JSST nomaʼlum epidemiyaga oldindan jiddiy hozirlik koʻrmoqda
Shu bois JSST ekspertlari 'X' xastaligiga jiddiy tayyorgarlik koʻrish tarafdori. Chunki nomaʼlum epidemiyaning istalgan paytda paydo boʻlish xavfi mavjud.
17-yanvar kuni Shveysariyaning Davos shahrida oʻtkaziladigan Jahon iqtisodiy forumida ana shu masala ham muhokamalar markazida boʻladi. Unda JSST bosh direktori Tedros Gebreyesus, AstraZeneca' farmatsevtika kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Mishel Demare, tibbiy texnologiyalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 'Philips' kompaniyasi bosh direktori Roy Yakobs va boshqalar ishtirok etishi kutilyapti.
Tadbir saytida qayd etilishicha, 'X' kasalligi koronavirusdan 20 barobar xavfliroq asoratlarni keltirib chiqishi mumkin. Shu sababli JSST barcha potensial xavfli patogenlar uchun virusga qarshi preparatlarni oldindan yaratish zarur, degan xulosada.
Klinik sinovlarga imkon qadar tezroq kirishilsa, epidemiya paytida tajribalarning ikkinchi bosqichi uchun ixtiyorimizda dorilar mavjud boʻladi. Shu sababli 2022-yil noyabr oyida JSST nomaʼlum patogenni oʻrganish uchun 300 ga yaqin ekspertlar guruhini tadqiqotlarga jalb qilgan.
Norvegiyadagi muzliklarning erishi 3000 yillik poykanlarning topilishiga sabab boʻldi
Iqlim oʻzgarishi sababli muzlarning erishi koʻplab arxeologik topilmalarning topilishiga sabab boʻlmoqda. Norvegiyadagi olimlar oʻrganishlar mobaynida yaxshi saqlanib qolgan 3000 yillik kamon oʻqini topdi. Bu haqda 'New York Times' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, 'Espen Finstad' tashkiloti tomonidan Yutunxeymen togʻlarida topilgan poykon hali ham kvartsit uchi va patlari bilan bogʻlangan. Ushbu kashfiyot butun dunyo boʻylab muzliklarning erishi natijasida topilgan minglab artefa
Ilon Maskga tegishli kompaniya Qozogʻistondagi 1800 ta maktabni internet bilan taʼminladi
Qozogʻiston hukumati SpaseX kompaniyasining 'Starlink' terminallari yordamida deyarli 1,8 ming maktabni internetga uladi. Bu haqda Report.az xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, hozirda orbitada 4500 dan ortiq 'Starlink' sunʼiy yoʻldoshlari mavjud. Ushbu yoʻldoshlar orqali Qozogʻistondagi 1800 ta maktab endi internet bilan toʻla taʼminlanadi.'Raqamli infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha faol ishlar olib borilmoqda, bugungi kunda 1757 ta maktabda 'Starlink' sunʼiy yoʻldoshli internet tar
Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasidagi uzoq yildan beri yopiq turgan nazorat-oʻtkazish punkti ochiladi
Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasidagi 'Qorasuv' nazorat-oʻtkazish punkti yaqin kunlarda ochilishga tayyorlanmoqda. Bu haqda 'Turmush.kz''xabar berdi.Qayd etilishicha, rekonstruksiya ishlari doirasida 'Qorasuv' nazorat-oʻtkazish punktigacha boʻlgan yoʻllar kengaytirilgan. Bugungi kunda nazorat punkti ochilishga tayyor. Qirgʻiziston va Oʻzbekiston fuqarolari ushbu punkt orqali davlat chegarasini kesib oʻtadi.Prezident Sadir Japarovning Oʻsh viloyatidagi vakolatli vakili Elchibek Jantaye
Rossiyaning harbiy samolyotlari NATO osmonida “qoʻlga tushdi”. Tashkilot oʻz nizomining 5-moddasini qoʻllashi mumkin
NATO qiruvchi samolyotlari Boltiq dengizi uzra uchayotgan Rossiyaning beshta harbiy samolyotini aniqlab qurshab olgan. Latviya harbiy-havo kuchlariga koʻra, rus samolyotlarida parvoz rejalari yoki faol transponderlari boʻlmagani uchun vaziyatni chigallashtirilgan. Bu haqda 'Newsweek' xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Rossiyaga tegishli samolyotlari ikki alohida holatda Boltiqboʻyi davlatlari yaqinidagi xalqaro havo hududida uchib yurganida radarlarga tushib qolgan. Moskva oʻchoqlari mintaqad