Bugun, 13 yanvar Toshkentdagi “Humo Arena” muz saroyi va unga tutash hududdagi ko‘chalarda avtotransport harakati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Men g‘olib” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan ko‘chalarda avtotransport harakati 1 kunga cheklanadi.
Jumladan, 2024 yil 13 yanvar kuni soat 13:00 dan 14 yanvar kuni soat 11:00 gacha:
- Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishmasidan Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismi;
2024 yil 14 yanvar kuni soat 06:30 dan 11:00 gacha:
- Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishmasidan boshlab Oybek, Nukus va Abdulla Qodiriy ko‘chalari yopiladi.