calendar 17 Jan 15:30
eye 95
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Paxtakor” sotuvga qo‘yildi

image

“Paxtakor futbol klubi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining 100 foiz davlat ulushi savdoga chiqarildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lum qildi. 

Klubni sotib oluvchi xaridor keyinchalik quyidagi talablarga rioya qilishi kerak bo‘ladi:

  • futbol klubining faoliyatini saqlab qolish, rivojlantirish va xalqaro darajaga olib chiqish;
  • futbol klubi balansidagi barcha sport ob’ektlaridan, shu jumladan, futbol maydonidan faqatgina sport faoliyati yo‘nalishlarida foydalanish;
  • “Paxtakor” futbol klubi akademiyasi faoliyatini saqlab qolish va rivojlantirish.

Aktivni sotish ikki bosqichda o‘tkaziladi:

Birinchi bosqichda talabgorlar oldindan malakalanadi (saralanadi), jumladan, savdolarda qatnashish uchun talab qilingan hujjatlarning to‘liqligi, zakalat puli kelib tushgani, davlat aktividan kelgusida foydalanish yo‘nalishlariga qo‘yilgan talabga nisbatan talabgor tomonidan taklif etilgan biznes konsepsiyasi loyihasining maqbul yoki maqbul emasligi, talabgor va ular bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslardan hech biri Yevropa Ittifoqi va AQSHning, shuningdek, yirik xalqaro moliya institutlarining sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilmagani, shuningdek, kelajakda bunday ro‘yxatlarga kirish ehtimolining pastligi ko‘rib chiqiladi.

Ikkinchi bosqichda talabgorning tijorat takliflari (sotib olish narxi va to‘lovni amalga oshirish muddati), zakalat puli miqdori (narx taklifining kamida 5 foizini tashkil etishi) hamda to‘lov qobiliyati baholanadi.

Aktiv haqida ma’lumot

“Paxtakor” O‘zbekistonda 1956 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan professional futbol klubi hisoblanadi. Jamiyatning yuridik manzili: Toshkent shahri Islom Karimov ko‘chasi 98A-uy. Aktiv egallagan maydon 24,1 gektarni tashkil etadi. Qurilish osti maydoni: 83 ming 332,73 metr kvadrat (8,3 gektar), foydali maydoni esa 24 ming 262,57 metr kvadrat (2,4 gektar). Aktiv hozirda “Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi” davlat unitar korxonasi balansida hisoblanadi.

Alohida shartlar

Klubni xususiylashtirish uchun futbol klubi faoliyatini rivojlantirish va xalqaro amaliyotni joriy etish yuzasidan eng maqbul strategiya loyihasi tanlab olinadi. Aktiv bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilganda dastlabki to‘lov summasi 35 foizdan kam bo‘lgan hollarda qolgan summaga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida yillik foizlar hisoblanadi.

Aktivni sotib olish bo‘yicha birinchi bosqichda bitta taklif kelib tushgan hollarda, savdolar o‘tkazilmagan deb e’tirof etiladi. Talabgor davlat aktivini sotib olish to‘lovini bir oydan ko‘p muddatlarda amalga oshirishni taklif etganda, uning narx taklifi ushbu muddatlarni inobatga olgan holda, belgilangan tartibda joriy qiymatga keltirib baholanadi.

Savdo yakunlari bo‘yicha savdo g‘olibi bilan Davaktiv agentligi tomonidan xabarnoma yuborilgandan keyin belgilangan tartibda oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtiriladi (fors-major holatlari bundan mustasno) va savdolarga qatnashish uchun to‘langan zakalat puli davlat aktivi xarid to‘lovining bir qismi sifatida qabul qilinadi.

Aktiv savdolari yakunlari bo‘yicha g‘olib tomonidan to‘lanadigan xarid qiymatiga chegirma qo‘llanmaydi. Savdolar yakunlari bo‘yicha savdo g‘olibi tomonidan oldi-sotdi shartnomasini tuzish rad etilsa yoki undan voz kechilsa, u tomonidan to‘langan zakalat puli miqdori qaytarilmaydi.

Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi yoki ishchi organ o‘z xohishiga ko‘ra hech qanday majburiyatni o‘z zimmasiga olmagan holda, har qanday vaqtda savdoni to‘xtatishi hamda savdo jarayonida talabgorlardan qo‘shimcha va/yoki aniqlashtiruvchi ma’lumotlar so‘rashi mumkin.

