calendar 15 Jan 15:02
eye 91
comments 0
comments Manba: xs.uz

Mahalla — xalq va davlat oʻrtasidagi koʻprik

image
Yigʻilishda mazkur hujjatlar ijrosi yoʻlidagi ustuvor vazifalar xususida maʼruza qilgan viloyat hokimi, viloyat Mahallani qoʻllab-quvvatlash kengashi raisi B. Zaripov taʼkidlaganidek, yuqoridagi Farmon va qaror mahalla institutining jamiyatimiz hayotidagi ahamiyatini oshirishda muhim rol oʻynaydi. Zero, endilikda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organida soliqchi va ijtimoiy xodim ham qoʻshilib, ish 'yettilik' tarzida olib boriladi. Sohada bir qator yangilik va oʻzgarishlar ham yuz beryapti. Yangi tashkil etilayotgan Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi zimmasiga mahallaning xalq bilan davlat oʻrtasida koʻprik vazifasini oʻtash masʼuliyati yuklanmoqda. Shundan kelib chiqqan holda yigʻilishda tegishli Farmon hamda qaror mazmun-mohiyati haqida atroflicha soʻz yuritildi.

' Prezidentimiz tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan yangilik va oʻzgarishlar mahallaning xalqchil tuzilmaga aylanishiga xizmat qiladi, albatta, ' deydi tadbir qatnashchisi, Qorakoʻl tumanidagi 'Polvonlar' mahalla fuqarolar yigʻini raisi Malika Rajabova. ' Mahalla bu Vatan ichra bir vatan sanaladi. Oʻgʻil-qizlarimizning har tomonlama barkamol inson boʻlib voyaga yetishida mahallaning oʻrni katta. Odamlarning quvonchu tashvishlaridan xabardor boʻlmoq esa asosiy vazifamizdir. Negaki, biz mahalladoshlarimiz tashvishlariga sherik boʻlsakkina, yuragimiz 'jiz' etsagina ular muammolarini hal qila olamiz. Tajribamdan yaxshi bilaman: Oddiy bir fuqaroning yelkasiga qoʻlingizni qoʻyib, 'Turmushingiz qanday kechyapti, qanday muammolaringiz bor?', deya soʻrashning oʻziyoq unga ruhan dalda boʻladi. Viloyatimizda 544 ta mahalla bor. Bu juda katta kuch. Agar hamjihatlikda ishlasak, xalqimiz bizdan rozi boʻladi, odamlarning mahallaga ishonchi ortadi.

Tadbirda davlatimiz rahbari raisligida 2023-yilning 22-dekabrida oʻtkazilgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yigʻilishida belgilab berilgan mahalla tizimi faollari zimmasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan ham fikr-mulohaza bildirildi.

Yigʻilish yakunida Oʻzbekiston Mahallalar uyushmasi taʼsis konferensiyasiga delegatlar saylandi.

Istam IBROHIMOV, 'Xalq soʻzi'.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jul 04:28
 
2
0
xs.uz

Prezident tashabbuskor yoshlar bilan muloqot qildi

Bugun, Yoshlar kunida Shavkat Mirziyoyev oʻz sohasida ilgʻor, tashabbuskor yoshlar bilan muloqot qildi, ularning taklif va gʻoyalarini tingladi.Prezident farmoni bilan ilm-fan, texnologiya, madaniyat, sanʼat, sport, tadbirkorlik va boshqa sohalarda tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan bir guruh oʻgʻil-qizlar'mukofotlangan edi.Bugungi tadbirda davlat rahbari ushbu mukofotlarni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirdi.Tadbir yakunida Prezident yana bir bor yoshlarga murojaat qildi:'Yoshlik

01 Jul 04:28
 
2
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda nutq so‘zladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun ' Yoshlar kuni munosabati bilan o'tkazilgan uchrashuvda nutq so'zladi. O'zbekiston yoshlarini ushbu qutlug' ayyom bilan tabriklab, ularga mehri va ishonchini bildirdi.Mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar aniq natijalar berayotgani qayd etildi. O'tgan yili yurtimiz yoshlari 'TOP-500'talik oliygohlarga kirish bo'yicha Markaziy Osiyoda 1-o'rinni egalladi. Bugungi kunda 30 nafar yigit-qiz dunyodagi 'TOP-10', 500 nafari 'TOP-100' va 1 ming 500 nafari

17 May 21:46
 
51
0
xs.uz

Oʻzbekistondagi barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan oʻzgartiriladi

Bundan buyon barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan oʻzgarishi belgilandi. Prezident buni Termiz pedagogika instituti misolida tushuntirib berdi.Qayd etilishicha, bu oliygohga Yangi Oʻzbekiston universitetidagi kabi xalqaro boshqaruv tizimi tatbiq etiladi. 'Top' xorijiy oliygohlar tajribasi asosida fakultetlar oʻrnida aniq, tabiiy, ijtimoiy, filologiya, amaliy fanlar, maktabgacha va boshlangʻich taʼlim boʻyicha 6 ta oliy maktab tashkil qilinadi.Aniq fanlar maktabida Myunxen texnika

17 May 21:46
 
41
0
xs.uz

Bundan buyon xususiy oliygohlardagi pedagogik yoʻnalishlar davlat institutlari bilan bir xil boʻladi — Prezident.

Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida Avloniy malaka oshirish institutining 13 ta hududiy markazidagi yondashuvlarni ham, dasturlarni ham tubdan oʻzgartirish zarurligi taʼkidlandi.Masalan, Jizzax malaka oshirish markazidagi 60 nafar professor-oʻqituvchining barchasi AQSH, Buyuk Britaniya, Singapur, Germaniyani yetakchi oliygohlari dasturlari asosida qayta tayyorlanadi.Shu bilan birga, maktabdagi 17 ta fanni har biri boʻyicha alohida tayanch maktablari boʻladi.Har bir