calendar 15 Jan 12:55
eye 80
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Tayvan masalasi Xitoyning ichki ishi – Pekin

image

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Tayvan masalasi oroldagi o‘zgarishlardan qat’i nazar, XXRning ichki ishi bo‘lib qolishini bildirdi. Bu haqda Xitoy TIV vakilining oroldagi saylovlar yakunlari bo‘yicha vazirlik saytida e’lon qilingan bayonotida ma’lum qilindi. 

“Tayvan masalasi Xitoyning ichki ishi. Tayvanda qanday o‘zgarishlar yuz bermasin, dunyoda faqat bitta Xitoy borligi va orol Xitoyning bir qismilgi o‘zgarmaydi”, deyiladi bayonotda

Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashi qoshidagi Tayvan ishlari bo‘yicha boshqarmasi vakili Chen Binxua ham hududdagi saylov natijalarini xuddi shu ruhda izohlagan.

“Xitoy hukumatining “Yagona Xitoy” tamoyilini qo‘llab-quvvatlash va “Tayvan mustaqilligi”, “Ikki Xitoy” va “Bir Xitoy, bir Tayvan” shiorlari ostidagi separatizmga qarshi turish bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarmaydi”, deyiladi TIV bayonotida. 

Shuningdek, unda “yagona Xitoy” tamoyiliga amal qilish bo‘yicha “xalqaro hamjamiyatning hukmron konsensusi” o‘zgarishsiz qolishi ta’kidlangan.

“Yagona Xitoy” tamoyili Tayvan bo‘g‘ozida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashning mustahkam poydevoridir”, deydi vazirlik. 

Shuningdek, hujjatda xalqaro hamjamiyat “yagona Xitoy” tamoyiliga amal qilishda davom etishi va o‘z xalqining ushbu “separatistik faoliyat”ga qarshi turishi va milliy birlashishga intilishdagi adolatli ishini tushunishi va qo‘llab-quvvatlashiga ishonch bildirilgan.

Ma’lumot uchun, Pekin Tayvanni Xitoy Xalq Respublikasi provinsiyalaridan biri deb bilsa-da, orol 1949 yildan beri o‘z ma’muriyati tomonidan boshqariladi. O‘shanda Chang Kayshi (1887-1975) boshchiligidagi gomindan qo‘shinlarining qoldiqlari Xitoy fuqarolar urushida mag‘lubiyatga uchraganidan keyin u yerga qochib ketgan va oroldagi hokimiyatni egallagan. 

Eslatib o‘tamiz, 13 yanvar kuni Tayvanda ma’muriyat rahbari va orolning qonun chiqaruvchi yuan (parlament) deputatlari saylandi. Ma’muriyat rahbarining amaldagi o‘rinbosari, Tayvan Demokratik progressiv partiyasi vakili Lay Sinde orolning yangi yetakchisi lavozimi uchun kurashda g‘alaba qozondi – u 40,05 foiz ovoz oldi. Asosiy muxolifatdagi Gomindan partiyasi vakili Xou Yui 33,49 foiz, markazchi Tayvan Xalq partiyasi raisi Ke Venchje 26,46 foiz ovoz oldi. Muxolifat saylovlarda mag‘lubiyatga uchraganini tan oldi.

AQSH Prezidenti Jo Bayden esa Vashington Tayvan mustaqilligini qo‘llab-quvvatlamasligini aytdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
113
0
xs.uz

Isroil keng koʻlamli hujumga tayyorgarlik koʻrmoqda

AQSHning Isroildagi elchisi Stiv Uitkoff CNN telekanaliga bergan intervyusida Gʻazoga nisbatan oʻt ochishni toʻxtatish va garovdagilarni ozod qilish boʻyicha kelishuv muhokama qilinishayotganini maʼlum qildi. Uning taʼkidlashicha, mazkur kelishuv urushni tugatishga olib kelishi mumkin. Uitkoff HAMASdan taklifni qabul qilishni soʻragan.Taklifga koʻra, garovdagilarning yarmi (tiriklar va halok boʻlganlar) ozod qilinadi, evaziga vaqtinchalik oʻt ochish toʻxtatilib, keyin keng qamrovli su

31 May 08:50
 
128
0
xs.uz

Tramp Kanadaning oldiga ikki shart qoʻydi: “Oltin Gumbaz” yoki AQSH tarkibi

AQSH prezidenti Donald Tramp Kanada 'Oltin Gumbaz' raketalarga qarshi mudofaa tizimida ishtirok etmoqchi boʻlsa, 61 milliard dollar toʻlashi kerakligini bildirdi. Uning taʼkidlashicha, agar Kanada AQSH tarkibiga qoʻshilishni tanlasa, mazkur tizimga bepul kirish imkoniga ega boʻladi.Tramp bu haqda 'Truth Social' tarmogʻidagi postida maʼlum qilib, Kanada 'Oltin Gumbaz' tizimiga qoʻshilishni qatʼiy istashini va hozirda taklifni koʻrib chiqayotganini aytdi. Uning ushbu bayonoti Kanada parl

17 May 21:47
 
72
0
xs.uz

Qozogʻistonda davlat xizmatchilariga “ChatGPT”dan foydalanishga taqiq qoʻyildi

Qozogʻiston hukumati davlat xizmatchilariga xizmat faoliyati davomida 'ChatGPT'dan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda Raqamli rivojlanish vazirining oʻrinbosari Qanish Tuleushin maʼlum qildi.Unga koʻra, taqiq maʼlumotlar sizib chiqishining oldini olish maqsadida joriy etilgan. Shuningdek, xizmatchilarga muqobil sifatida Nazarboyev universiteti negizida ishlab chiqilgan mahalliy sunʼiy intellekt tizimi taklif etilgan.Bundan tashqari, u hozirda bajarilgan ishlar qay bir sunʼiy intellekt tizi

04 Jun 02:45
 
123
0
xs.uz

Xalqaro qidiruvdagi oʻzbekistonlik AQShdan ekstraditsiya qilindi

Juda koʻp miqdordagi firibgarlik uchun qidiruvga berilgan Oʻzbekiston fuqarosi Amerika Qoʻshma Shtatlarida qoʻlga olinib, ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Interpolning Oʻzbekistondagi Milliy markaziy byurosi'xabar berdi.Qayd etilishicha, Jinoyat kodeksining 168-moddasi, 4-qismida (juda koʻp miqdorda firibgarlik) nazarda tutilgan jinoyat sodir etganlikda ayblan shaxs Oʻzbekiston Interpol MMBning axborot koʻmagi hamda AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi bilan yaqin hamkorligi tufayli qoʻ