Klublarning xususiylashtirilishi

Klub xususiylashtirilishi prezidentning 2023 yil 24 martdagi qaroriga asosan yuz bermoqda. Mazkur qarorda, shuningdek, “Buxoro”, “Nasaf”, “Mash’al”, “Lokomotiv”, “Olmaliq”, “Metallurg”, “Bunyodkor”, “Sho‘rtan”, “Navbahor lochinlari”, “Dinamo plyus” futbol klublari ham xususiylashtirilishi belgilangan.

Shuningdek, Davaktiv Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan futbol klublarining bir davlat tashkiloti tasarrufida bo‘lishi sog‘lom raqobat muhitini yaratishga to‘sqinlik qilishi bildirilganini qayd etgan. Bugungi kunda futbol klublari davlat tashkilotlari va davlat ishtirokidagi korxonalar tasarrufida qolib, umumiy benefitsiar davlat bo‘lib qolmoqda. Bu holat xalqaro prinsiplarga muvofiq hisoblanmaydi. Shunga ko‘ra, dastlab jozibadorligi yuqori bo‘lgan futbol klublarini xususiylashtirgan holda xususiy sektorning ulushini bosqichma-bosqich oshirish rejalashtirilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Sep 00:23
 
38
0
xs.uz

Oʻzbekistonda oʻtayotgan Jahon chempionatida terma jamoamiz guruhda qolib ketishi mumkin (+guruhlardagi holat)

Bugun futzal boʻyicha Jahon chempionatining 2-turi doirasida Oʻzbekiston terma jamoasi Paragvayga qarshi maydonga tushadi.Qayd etish kerakki, Paragvay 1-turda Kosta-Rikani 5:2 hisobida magʻlub etgan va guruhda 1-oʻrinda turibdi. Agarda bugun kutilganidek, Niderlandiya Kosta-Rikani magʻlub etsa, terma jamoamiz qiyin ahvolga tushib qoladi.Uchrashuv soat 20:00 da 'Humo Arena'da boʻlib oʻtadi.Guruhlardagi holat bilan quyida batafsil tanishishingiz mumkin.Avvalroq, Urganch shahrida 2,9 milliar

20 Sep 00:23
 
30
0
xs.uz

“Budapeshtdan gapiramiz”: Bugun Oʻzbekiston Isroil va Niderlandiyaga qarshi jang qiladi

Vengriya poytaxti Budapeshtda 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi boʻlib oʻtmoqda. 6-turda erkaklar terma jamoamiz Isroil terma jamoasiga qarshi maydonga tushsa, ayollar terma jamoamiz esa Niderlandiyaga qarshi bahs yuritadi.Qayd etish kerakki, 5-tur doirasida yigitlarimiz Moldova, qizlarimiz esa Gruziya terma jamoasiga qarshi bahs olib borishdi. Erkaklar terma jamoamiz 3,5 : 0,5 hisobida gʻalaba qozonishdi. Qizlarimiz esa musobaqada ikkinchi raqam ostida saralangan juda kuchli terma jamoa Gruz

09 Oct 12:40
 
17
0
xs.uz

Yilning eng nufuzli ikkita kurash musobaqasi Termiz shahrida oʻtkaziladi

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Joriy yilning 15-19-oktyabr kunlari dunyo polvonlari Prezident sovrini ' 20 ming AQSH dollari uchun bellashadi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun 'World Series Pro' xalqaro turnirining final bosqichi hamda Al Hakim at-Termiziy xalqaro musobaqasida sayyoramizning eng kuchli polvonlari bahslarga kirishadi.'World Series Pro' xalqaro turnirining Osiyo, Yevropa, Afrika va Pan-Amerika qitʼasidan saralangan 80 nafar kurashchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezi

08 Sep 16:45
 
52
0
xs.uz

Oʻzbekiston yozgi Paralimpiyalaridagi eng yaxshi natijasini qayd etmoqda. “Toʻyga toʻyona” sifatida Temur Giyazov bronza medaliga ega chiqdi

Fransiya poytaxti Parij shahrida oʻtkazilayotgan XVII Paralimpiya oʻyinlarida hamyurtlarimiz oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.Para yengil atletika boʻyicha erkaklar oʻrtasida T44 klassida balandlikka sakrash dasturida final bahsi yakunlandi. Ushbu yoʻnalishda ishtirok etgan hamyurtimiz Temur Giyazov 2.03 metr natija qayd etgan holda bronza medalga sazovor boʻldi.Qayd etish kerakki, bu orqali Oʻzbekiston delegatsiyasi yozgi Paralimpiya oʻyinlarida medallar sifati boʻyicha oʻz tarixida