Tungi soat taxminan 22:30 lar edi. Ziyofatdan chiqqan R.B. piyodalar yo‘lakchasidan uyi tomon borarkan, xonadonlardan birining oldida turgan «Damas» rusumli avtomobilni ko‘rib xayoli buzildi. Uning salonidagi qimmatbaho jihozlar yigitchaning nafsini qitiqladi. Asta-sekin mashina oldiga yaqinlashgan R.B. yerda yotgan toshni olib, «Damas»ning oynasini sindirdi. So‘ngra ko‘zini quvontirgan barcha buyumlarni olib, juftakni rostladi.
Ertasi kuni bozorga tushgan huquqbuzar ehtiyot qismlar bilan savdo qiluvchi tadbirkorga o‘marilgan «mollar»ni o‘zimniki deya, aldab sotib, pullarni ehtiyoji yo‘lida ishlatib yubordi.
Olmaliq shahar IIB Navbatchilik qismiga «sim qoqqan» haydovchining xabariga ko‘ra, tergov-tezkor guruhi bilan birga hodisa joyiga chiqqan EKG katta eksperti, podpolkovnik Lutfulla Tolibov mashina oynasi va uning saloni ichidagi qo‘l-barmoq izlarini oldi. Viloyat IIBB Ekspert-kriminalistika markaziga jo‘natilgan izlar shaxsni identifikatsiya qilish tizimida tekshirib ko‘rilganida, R.B.ga tegishli ekanligi aniqlandi. Surishtiruvlar davomida mashinadan olingan buyumlar egasiga topshirilib, jinoyatchi qonun hukmiga havola etildi.
Tinchlik-osoyishtalikni ta’minlashga munosib hissa qo‘shib kelayotgan tajribali xodim yil boshidan hozirgacha 10 dan ortiq jinoyatning «issiq izida» fosh etilishida shaxsiy namuna ko‘rsatdi.
– Huquqbuzarlik haqida qanchalik tez xabar berilsa, gumondorni topish ham shunchalik oson bo‘ladi, – deydi biz bilan suhbatda u. – Boisi, jinoyatga aloqador bo‘lgan daliliy ashyolardagi izlar ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan holda darhol «tilga kiradi».
Birvarakayiga dollar, yevro va rubl kursi koʻtarildi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'22,07'soʻmga oshdi va'12 809,05'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'12,21'soʻmga oshib,'13'765,89'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,29'soʻmga koʻtarilib,'130,56'soʻmni tashkil qildi.
Mamlakatimiz GES qurilishida ilk bor zichlangan beton mahsulotidan foydalanilmoqda
Ta'kidlash joizki, mazkur istiqbolli loyihada O'zbekistonda ilk bor jahon standartlari asosida to'g'on va GES binosi yaxlit inshoot sifatida qurilib, 4 ta har biri 22,5 MVt quvvatga ega zamonaviy, yuqori samarador gidroagregatlar o'rnatiladi hamda avtomatik boshqaruv tizimi joriy qilinadi.E'tiborli jihati, qurilish ishlari doirasida respublikamiz va Markaziy Osiyoda ilk bor yangi zamonaviy texnologiyalar asosida birinchi marta to'g'on konstruksiyasi bosib zichlangan (ukatanniy) betonli tipda qur

Yozyovon moshi Xitoyga eksport qilinmoqda
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Markaziy Fargʻona hududida joylashgan Yozyovon tumanida keyingi yillarda eksportbop, jahon bozorida xaridorgir mahsulotlar yetishtirish boʻyicha oʻziga xos tajriba maktabi yaratilmoqda.Bu borada asosiy maqsad aholining doimiy daromad manbaini oshirish hamda kambagʻallikni qisqartirishga qaratilayotgani eʼtiborga loyiq.Erta bahorda tuman hokimligi tashabbusi bilan qishloq xoʻjaligi ekini ' moshni Xitoyga eksport qilish bilan shugʻullanuvchi 'Besoft Export' MC