calendar 13 Jan 15:50
eye 111
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

"Qonli yanvar" bo‘yicha necha kishi sudlangani ochiqlandi

image

Qozog‘istonda 2022 yil yanvarida 238 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan ommaviy tartibsizliklar bilan bog‘liq jinoiy ishlar bo‘yicha shu kungacha 1396 kishi sudlangan. Bu haqda mamlakat Bosh prokuraturasi xabar berdi. 

“Bugungi kunda 1396 kishi, jumladan, ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etganlik va uyushtirganlik uchun 574 kishi (12 kishi ommaviy tartibsizliklar uyushtirganlik uchun) sudlangan”, deyiladi bayonotda.  

Qayd etilishicha, yanvar voqealari bo‘yicha tergov davom etmoqda.

Aytilishicha, yanvar voqealari davomida 2960 ta qurol o‘g‘irlangan, ulardan 1 mingdan ortig‘i topilgan, qolgan qurollarni qidirish davom etmoqda. 

2023 yil aprelida Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining (MXQ) sobiq raisi Karim Masimov davlatga xiyonatda ayblanib, 18 yilga qamalgan edi. U davlatga xiyonat qilish, hokimiyatni zo‘ravonlik bilan tortib olish va hokimiyatni suiiste’mol qilishda aybdor deb topildi. MXQ raisining sobiq o‘rinbosari – “A” maxsus maqsadli xizmat boshlig‘i Anuar Sodiqulov Masimov bilan bir xil ayblovlar bo‘yicha aybdor deb topildi. U 16 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining sobiq o‘rinbosari Daulet Ergojin hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olish va mansab vakolatini suiiste’mol qilishda aybdor deb topilib, 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarining sobiq o‘rinbosari Marat Osipov mansab vakolatini suiiste’mol qilishda aybdor deb topilib, sud uni davlat xizmatida lavozim egallash huquqidan va uch yilga ozodlikdan mahrum qildi. 

2022 yil yanvar oyi boshida Qozog‘istonda ommaviy tartibsizliklar bo‘lib, uning ishtirokchilari politsiya va harbiy xizmatchilarga hujum qilgan edi. Namoyishlarning boshlanishiga respublika elektron savdo maydonchalari va birjalar orqali yoqilg‘i narxini to‘liq bozor tamoyillari asosida shakllantirishga o‘tgandan so‘ng, suyultirilgan gaz narxining keskin oshishi sabab bo‘ldi. Respublika Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bu davlat to‘ntarishiga urinish ekanini aytdi va yordam so‘rab Kollektiv xavfsilik shartnomasi tashkilotiga murojaat qildi. 7 yanvarga kelib vaziyat barqarorlashdi, 19 yanvardan butun mamlakat bo‘ylab favqulodda holat bekor qilindi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tartibsizliklar paytida 238 kishi halok bo‘lgan, 4,5 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
39
0
postda.uz

GʻAROYIB DARAXT

Italiyaning shimolida, Piyemont mintaqasida eng gʻayrioddiy daraxt oʻsadi. Bu daraxtning nomi Bialbero de Casorzo, bu “ikki karra Casorzo daraxti”degan maʼnoni anglatadi. Haqiqatan ham bir vaqtning oʻzida ikki xil oʻsimlik turidan iborat gʻaroyib daraxt.          Bu moʻjiza haqiqatan ham juda gʻayrioddiy koʻrinadi. Yuqorida gilos daraxti oʻsadi. U bahorda gullaydi va yozda meva beradi. Faqatgina farq shundaki, uning ildizlari toʻg

16 Apr 09:12
 
9
0
xs.uz

AQSHda Putinning yozda Ukrainada gʻalaba qozonish rejalari oshkor qilindi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada 2025-yil yozida muzokaralarga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan jabhada gʻalaba qozonishini kutmoqda. Bu haqda CNN xabar bermoqda.Nashr mualliflarining yozishicha, Kreml AQSH prezidenti Donald Trampning amaldagi maʼmuriyatining qatʼiyatsizligini yaxshi biladi.Shu bilan birga, Putin 'Tramp oxir-oqibatda tishsiz va uni vaziyatni yumshatishdan bosh tortgani uchun samarali jazolamasligini tushunadi', deyiladi maqolada.Nashrning yozishicha, Putin Tram

28 Feb 01:19
 
64
0
xs.uz

Tinchlik bitimining yakuni arafasida Isroil 625 nafar falastinlikni ozod qildi

HAMAS 4 nafar garovga olinganlarning jasadlarini Isroilga qaytargandan soʻng, Isroil bunga javoban 625 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi, deb xabar bermoqda 'Reuters' nashri.Oʻt ochishni toʻxtatish rejimining birinchi bosqichi 1-mart kuni oʻz yakuniga yetadi. Bitim yakuni arafasida HAMAS toʻrt nafar garovga olinganlarning jasadlarini Isroilga qaytarib bergan edi. Isroil bunga javoban 26-fevral kuni 625 nafar falastinlik mahbusni ozod qilgan.Maʼlum qilinishicha, HAMAS garovdagilarni ozo

19 Feb 00:21
 
55
0
xs.uz

Isroil Gʻarbiy Sohilda turarjoy qurishga tender eʼlon qildi

Isroil Gʻarbiy Sohildagi strategik ahamiyatga ega boʻlgan Efrat hududida mingga yaqin turarjoy qurilishi uchun tender eʼlon qildi. Bu yangi Isroil mahallasi barpo etish rejasining bir qismi hisoblanadi.Shu kunlarda AQSH senatori Marko Rubio Yaqin Sharqqa tashrif buyurgan. U Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan uchrashuvdan soʻng, 'HAMAS harbiy yoki hukumat kuchi sifatida mavjud boʻla olmaydi', ' deya bayonot berdi.Shuningdek, Isroil xavfsizlik kengashi Gʻazo sektoridagi sulhning yan