning qator yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi.Davlatimiz rahbari forumda Yevropa davlatlaridan ishtirokchilar sonining ko'paygani tomonlar iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanidan dalolatligini ta'kidladi.Yevropa mamlakatlari

13 Jun 09:59
 
84
0
xs.uz

Boʻstonliqda kuchli shamol oqibatida “dom”lardan birining tom qismi uchib ketdi (+video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida sodir boʻlgan kuchli shamol oqibatida uylarning tom qismi uchib ketgani aks etgan videolar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi izoh berdi.Bildirilishicha, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, viloyat hokimligi va FVDT tarkibiga kiruvchi korxona, tashkilotlar kuch vositalari zudlik bilan hodisa joyiga yetib borgan hamda vaziyat oqibatlarini bartaraf etishga kirishgan.Aniqlanishicha, sodir boʻlgan kuchl

15 Jun 10:46
 
27
0
xs.uz

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Tel-Avivga parvozlarni toʻxtatdi

'Uzbekistan Airways' Toshkentdan Tel-Avivga parvozlarni iyun oyi oxiriga qadar toʻxtatdi. Bu haqida aviakompaniya oʻzining rasmiy sahifalarida maʼlum qildi.Xabarda aytilishicha, Tel-Aviv xalqaro aeroportida havo hududidan foydalanish boʻyicha joriy etilgan cheklovlar sababli, 'Uzbekistan Airways' 2025-yil 16-iyundan 30-iyun kuniga qadar Toshkent ' Tel-Aviv ' Toshkent yoʻnalishidagi reyslarni vaqtincha toʻxtatgan.'Bekor qilingan reyslar yoʻlovchilari aviabiletlar boʻyicha majburiy qaytari