calendar 15 Jan 18:51
eye 90
comments 0
comments Manba: xs.uz

Korrupsion holatlarning oldi olinadi

image
Keyingi yillarda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida fuqarolarga hamda O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga qo'shimcha qulayliklar yaratish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, ushbu sohadagi ma'muriy huquqbuzarliklarni ularning ijtimoiy og'irlik darajasidan kelib chiqqan holda qayta ko'rib chiqish va jarima tarzidagi ma'muriy jazolarning miqdorini maqbullashtirish, ma'muriy ish ko'rib chiqilishida aholining ovoragarchiligini, korrupsiya holatlarini hamda ortiqcha byurokratik to'siqlarni bartaraf etish zarurati yuzaga kelmoqda.

Taklif etilayotgan qonun loyihasi bilan ma'muriy jazolar miqdorini kamaytirish, ularni bir xil ko'rinishga keltirish, ma'muriy huquqbuzarliklarning xavflilik darajasidan kelib chiqqan hamda aholiga yengilliklar yaratish lozimligini inobatga olgan holda belgilanishini ta'minlash maqsadida Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning bir qator moddalariga o'zgartishlar kiritilyapti.

Munozaralar davomida deputatlar qonun loyihasining ahamiyati va ayni chog'da zaruratiga alohida e'tibor qaratgan holda, partiya maqsad va vazifalaridan kelib chiqib loyihani yanada takomillashtirish, pishiq-puxta holatga keltirish bo'yicha o'z fikr-mulohazalarini, takliflarini bildirdi.

Xususan, fraksiya a'zosi To'lqin Karimov qonun loyihasining mazmun-mohiyati haqida to'xtalar ekan, unda nazarda tutilayotgan yangiliklar huquqni qo'llash amaliyotida va ma'muriy ishlarni ko'rib chiqishda ortiqcha byurokratiyani hamda korrupsion holatlarni oldini olishga xizmat qilishini qayd etdi.

Fraksiya a'zolari Baxrom Rahmonaliyev, Nodir Abduvaliyev va boshqa deputatlar mazkur qonun loyihasi yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildirib, hujjatdagi ayrim normalar bo'yicha qator savollarni o'rtaga tashlashdi.

Qonun tashabbuskorlari berilgan takliflar asosli ekanligini qayd etgan holda, ko'tarilgan savol yuzasidan asoslantirilgan javoblar berib o'tdilar.

Qizg'in savol-javoblar va muhokamalardan so'ng, qonun loyihasi fraksiyalar a'zolari tomonidan qo'llab-quvvatlandi.

Yig'ilishda 'O'zbekiston Respublikasi qurilish tarmog'ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 ' 2025 yillarga mo'ljallangan strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida'gi Qonunchilik palatasining parlament so'roviga Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri B. Zakirovning javobi ham ko'rib chiqildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jun 10:46
 
26
0
xs.uz

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Tel-Avivga parvozlarni toʻxtatdi

'Uzbekistan Airways' Toshkentdan Tel-Avivga parvozlarni iyun oyi oxiriga qadar toʻxtatdi. Bu haqida aviakompaniya oʻzining rasmiy sahifalarida maʼlum qildi.Xabarda aytilishicha, Tel-Aviv xalqaro aeroportida havo hududidan foydalanish boʻyicha joriy etilgan cheklovlar sababli, 'Uzbekistan Airways' 2025-yil 16-iyundan 30-iyun kuniga qadar Toshkent ' Tel-Aviv ' Toshkent yoʻnalishidagi reyslarni vaqtincha toʻxtatgan.'Bekor qilingan reyslar yoʻlovchilari aviabiletlar boʻyicha majburiy qaytari

01 Jun 03:47
 
128
0
xs.uz

Andijonda sifatsiz benzinni savdoga chiqargan “zapravka” aniqlandi

Andijonda sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan 'zapravka' aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi maʼlum qildi.Unga koʻra, inspeksiyaning viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Jalaquduq tumanida joylashgan 'B.K.' MCHJga qarashli AYOQSH tomonidan sotilayotgan AI-92 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifats

18 Jun 21:55
 
21
0
xs.uz

19-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

'Oʻzgidromet' 19-iyun kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-27html5-dom-document-internal-entity1-deg-end, kunduzi 37-39html5-dom-document-internal-entity1-deg-end boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylard

18 Jun 21:55
 
20
0
xs.uz

Mikro GESlar: tabiiy, ekologik toza va tejamkor

Abdulaziz Yoʻldoshev/'Xalq soʻzi'. Yaqingacha turarjoy binolariga elektr va issiqlik quvvati faqat elektr stansiyalaridan yetkazib berilardi. Elektr energiyasining asosiy qismi gaz va koʻmir yoqish hisobiga olinardi. Bugungi kunda energiya tejovchi texnologiyalar oʻrnatilib, elektr energiyasi hamda tabiiy gazni tejashga erishilmoqda. Bu muqobil energiya turlari asosan ekologik toza manbalardan foydalangan holda energiya ishlab chiqarmoqda. Ular umumiy tarmoqqa ulanmasdan, har bir hudud va ma