calendar 16 Jan 18:50
eye 77
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Kim Chen In Janubiy Koreyani “asosiy dushman” sifatida konstitutsiyaga kiritishga chaqirdi 

image

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreyani mamlakat konstitutsiyasida “birinchi raqamli dushman davlat” deb belgilashga chaqirdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.

Kecha, 15 yanvar kuni Kim Chen In KXDR Oliy xalq assambleyasining X sessiyasida so‘zga chiqib, mamlakatning asosiy qonunchiligiga tegishli o‘zgartirishlar kiritishni taklif qilgan.

U Seul va Vashingtonni “harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish va strategik aktivlarni joylashtirish orqali” Koreya yarimorolini potensial urush hududiga aylantirishda ayblagan.

Shuningdek, Kim Chen In Shimoliy va Janubiy Koreyani birlashtirishga erishish "mumkin emas"ligini qo‘shimcha qilgan. Shimoliy Koreya yetakchisi Pxenyandagi ikki davlat birlashishi ramzi bo‘lgan yodgorlikni buzish tarafdori.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Pxenyan urush boshlamoqchi emas, lekin ayni paytda undan qochishga ham intilmaydi. 

“Koreyalararo munosabatlarning achchiq tarixidan olingan yakuniy xulosa shuki, biz milliy birlashish yo‘lida birgalikda oldinga siljiy olmaymiz”, deydi Kim Chen In.

Ma’lumot uchun, KXDR hukumati avvalroq Koreyalararo ishlar bilan shug‘ullanuvchi departamentlarni tugatishga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kim Chen In Mudofaa sanoati korxonalariga borganida Seul tomonidan harbiy provokatsiya sodir bo‘lgan taqdirda KXDR Koreya Respublikasini yo‘q qilish uchun butun arsenalini ishga solishdan tortinmasligini aytgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
29
0
qalampir.uz

AQSH Xitoyga qarshi sanksiyalar kiritdi

Qo‘shma Shtatlar olti nafar Xitoy fuqarosi va beshta Xitoy kompaniyasiga qarshi sanksiyalar joriy qilmoqda. Bu haqda AQSH Moliya vazirligi xabar berdi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, olti nafar xitoylik hamda tashkilotlar KXDRning ballistik raketa va kosmik raketa dasturiga yordam beruvchi tovarlarni xarid qilishda ishtirok etgan. Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar xalqaro sanksiyalarni amalga oshirish uchun barcha vositalarni qo‘llash, jumladan, noqonuniy xarid tarmoqlarini kesish n

17 Jul 20:39
 
89
0
qalampir.uz

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni olti oyga uzaytiradi

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari doimiy vakillari qo‘mitasi Rossiyaga qarshi 2014 yilda joriy etilgan iqtisodiy sanksiyalarni yana olti oyga uzaytirishga kelishib oldi. Bu haqda YeIdagi diplomatik manbaga tayanib, TASS xabar berdi.  Qayd etilishicha, sanksiyalar 2025 yil yanvar oyi oxirigacha amal qiladi. Rossiyaga qarshi cheklovlarni uzaytirish to‘g‘risidagi qaror 22 iyul kuni Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishida rasman tasdiqlanadi. G‘arb Ukraina tufayli

26 Jul 10:19
 
32
0
qalampir.uz

Yevrokomissiya Slovakiyani “xorijiy agentlar” qonuni oqibatlaridan ogohlantirdi

Yevropa Komissiyasi, agar Slovakiya xorijdan mablag‘ oluvchi nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) uchun xorijiy agent maqomi to‘g‘risidagi mahalliy qonunni qabul qilishda davom etsa, unga qarshi rasmiy chora ko‘radi. Bu haqda Yevropa komissari Vera Yourova Bryusseldagi matbuot anjumanida ma’lum qildi. “Agar Slovakiya nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish borasida Vengriya yo‘lidan borsa, biz zudlik bilan qoidabuzarlikni bartaraf etish ta

18 Jul 20:48
 
67
0
qalampir.uz

Ursula fon der Lyayen Yevrokomissiya rahbari etib qayta saylandi (video)

Bugun, 18 iyul kuni Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen ushbu lavozimga qayta saylandi. Bu haqda Yevroparlament xabar berdi. Yashirin ovoz berishda 401 ovoz to‘plagan Lyayen komissiya raisi sifatida ikkinchi muddatga g‘alaba qozondi. Yana 5 yil davomida u o‘z siyosatini amalga tatbiq etadi. O‘ng markazchi Yevropa Xalq Partiyasidan bo‘lgan Ursula yashirin ovoz berishda 401 ovoz to‘pladi, bu saylanishi uchun kerak bo‘lgan 361 ovozdan ancha yuqori. 284 ovoz muxolifat, 15 b