calendar 17 Jan 13:45
eye 65
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda jurnalistga nisbatan qo‘zg‘atilgan ma’muriy ish tugatildi

image

Avvalroq, Toshkent shahrida reportaj tayyorlashga borgan jurnalist ichki ishlar xodimlari tomonidan asossiz olib ketilib, bir necha soat davomida idorada ushlab turilgani va unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bo‘yicha javobgarlik belgilangani haqida xabar qilgandik. Endilikda jurnalistga nisbatan qo‘zg‘atilgan ma’muriy ish tugatildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.

“Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudining 2024 yil 16 yanvardagi qaroriga muvofiq Mixail Dovlatovning harakatida ma’muriy huquqbuzarlik alomati yo‘qligi sababli, unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi bilan yuritilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish MJtKning 271-moddasi (ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni istisno etuvchi holatlar) 1-bandiga asosan tugatildi”, deydi Obidov.

Ma’lumot uchun, jurnalist Mixail Dovlatov bilan bog‘liq holat 14 yanvar kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida sodir bo‘lgan. U 11-dahada istiqomat qiluvchi aholi bilan uchrashishi kerak bo‘lgan. O‘z navbatida, fuqarolar 150 ga yaqin garaj hamda 98 ta daraxt o‘rniga bolalar bog‘chasi qurilayotgani to‘g‘risida ma’lumot berishi rejalashtirilgan. Dovlatov aholi bilan soat 13:00 da voqea joyida uchrashishga kelishgan. Shuningdek, u yerda Uchtepa tumani hokimligi vakillari, ekolog va boshqa ekspertlar taklif etilgan.

Biroq jurnalist avtoturargohga kirishdan 50 metr narida bir guruh erkaklarga ko‘zi tushgan. 

“Ularning ayrimlari huquq-tartibot organlarining formasida edi, shuningdek, Isuzu avtozaki ham turardi. Ular yonidan o‘tar ekanman, menga murojaat qilishayotganini eshitib qoldim, o‘girilganimda fuqarolik kiyimidagi bittasi yana meni chaqirdi. Yoniga borib, gap nimada ekanini bilmoqchi bo‘ldim. U esa bu yerda chekish taqiqlanishini aytdi. Men atrofda tamaki chekishni taqiqlaydigan biror belgi yo‘qligini bildirdim. U bo‘lsa, bu yer jamoat joyi hisoblanishi va bu yerda chekish umuman mumkin emasligini ta’kidladi…”, deydi jurnalist.

Shundan so‘ng, xodimlar jurnalistni tumanning 2-sonli ichki ishlar idorasiga olib borgan hamda telefon va texnikalarini olib qo‘ygan. Idorada undan nima uchun miting tashkillashtirmoqchi ekani so‘ralgan. Dovlatov bir necha soat IIO FMBda ushlab turilgach, jurnalistga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bo‘yicha javobgarlik belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, voqeadan xabar topgan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Bosh prokuraturaga so‘rov xati yuborgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 Oct 11:25
 
26
0
xs.uz

Muzrabotlik oʻqituvchi 2 ming dollar maosh oladi

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Taʼlim tizimidagi islohotlar samarasi mamlakat boʻylab boʻy koʻrsatmoqda. Buni Surxondaryo viloyatidagi umumtaʼlim maktablari faoliyatida ham koʻrish mumkin. Oʻqituvchilarning sifatli taʼlim berishi uchun barcha imkoniyat ishga solinmoqda. Elektron vositalardan tortib, yangi avlod darsliklarigacha olis va chekka hududlardagi maktablarga ham yetkazilgan. Yaratib berilayotgan bu kabi sharoitlar oʻqituvchilarning ham, oʻquvchilarning ham oʻrgatish va oʻrgani

09 Oct 12:39
 
16
0
xs.uz

Bilimli oʻquvchilar munosib ragʻbatlantirildi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijon shahridagi 43-umumtaʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi Dilobar Abduvahobova 8,5 ballik IELTS sertifikatini qoʻlga kiritdi. Bu Andijon farzandlari ichida hozirgacha kuzatilgan eng yaxshi natija hisoblanadi.Andijon shahridagi 4-umumtaʼlim maktabining 4-sinf oʻquvchisi Muhammadsaid Tursunov aynan shu til fanidan 7.0 ballik IELTS sertifikatiga ega boʻldi. Bu bilan u dunyoning 140 dan ortiq davlatida grant asosida oʻqish va Oʻzbekistondagi ingliz tili

09 Oct 17:33
 
19
0
xs.uz

Samarqandda “Damas” urib yuborgan piyoda vafot etdi

Samarqand viloyatida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida piyoda halok boʻlgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 5-oktyabr kuni tunda Narpay tumanida yuz bergan. 'Damas' mashinasi harakatlanib ketayotganda yoʻlning belgilanmagan joyidan yugurib chiqqan ayolni urib yuborgan.Oqibatda, ogʻir tan jarohatlari olgan ayol shifoxonada vafot etgan.'Yoʻl chetida 4-5 kishi janjallashib turgan ekan. Ularning yoniga borayotganimda b

20 Sep 00:21
 
23
0
xs.uz

Jizzaxda “Lacetti” yoʻl chetidagi toʻsiqqa urilib, pastlikka tushib ketdi

Jizzax viloyatida 'Lacetti' avtomashinasi yoʻl chetidagi beton toʻsiqqa urilib, pastga tushib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi YHXB xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa 24-iyun kuni soat 13:00 larda Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani hududidan oʻtgan M-39 'Toshkent-Termiz' avtomobil yoʻlining 982 km da sodir boʻlgan.Maʼlum boʻlishicha, Samarqand viloyatida yashovchi 30 yoshli haydovchi 'Lacetti' avtomashinasini boshqarib ketayotganda rul boshqaruvini yoʻqotgani tu