calendar 17 Jan 17:40
eye 63
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qirg‘izistonda 11 nafar mustaqil jurnalist hibsga olindi

image

Qirg‘iziston hukumati bu hafta to‘rtta mustaqil nashrning 11 jurnalistini hibsga oldi. Bu haqda Qirg‘iziston IIV axborot xizmati xabar berdi.

Qirg‘izistonda 16 yanvar, seshanba kuni politsiya bir qancha mustaqil nashrlar jurnalistlari, jumladan, siyosiy mavzularga ixtisoslashgan Temirov Live YouTube-kanali mualliflari ofislari va uylarida tintuv o‘tkazgan. Bu holatni xalqaro huquq tashkilotlari mamlakatda demokratik me’yorlar chekinayotgani bilan izohlamoqda.

Shuningdek, Bishkek politsiyasi "24.kg" mustaqil gazetasi tahririyatida ham reyd o‘tkazgan va uning direktori hamda ikki yetakchi muharririni so‘roq qilib, qisqa muddatga izolyatorga olgan.

Huquq himoyachisi Zamir Jo‘shevning ma’lum qilishicha, kecha, 16 yanvar kuni IIV Tergov xizmatiga olib ketilgan va so‘roq qilingan 11 nafar jurnalist 48 soatga hibsga olingan.

Unga ko‘ra, Maxabat Tajibek qizi (Temirov Live direktori), Sapar Akunbekov (“Ayt ayt dese”), Azamat Ishenbekov (“Ayt ayt dese”), Saypidin Sultonaliyev (“Archa Media”), Aktilek Kaparov (“Alga Media”), Tinistan Asipbekov (“PolitKlinika”), Maqsat Tajibek o‘g‘li (Temirov Live), Joudar Buzumov, Jumabek Turdaliyev, Ayke Beyshekeva, Oqil O‘rozbekovlar qamoqda saqlanmoqda.

Qo‘lga olinganlar Jinoyat kodeksining 278-moddasi (Ommaviy tartibsizliklar), 3-bob (Hokimiyatning qonuniy talablariga faol bo‘ysunmaslik va ommaviy tartibsizliklarga chaqirish, shuningdek, fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlikka chaqirish) bilan ayblanmoqda. 48 soatdan keyin ularning ishi sudda ko‘rib chiqilishi aytilmoqda.

“Shubhali ayblovlar asosidagi hibsga olishlarning bu to‘lqini mahalliy jurnalistik surishtiruvni yo‘q qilishdan iborat”, deydi “Chegara bilmas muxbirlar” xalqaro tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘limi rahbari Janna Kavele.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi rasmiy vakili Liz Trossel esa, tashkilot Qirg‘izistonda jurnalistlarning hibsga olinishidan xavotirda ekanini bildirgan.

“Hukumatning so‘nggi harakatlari fuqarolik jamiyati faollari, jurnalistlar va hokimiyatning boshqa tanqidchilariga nisbatan kengroq bosimning bir qismi bo‘lib ko‘rinyapti. Inson huquqlari, jumladan, so‘z erkinligining qonuniy amalga oshirilishi uchun jazolash inson huquqlariga ziddir”, deydi Liz Trossel.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov hukumatga qarshi chiqmoqchi bo‘lganlar qattiq jazolanishini aytgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:54
 
25
0
xs.uz

Bir poyezdan sakrab tushgan 12 kishini boshqa poyezd urib ketdi

Hindiston gʻarbidagi Maxarashtra shtatida poyezddan tushib qolmoqchi boʻlgan 12 kishini qoʻshni yoʻlda harakatlanayotgan boshqa bir poyezd bosib ketdi. Bu haqda CNN nashri'xabar bergan.Aniqlanishicha, yoʻlovchilarga poyezdda yongʻin sodir boʻlayotgani haqida xabar berilgan va oʻnlab odamlar yongʻindan qochmoqchi boʻlib oʻz vagonlaridan sakrashgan. Natijada, qoʻshni yoʻlda harakatlanib kelayotgan boshqa bir poyezdning urib ketishi oqibatida 12 nafar yoʻlovchi halok boʻldi.'Dastlabk

27 Jan 00:54
 
47
0
xs.uz

Harbiy texnologiyalari eng kuchli mamlakatlar reytingi eʼlon qilindi

Janubiy Koreyaning mudofaa texnologiyalarini targʻib qilish instituti 2024-yil uchun mamlakatlarning mudofaa fanlari va texnologiyalari darajasi boʻyicha tadqiqotni taqdim etdi.Unga koʻra, jahonda harbiy texnologiyalari eng taraqqiy etgan davlat AQSH boʻlgan. Ikkinchi oʻrinda Fransiya va Rossiya turibdi. Ularning harbiy innovatsiyalar darajasi Qoʻshma Shtatlar bilan solishtirganda 89 foizni tashkil etadi. AQSH harbiy sohada rivojlanish boʻyicha soʻnggi olti yilda Germaniya (3-oʻrin), Bu

31 Jan 15:22
 
26
0
xs.uz

“Mercedes-Benz”, “BMW”, “Volkswagen” yoki “Toyota”… Qaysi kompaniya 5-yildan beri eng koʻp avtomobil sotgan brend boʻlib turibdi?

'Toyota' avtomobillari savdosining pasayishi asosan Yaponiyada kuzatilgan. Bu yerda kompaniya sertifikatlash testlari bilan bogʻliq muammolar sababli jiddiy qiyinchiliklarga duch kelgan, ayniqsa 'Daihatsu' brendida. Yapon avtomobil gigantining eng yaqin raqibi boʻlgan 'Volkswagen Group' 2024-yilda 9 million dona avtomobil sotganini maʼlum qildi. Nemis ishlab chiqaruvchisi ham 2023-yilga nisbatan 2,3% pasayishni qayd etgan, bu esa asosan Xitoy bozoridagi 'narxlar urushi' va Germaniyada xarajat

31 Jan 15:22
 
31
0
xs.uz

Germaniya va Fransiya Daniyani qoʻllab-quvvatlaydi

Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen AQSH prezidenti Donald Trampning Grenlandiya ustidan nazoratni oʻz qoʻliga olish haqidagi tahdidlariga qarshi turishda yordam soʻrab, boshqa Yevropa davlatlaridan buni olganini aytdi.Aytish kerakki, Tramp Daniyaning avtonom hududi Grenlandiyani AQSH milliy xavfsizligi uchun muhim ekanini aytib kelar ekan, hududni egallash uchun harbiy kuch ishlatishni istisno qilishdan bosh tortgan.Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen seshanba kuni Yevropaning uchta poytax