' Prezidentimiz tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan yangilik va oʻzgarishlar mahallaning xalqchil tuzilmaga aylanishiga xizmat qiladi, albatta, ' deydi tadbir qatnashchisi, Qorakoʻl tumanidagi 'Polvonlar' mahalla fuqarolar yigʻini raisi Malika Rajabova. ' Mahalla bu Vatan ichra bir vatan sanaladi. Oʻgʻil-qizlarimizning har tomonlama barkamol inson boʻlib voyaga yetishida mahallaning oʻrni katta. Odamlarning quvonchu tashvishlaridan xabardor boʻlmoq esa asosiy vazifamizdir. Negaki, biz mahalladoshlarimiz tashvishlariga sherik boʻlsakkina, yuragimiz 'jiz' etsagina ular muammolarini hal qila olamiz. Tajribamdan yaxshi bilaman: Oddiy bir fuqaroning yelkasiga qoʻlingizni qoʻyib, 'Turmushingiz qanday kechyapti, qanday muammolaringiz bor?', deya soʻrashning oʻziyoq unga ruhan dalda boʻladi. Viloyatimizda 544 ta mahalla bor. Bu juda katta kuch. Agar hamjihatlikda ishlasak, xalqimiz bizdan rozi boʻladi, odamlarning mahallaga ishonchi ortadi.
Tadbirda davlatimiz rahbari raisligida 2023-yilning 22-dekabrida oʻtkazilgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yigʻilishida belgilab berilgan mahalla tizimi faollari zimmasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan ham fikr-mulohaza bildirildi.
Yigʻilish yakunida Oʻzbekiston Mahallalar uyushmasi taʼsis konferensiyasiga delegatlar saylandi.
Istam IBROHIMOV, 'Xalq soʻzi'.
Oyoq ostidagi neʼmat
Har yili may oyida yurtimizda tut gʻarq pishadi. Qora, qizil, oq rang-barang va marvariddek tutlarki, biri-biridan totli, biri-biridan serhosil. Taʼbir joiz boʻlsa, tutni oddiy daraxt emas, xalq daraxti deyish mumkin. Negaki, soyasi ham, mevasi-yu bargi, ogʻochi-yu shohi ham insonga foyda keltiradi. U tez oʻsadi, har qanday tuproqqa moslashadi. Shu sababdan hamma joyga, koʻp hollarda dala va koʻcha chetlariga ekiladi.Maʼlumotlarga koʻra, bir tup tut daraxti yiliga oʻrtacha 30 ' 50 kg m
Elektron tijorat sohasida kuryerlik faoliyatining aniq tartibi belgilandi
Nizomda elektron tijorat sohasida kuryerlik xizmatini amalga oshirishning huquqiy va amaliy tartiblari belgilab berilgan. Jumladan, kuryer ' tadbirkorlik subyektlari yoki yetkazib berish xizmatlari operatorlari bilan mehnat shartnomasi va yoki fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida tovarlarni yetkazib beruvchi jismoniy shaxs sifatida eʼtirof etiladi. Shuningdek, kuryer sifatida oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar ham faoliyat yuritishi mumkin.Nizomga koʻra, shartnomada belgilangan hollarda, yet
Energiya va suv resurslaridan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
Taʼkidlanishicha, soʻnggi yillarda mamlakatimizda energetika sohasini modernizatsiya qilish, energiya resurslaridan samarali foydalanishni taʼminlash, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hamda hisob-kitob tizimini shaffoflashtirish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.Shu bilan birga, sohada yuzaga kelayotgan huquqbuzarliklarga qarshi samarali kurashish, javobgarlikni kuchaytirish va nazorat mexanizmlarini takomillashtirish dolzarb vazifalardan biriga aylangan.Huquqni
Qamoqqa olingan shaxslarga nisbatan qiynoqqa solish hollarining oldi olinadi
Qonun (OʻRQ'1072-son, 26.06.2025-y.) bilan 'Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida'gi Qonunga qoʻshimcha kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' kanalida'xabar berildi.Kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga joylashtirilishidan oldin ular hibsxonaning oʻzida majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.Majburiy tibbiy koʻrik qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga olib kelingan paytdan eʼtiboran 2 soat ichida oʻtkaziladi