calendar 16 Jan 18:20
eye 54
comments 0
comments Manba: postda.uz

FUQARO HAYОTI SAQLAB QOLINDI

image

Joriy yilning 14-yanvar kuni. Kechki soat 23:30. Havo harorati har kungidan-da sovuq. Yog‘ayotgan qor ko‘z ochib yumishga qo‘ymaydi. Ob-havoning ana shunday noqulay paytida Urganch tumanidagi Farxod ko‘chasidan o‘tuvchi kanal bo‘yida noma'lum kimsa mast holatda yurganini ko‘rgan fuqaro darhol “102” raqamiga qo‘ng‘iroq qildi. 

Navbatchilik qismi tezkor ma'lumotidan xabar topgan viloyat IIB JXX JTSB PPX batal'oni birinchi otryad safdor xodimi, safdor Dilshod Karimov hamda otryad haydovchi-xodimi, safdor Shavkat Otajonov zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borishdi. Bu paytda fuqaro kanal ichida suvdan chiqolmay “Yordam beringlar!” deya tinimsiz qichqirardi. Xizmat avtomashinasidan tushgan safdor Dilshod Karimov shoshilgancha kanalga tushib, suvdan fuqaroni olib chiqa boshladi. Uning hamrohi esa “Tez yordam”ga xabar berdi. Fuqaro bilan o‘tkazilgan qisqa suhbatdan so‘ng u shu yaqin atrofda yashashi ma'lum bo‘ldi. Xodimlar darhol uni yashash xonadoniga olib borishdi. Shifokorlar esa birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatishdi.  

– To‘yda spirtli ichimlik iste'mol qilib, kayfim oshib qolibdi, – deydi urganchlik T. Alisher qilmishidan afsuslangancha. – Kanalga qanday tushib ketganimni eslolmayman. Muz yorilib, sovuq suvga tushib ketgach, o‘zimga keldim. Shundan so‘ng bir necha bor kanaldan chiqishga urindim. Ammo harakatlarim befoyda ketdi. Ko‘p o‘tmay oyoq-qo‘llarim uvishib, qimirlolmay qoldim. Atrofda biror kimsa ko‘rinmasa-da, yordam so‘rab qichqira boshladim. O‘z vaqtida ko‘rsatgan yordamingiz uchun sizlardan juda minnatdorman.

Shu tariqa PPX batal'oni xodimlari, safdorlar Dilshod Karimov hamda Shavkat Otajonovning hushyorligi hamda tezkor harakatlari tufayli mast holatda suvga tushib ketgan fuqaroning hayoti saqlab qolindi. 

Har bir sohaning o‘z fidoyilari, jonkuyarlari bo‘lgani singari PPX batal'onida ham g‘ayrat-shijoatli, kasbiga sadoqatli xodimlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Lavhamiz qaxramonlari ham ana shunday fidoyilardan sanaladi. Ular bilan har qancha faxrlansak arziydi. 

Xudoybergan JABBOROV,

o‘z muxbirimiz.

Xorazm viloyati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

03 Sep 21:35
 
4
0
xs.uz

Oʻzbekistonga tijorat maqsadida kelgan chet elliklar soni ochiqlandi

Statistika agentligi Oʻzbekistonga tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolari necha nafarni tashkil etishini ochiqladi. Bu haqda Agentlik rasmiy sahifasida xabar qilingan.Maʼlum qilinishicha, 2024-yilning yanvar-iyul oylarida jami 80,5 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 51,4 ming nafarga yoki 2,8 barobarga oshganini maʼlum qilindi.Qayd etilishicha, 2024-yilning yanvar-iy

15 Jul 12:03
 
40
0
xs.uz

Toshkentda 1,6 mlrd soʻmni talon-toroj qilgan boshqaruv servis kompaniyasi aniqlandi

Toshkent shahri Uchtepa tumanida boshqaruv servis kompaniyasidagi talon-torojlik fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.Qayd etilishicha, departamentning Uchtepa tuman boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. Tekshiruvda tumandagi 'K.Ch.' va 'B.' mahallalari aholisiga xizmat koʻrsatuvchi 'A.K.' MCHJ boshqaruv servis kompaniyasi masʼul shaxslari 2022-yildan 2024-yil iyulga qadar aholidan yigʻilgan jami

17 Jul 03:40
 
106
0
xs.uz

Oʻzbekistonning qaysi hududidan koʻproq ipoteka krediti olingani maʼlum qilindi

Qayd etilishicha, yanvar'iyun oylarida Oʻzbekiston aholisiga 6,88 trillion soʻm miqdorida ipoteka kreditlari ajratilgan. Bunda respublikada jami 23 ming 201 nafar fuqaro banklardan foizli qarz olgan boʻlib, ularning 16,9 nafari erkaklar (4 trillion 32 milliard soʻm), 9,2 ming nafari xotin'qizlar (2,4 trillion soʻm) hissasiga toʻgʻri kelgan.Ipoteka kreditlarining 61 foizi birlamchi bozordagi uylarga, 39 foizi ikkilamchi bozordagi uylarga ajratilgan. Foizli qarzlarning 70 foizini 31'50 yosh

16 Jul 09:16
 
108
0
xs.uz

UzAutoMotors oʻtkazgan 1,3 mlrd soʻmlik davlat xaridida qonun buzilishi holati aniqlandi

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda UzAutoMotors tomonidan 8-iyul kuni oʻtkazilgan 1,3 mlrd soʻmlik davlat xaridida affillangan shaxslar ishtirok etib, gʻolib boʻlganligi yuzasidan xabarlar eʼlon qilingan.Keltirilgan holatlar yuzasidan agentlik tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishda ushbu xarid jarayonida ishtirok etgan tadbirkorlik subyektlarining rahbar va taʼsischilari yaqin qarindosh ekanligi, shu bois mazkur jamiyatlar affillangan shaxslar hisoblanishi maʼlum boʻlgan.Xarid komissiya