calendar 16 Jan 15:25
eye 94
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda jurnalist IIO xodimlari tomonidan ushlandi. AOKA munosabat bildirdi

image

Toshkentda reportaj tayyorlashga borgan jurnalist ichki ishlar xodimlari tomonidan asossiz olib ketilib, bir necha soat davomida idorada ushlab turilgani aytilmoqda. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Novosti Uzbekistana” nashri xodimi Mixail Dovlatov jurnalistik tekshiruv olib borayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlanib, javobgarlikka tortilgan. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda keskin munozaralarga sabab bo‘lmoqda.

Nashrning bildirishicha, holat 14 yanvar kuni Uchtepa tumanida sodir bo‘lgan. U 11-dahada istiqomat qiluvchi aholi bilan uchrashishi kerak bo‘lgan. O‘z navbatida, fuqarolar 150 ga yaqin garaj hamda 98 ta daraxt o‘rniga bolalar bog‘chasi qurilayotgani to‘g‘risida ma’lumot berishi rejalashtirilgan. Dovlatov aholi bilan soat 13:00 da voqea joyida uchrashishga kelishgan. Shuningdek, u yerda Uchtepa tumani hokimligi vakillari, ekolog va boshqa ekspertlar taklif etilgan.

“Avtoturargohga kirishdan 50 metr narida bir guruh erkaklarga ko‘zim tushdi, ularning ayrimlari huquq-tartibot organlarining formasida edi, shuningdek, Isuzu avtozaki ham turardi. Ular yonidan o‘tar ekanman, menga murojaat qilishayotganini eshitib qoldim, o‘girilganimda fuqarolik kiyimidagi bittasi yana meni chaqirdi.

Yoniga borib, gap nimada ekanini bilmoqchi bo‘ldim. U esa bu yerda chekish taqiqlanishini aytdi. Men atrofda tamaki chekishni taqiqlaydigan biror belgi yo‘qligini bildirdim. U bo‘lsa, bu yer jamoat joyi hisoblanishi va bu yerda chekish umuman mumkin emasligini ta’kidladi…”, deydi jurnalist.

Shundan so‘ng, erkak uni tumanning 2-sonli ichki ishlar idorasiga olib borgan, telefon va texnikalari olib qo‘yilgan. Idorada undan nima uchun miting tashkillashtirmoqchi ekani so‘ralgan. Bir necha soat IIO FMBda ushlab turilgan jurnalistga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bo‘yicha javobgarlik belgilangan.

Voqeadan xabar topgan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mazkur holatga huquqiy baho berish hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlardan munosabat bildirishlari, shuningdek, kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligi maqsadida aniq o‘rganish hamda tegishli xulosa va choralar ko‘rilishi bo‘yicha Bosh prokuraturaga so‘rov xati yuborgan.

“OAV vakillarining kasbiy faoliyati davomida tazyiq o‘tkazish, to‘sqinlik qilish kabi holatlar so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash borasidagi davlat siyosatiga zid bo‘lib, Agentlik, o‘z navbatida, barcha darajadagi davlat idoralari xodimlarini axborot qonunchiligi hamda jurnalistlar vakolatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga chaqiradi”, deyiladi AOKA munosabatida.

Shuningdek, agentlik O‘zbekiston qonunchiligida jurnalistlar huquqlari, axborot olish erkinligiga oid masalalar qator normalar bilan mustahkamlab qo‘yilganini eslatgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Apr 07:05
 
26
0
xs.uz

O‘zbekiston mahallalari bo‘ylab virtual sayohat tashkil etiladi

Mutaxassislar tomonidan har bir mahallaning tarixiy, madaniy va ijtimoiy jihatlarini o'z ichiga olgan ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi.Mahallalar tadqiq etilib ilmiy ishlanmalar, turli ko'rinishda kontent va qisqa metrajli filmlar tayyorlanadi. Ulardan ekspozitsiya uchun 3D shaklida qiziqarli media mahsulotlar yaratiladi. Ekspozitsiyaga tashrif buyuruvchilar O'zbekiston mahallalari bo'ylab virtual sayohat qilish, mahallalar tizimida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlaridan boxabar bo'lis

20 Mar 12:54
 
45
0
xs.uz

Davlat xaridlarida kooperatsiya aloqalari uchun shaffof tizim yaratiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan 'Korporativ buyurtmachilarning tadbirkorlik subyektlari bilan kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish va ushbu jarayonda davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi' nizom tasdiqlandi.Ushbu hujjat davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik mexanizmlarini belgilaydi va bu jarayonni yaxlit hamda shaffof shaklda tashkil etishga qaratilgan.Nizomga koʻra, korporativ buyurtmachilar tadbirkorlik suby

12 Apr 21:15
 
29
0
xs.uz

Mintaqa kasaba uyushmalari harakati va hamkorligida muhim platforma

Qirg'iz Respublikasi poytaxti ' Bishkek shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Kengashining VII yig'ilishi bo'lib o'tdi.Mintaqa kasaba uyushmalari harakati va hamkorligida muhim o'ringa ega mazkur nufuzli anjumanda milliy kasaba uyushma tashkilotlari, davlat organlari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi.Yig'ilishda Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Kengashi bosh kotibi Murodil Jumadilde uulu, O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla R

23 Mar 16:44
 
38
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev xitoylik tadbirkorni “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev TSC HK Investment taʼsischisi Tian Shuchunni 'Doʻstlik' ordeni bilan mukofotladi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniOʻzbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, ikki tomonlama manfaatli sheriklikni rivojlantirish, mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni faol jalb etishga qoʻshayotgan munosib hissasi, yurtimizda olib borilayotgan ulkan bu