calendar 14 Jan 09:20
eye 75
comments 0
comments Manba: postda.uz

YURTINI QO‘RIQLAR YIGITNING MARDI

image

O‘ziga xos tajriba va mahoratga ega bo‘lgan katta leytenant Hami­dullo Sultonov keyinchalik IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlarda qo‘riqlash vzvodi komandiri, shtab katta ofitseri lavozimlarida samarali xizmat qildi. 

Ayni kunda u IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlariga qarashli 7260-harbiy qismda shtab boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida xizmatni davom ettirmoqda. 

Lavhamiz qahramoni harbiy qism­ning tajribali murabbiylaridan biri sifatida kichik serjantlar Zuxriddin Zaripov, Azamat Matniyozov, Baxtiyor Nazariyev, III darajali serjant Qayrullo Artiqov singari ko‘plab harbiy xizmatchilarga ustozlik qilmoqda.

Har bir oila sog‘lom muhit, mehr va e’tibor tufayli baxtli koshonaga aylanadi. Bunda oilada farzandlar komil inson bo‘lib voyaga yetadi. Hamidullo ham turmush o‘rtog‘i Layloxon bilan tinch-totuv hayot kechirib, farzandlari Malika, Temurbek hamda Solihani chinakam yetuk insonlar etib tarbiya­lashga astoydil harakat qilishyapti.

Mayor Hamidullo Sultonov harbiy xizmatchilar o‘rtasida o‘tkazilgan intensiv sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, «Dovyurak jangchi» nishoni bilan taqdirlangan.

Xudoybergan JABBOROV,

o‘z muxbirimiz.

Xorazm viloyati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:36
 
19
0
postda.uz

IZLAR «TILGA KIRGANDA»

Tungi soat taxminan 22:30 lar edi. Ziyofatdan chiqqan R.B. piyodalar yo‘lakchasidan uyi tomon borarkan, xonadonlardan biri­ning oldida turgan «Damas» rusumli avtomobilni ko‘rib xayoli buzildi. Uning salo­nidagi qimmatbaho jihozlar yigitchaning nafsini qitiqladi. Asta-sekin mashina oldiga yaqinlashgan R.B. yerda yotgan toshni olib, «Damas»ning oynasini sindirdi. So‘ngra ko‘zini quvontirgan barcha buyumlarni olib, juftakni rostladi.Ertasi kuni bozorga tushgan huquqbuzar ehtiyot

09 Oct 16:17
 
15
0
xs.uz

Birvarakayiga dollar yevro va rubl kursi pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'9,03'soʻmga tushdi va'12 778,00'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'36,76'soʻmga tushib,'14'012,35'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'1,47'soʻmga pastlab,'131,58'soʻmni tashkil qildi.

09 Oct 12:40
 
13
0
xs.uz

Yozyovon moshi Xitoyga eksport qilinmoqda

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Markaziy Fargʻona hududida joylashgan Yozyovon tumanida keyingi yillarda eksportbop, jahon bozorida xaridorgir mahsulotlar yetishtirish boʻyicha oʻziga xos tajriba maktabi yaratilmoqda.Bu borada asosiy maqsad aholining doimiy daromad manbaini oshirish hamda kambagʻallikni qisqartirishga qaratilayotgani eʼtiborga loyiq.Erta bahorda tuman hokimligi tashabbusi bilan qishloq xoʻjaligi ekini ' moshni Xitoyga eksport qilish bilan shugʻullanuvchi 'Besoft Export' MC

08 Sep 16:45
 
26
0
xs.uz

Oʻzbekiston 7 oyda 7,5 million AQSH dollariga teng muzqaymoq import qilgan

Oʻzbekiston muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilish boʻyicha yuqori natija qayd etdi. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi.Dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 7,5 million AQSH dollariga teng boʻlgan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilgan.2024-yilning 7 oyida Oʻzbekistonga import qilingan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarining eng katta ulushiga ega boʻlgan davlat Rossiya