calendar 14 Jan 00:16
eye 71
comments 0
comments Manba: xs.uz

Pekin Tayvan birlashish uchun harakat qilishini maʼlum qildi

image
Pekin Tayvan bilan munosabatlarni tinch yoʻl bilan rivojlantirish va qayta birlashish niyatida.

Xitoy Tayvan bilan munosabatlarni tinch yoʻl bilan rivojlantirishga va vatanni birlashtirishga niyatida. Bu fikrlarni Xitoy Davlat kengashining Tayvan ishlari boʻyicha boshqarmasi rasmiy vakili Chen Binxua aytib oʻtdi.

'Biz Tayvan boʻgʻozining ikki tomoni oʻrtasidagi munosabatlarni tinch yoʻl bilan rivojlantirishga koʻmaklashamiz va ona vatanni birlashtirish yoʻlidagi buyuk ishni ilgari suramiz', ' dedi Chen Binxua oroldagi saylov natijalarini sharhlar ekan.

Tayvanda shanba kuni maʼmuriyat rahbari va parlamenti ' Yuan uchun saylovlar boʻlib oʻtdi. Markaziy saylov komissiyasi maʼlumotlariga koʻra, saylovchilarning 69,8 foizi ishtirok etgan. 19,5 million kishi ovoz berish huquqiga ega edi, orol boʻylab jami 17 795 ta saylov uchastkasi tashkil etildi.

Orol maʼmuriyatining navbatdagi rahbari 40,05 foiz ovoz bilan Tayvan mustaqilligi tarafdori Demokratik taraqqiyot partiyasi raisi Lay Sinde boʻldi. Ikkinchi oʻrinni muxolifatdagi Gomindan partiyasidan nomzod Xou Yui (33,4 foiz) egalladi. Tayvan Xalq partiyasi raisi, Pekin va Qoʻshma Shtatlar bilan aloqalarga tayyor boʻlgan Ko Venchje 26,45 foiz bilan uchinchi boʻldi.

Saylov gʻolibining inauguratsiyasi 2024-yilning 20-may sanasiga belgilangan.

Shu bilan birga, shanba kuni boʻlib oʻtgan saylov natijalariga koʻra Demokratik taraqqiyot partiyasi Yuanda 11 oʻrinni boy berdi. U parlamentda 51, muxolifat, Gomindan partiyasi 52, Tayvan Xalq partiyasi esa 8 oʻringa ega boʻldi.

Bundan tashqari, 2004-yildan beri birinchi marta hech bir partiya parlamentda ustunlikka erisha olmadi, buning uchun kamida 57 oʻrin ega boʻlish zarur edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
23
0
xs.uz

Gʻazodagi inqirozning bir yilligi va Isroil — Livanning oʻzaro toʻqnashuvi

Dushanba kuni ertalab 'Hizbulloh' raketalari Isroilning uchinchi yirik shahri Hayfaga zarba berdi. Bu Gʻazo urushining bir yilligi kuni va Isroil Livan janubiga quruqlikdan bostirib kirishini kengaytirishga tayyorlanayotgan pallaga toʻgʻri keldi.Bundan oldin Gʻazoda Isroilga qarshi kurashayotgan HAMASning ittifoqchisi, Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan 'Hizbulloh' 'Fadi 1' raketalari bilan Hayfa janubidagi harbiy bazani nishonga olganini va 65 km uzoqlikdagi Tiberiyaga yana hujum uyushtir

09 Oct 12:40
 
21
0
xs.uz

Shimoliy Koreya Ukrainada Rossiyaga yordam berayotgan boʻlishi mumkin — Seul

Ukraina kuchlarining yaqinda uyushtirgan hujumida Shimoliy Koreya askarlari halok boʻlgan boʻlishi mumkin. Shimoliy Koreya askarlari Ukrainada Rossiya qoʻshinlari bilan birga jang qilyapti degan taxmin bor. Bu fikrlarni Janubiy Koreya mudofaa vaziri Kim Yong Xyon aytib oʻtdi.Vazir mahalliy siyosatchilarga 3-oktyabr kuni Donesk yaqinidagi Ukraina zarbasidan 6 nafar Shimoliy Koreya zobiti halok boʻlganligi ehtimoli yuqori ekanini maʼlum qildi. Bu haqda oʻtgan hafta Ukraina matbuoti xabar qi

25 Sep 13:14
 
22
0
xs.uz

Livan janubidagi minglab odamlar Isroilning kuchli bombardimonidan qochmoqda

Isroil armiyasi 800 ga yaqin nishonga zarba berganini eʼlon qilib, 'Hizbulloh' qurollari obyektlarini taʼqib qilayotganini maʼlum qildi.Dushanba kuni Isroil Livanning janubiy va sharqiy qismiga yuzlab havo hujumlarini uyushtirish oqibatida 500 ga yaqin kishi halok boʻldi. Isroil harbiylari aholini 'Hizbulloh' qurol saqlayotganini daʼvo qilgan joylarni zudlik bilan evakuatsiya qilishga chaqirdi.Minglab odamlar Livan janubidan qochib, Bayrutga olib boradigan asosiy magistralni toʻsib qoʻyis

10 Oct 16:16
 
17
0
xs.uz

Rossiya — Ukraina urushining 958-kuni. Frontda vaziyat qanday?

Rossiya Ukraina janubidagi Odessa viloyatidagi port infratuzilmasiga zarba berishi oqibatida kamida 6 kishi halok boʻldi. Bosh vazir oʻrinbosari Oleksiy Kuleba Panama bayrogʻi ostidagi konteyner kemasi soʻnggi toʻrt kun ichida mintaqadagi uchinchi hujumi tufayli zarar koʻrganini maʼlum qildi.Ukraina harbiylari Rossiyaning janubiy Krasnodar oʻlkasida 'Shahed' dronlari saqlanadigan bazaga zarba berganini aytmoqda. Bosh shtab bayonotiga koʻra, hujum dengiz kuchlari va SBU razvedka xizmati