calendar 17 Jan 15:45
eye 83
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Fransiya Ukraina bilan xavfsizlik shartnomasini imzolamoqchi

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron fevral oyida Ukrainaga tashrif buyurishini va yangi harbiy yordam paketini, shu jumladan SCALP – havodan uchiriladigan qanotli raketalarini yuborishini e’lon qildi.  Bu haqda Yelisey saroyida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Makron Kiyevda xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha ikki tomonlama bitim tuzmoqchi.

“Biz Yevropa va Britaniya kabi hamkorlarimiz bilan yaqin aloqadamiz. Kelgusi haftalarda tayyor bo‘ladigan ikki tomonlama kelishuvni yakunlaymiz. Shuningdek, 40 ga yaqin  SCALP raketalari va ukrainalik do‘stlarimiz kutayotgan yuzlab snaryadlarni yetkazib beramiz”, deydi Makron.

Shuningdek, Makron Fransiya harbiy ishlab chiqarishni ko‘paytirish yo‘liga o‘tganini ta’kidlagan.

“Bu bizga ukrainalik hamkorlarimizga, ayniqsa ular kutayotgan CAESAR gaubitsalariga ancha ko‘proq jihozlar yetkazib berish imkonini beradi”, deya qo‘shimcha qilgan u.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning  13 yanvar kuni Fransiya Tashqi ishlar vazirligining yangi rahbari Stefan Sejurne lavozimiga kirishganidan keyin Ukrainaga tashrif buyurgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Sep 00:23
 
23
0
xs.uz

Rossiyaning muhim aviabazasida portlash sodir boʻldi. Bunda Ukrainaning qoʻli bormi?

Rossiyaning Saratov viloyatida joylashgan aviabazasida strategik bombardimonchi samolyotlar joylashgan joyda kuchli portlashlar sodir boʻldi. Bu haqda 'Newsweek' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Moskvadan 800 kilometr uzoqlikda joylashgan 'Engels-2' aviabazasida Rossiyaning yadroviy va uzoq masofali raketalarni tashishga qodir 'Tu-95' va 'Tu-160' bombardimonchi samolyotlari joylashgan. Portlashlar bir kechada sodir boʻlgan, ammo portlashlar sabablari hali aniq emas.Bir qancha mahalliy

03 Sep 21:35
 
30
0
xs.uz

Qozogʻistondagi AES qurilishi boʻyicha referendum sanasi eʼlon qildi

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev mamlakatda atom elektr stansiyasi (AYES) qurilishi boʻyicha referendum sanasini eʼlon qildi. Bu haqda 'Report.az' xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, respublika parlamenti ikki palatasining yigʻilishida ushbu qaror maʼlum qilingan.'6-oktyabr kuni referendum boʻlib oʻtadi', dedi Toʻqayev Qozogʻiston xalqiga murojaati chogʻida. Bir hafta oldin hukumat ushbu masala boʻyicha Energetika vazirligi loyihasini qabul qilgandi.Qayd etilishicha, Qosi

09 Oct 12:40
 
19
0
xs.uz

KXDR Janubiy Koreya bilan bogʻlovchi barcha yoʻllarni yopib qoʻydi

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) Koreya xalq armiyasi Bosh shtabi 9-oktyabrdan boshlab oʻz hududini 'asosiy dushman' davlat Janubiy Koreya bilan bogʻlovchi barcha avtomobil va temir yoʻllarni toʻsib qoʻyish va toʻxtatib turish ishlarini olib borishini, shuningdek, mudofaa tuzilmalarini mustahkamlashini maʼlum qildi.Markaziy telegraf agentligida eʼlon qilingan Bosh shtab bayonotida aytilishicha, Koreya yarim orolidagi dushman kuchlarning qarama-qarshilik isteriyasi tobora kuchay

09 Oct 12:40
 
16
0
xs.uz

AQSHda Zelenskiy Rossiya bilan yarashishga chaqirildi

Pentagonning sobiq maslahatchisi Duglas Makgregor Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi mojaro holatiga izoh berdi.Shu oʻrinda u Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Rossiya bilan muzokara olib borishga chaqirdi.'Tinchlaning, ahmoqlar!' ' deb yozdi Makgregor oʻzining 'X' ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida Ukraina rahbarining Ukraina Rossiya bilan tinchlik uchun 'oʻz suvereniteti va hududlarini almashmasligini' taʼkidlagan soʻzlariga javoban.Avvalroq, AQSH Davlat departamenti Ukraina boʻyicha m