“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi yangi binolari foydalanishga topshirildi

Markaz binosining ochilish marosimida ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyati, bundan kutilayotgan natija va samaralar haqida soʻz yuritildi. Maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda tumanda ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan 81 nafar yakka-yolgʻiz keksa, 4002 nafar nogironligi boʻlgan fuqaro istiqomat qiladi. Endilikda bu shaxslarning hayoti, muammolari bilan mahallalarga biriktirilgan ijtimoiy xodimlar shugʻullanadi. 'Inson' ijtimoiy xizmatlar markazi orqali davlat tomonidan ajratilayotgan nafaqa va moddiy yordamning ehtiyojmand aholiga yetib borishi taʼminlanadi.
Markazda bugungi kunda 21 nafar xodim ish yuritmoqda. Shuningdek, yaqin kunlarda har ikki mahalla uchun bir nafardan ijtimoiy xizmatni tashkil etish xodimlari ish boshlashi kutilmoqda.
Narpay tuman 'Inson' ijtimoiy xizmatlar markazining ham yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Endilikda bu yerda 5 turdagi, yaʼni mahallada ijtimoiy xizmatni tashkil etish, ijtimoiy toʻlovlar bilan ishlash, nogironligi boʻlgan shaxslar bilan ishlash, katta yoshdagi va ogʻir vaziyatga tushib qolgan oilalar bilan ishlash hamda bolalarni ijtimoiy himoya qilish shuʼbalarida aholiga sifatli xizmat koʻrsatish uchun barcha sharoitlar yaratildi.
Ochilish marosimida tuman hokimligi, viloyat masʼullari, sektor rahbarlari, nuroniylar va faollar ishtirok etdi. Unda soʻz olganlar yurtboshimiz tashabbusi bilan aholi farovonligi va inson qadr qimmati uchun tashkil qilinayotgan mazkur tizimda fuqarolar manfaati koʻzlanganligini taʼkidlashdi.
Shuningdek, mazkur markazlar xalqimiz orasida ijtimoiy muhitni barqarorlashtirish hamda aholi ehtiyojlarini qondirish va muammolarini bartaraf qilishda yuqori samara berishi xususida soʻz yuritildi.
Tadbir ishtirokchilari 'Inson' ijtimoiy xizmatlar markazi binosida xodimlar va fuqarolar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishdi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, 'Xalq soʻzi'.
“Andijon turmasi” shahar chekkasiga koʻchiriladi
Andijon shahri markazidagi 'Andijon turmasi' nomi bilan tanilgan 3-son tergov hibsxonasi koʻchiriladi. Bu haqda viloyatda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda'maʼlum qilindi.Yigʻilishda qurilish va infratuzilma masalalari muhokama qilinar ekan, Xonobod-Andijon magistral suv quvurining 1-tarmogʻidan suv oqimi kamligi sababli 6 ta tumandagi 510 ming aholiga suv yetkazib berishda muammolar borligi koʻrsatib oʻtildi.Shu bois, ushbu quvurning 2-tarmogʻini qurish zar
Oʻzbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriBuyuk vatandoshimiz, islomiy ilmlar rivojiga ulkan hissa qo'shgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur 'Moturidiyning (keyingi o'rinlarda ' Imom Moturidiy) ibratli hayot yo'li va boy ilmiy-ma'naviy merosini har tomonlama chuqur o'rganishni rag'batlantirish, moturidiylik ta'limotiga xos bag'rikenglik va'mo'tadillik tamoyillarini xalqimiz va jahon jamoatchiligi o'rtasida keng targ'ib etish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umumin
Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi
Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha muhim qaror qabul qilindi. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, mamlakatda 'Tadbirkor ayollar' platformasi va bir qator dasturlar'ishga tushiriladi.Qarorga koʻra, yetakchi ishbilarmon ayollardan iborat 'Tadbirkor ayollar kengashi' tashkil etiladi. Ushbu kengash ayollar biznesig
Endilikda qurilayotgan binolarga QR-kodli pasport beriladi
2025-yilning 1-sentyabridan boshlab Oʻzbekistonda har bir qurilayotgan obyekt uchun QR-kodli pasport joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.Ushbu tizim orqali shaharsozlik subyektlari, qurilish muddatlari, hujjatlar va ekspertiza xulosalari kabi muhim maʼlumotlarga tezroq ega boʻlish mumkin boʻladi.Bundan tashqari, koʻp kvartirali uylarda joylar va yertoʻlalarni qayta qurish yoki rejalashtirishda qurilish meʼyorlarini buzgan holda konstruktiv qismlar va tayanch devorlarni o