calendar 13 Jan 15:30
eye 85
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Tayvan rahbari saylov kuni internetga joylagan surati uchun jazolanishi mumkin

image

Tayvan ma’muriyatining amaldagi rahbari Say Inven o‘zining Line ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy akkauntida joylashtirgan posti ortidan noqonuniy saylovoldi tashviqotida ayblandi. Bu haqda Tayvanning TVBS telekanali xabar berdi.

Aytilishicha, ertalab u Sinbey shahridagi boshlang‘ich maktabda ovoz bergan va saylov qutisi yoniga byulleten bilan tushgan suratini joylagan. 

"Men hozirgina ovoz berdim, umid qilamanki, hamma chiqib, tezda ovoz beradi", deb yozadi u. 

Biroq postda Say Invenning o‘rinbosari va Demokratik progressiv partiya a’zosi Lay Sindening saylovoldi shiori bilan surati ham bor edi. Internet foydalanuvchilari buni saylov kuni saylovoldi tashviqotini to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov qonunchiligining buzilishi deb hisobladi. 

Telekanal xabariga ko‘ra, ba’zi izohlarda “Saylov komissiyasi sizni jarimaga tortadimi yoki yo‘qmi?”, “Unga mumkin, senga esa yo‘q” va “Ko‘ramiz, saylov komissiyasi jazolashga jur’at etadimi” deb yozilgan. Obunachilarning shiddatli reaksiyasidan so‘ng, fotosurat o‘chirilgan.

Kecha, 12 yanvar kuni Tayvan Markaziy saylov komissiyasi saylov kuni ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan, Line va Facebook'dagi tashviqot postlari katta miqdorda jarimaga tortilishi mumkinligini e’lon qildi. Jismoniy shaxslar uchun uning hajmi 1 million yangi Tayvan dollari (taxminan 32 ming dollar), siyosiy partiyalar va saylov kampaniyasi tashkilotchilari uchun esa 2 million yangi Tayvan dollariga (64 ming dollargacha) yetishi mumkin.

Qayd etish joizki, saylovlarga 10 kun qolganida Tayvanda sukunat rejimi joriy etilgan – bu vaqtda ijtimoiy so‘rovnomalarni chop etish taqiqlanadi. Ovoz berish kuni exit-poll o‘tkazishga ham yo‘l qo‘yilmaydi.

Tayvanda saylovlar

Bugun, 13 yanvar kuni Tayvanda orol ma’muriyati rahbari va Qonun chiqaruvchi Yuanga (yuqori qonun chiqaruvchi organ) deputatlarni saylash uchun ovoz berish bo‘lib o‘tmoqda. 

Rahbarlik lavozimi uchun uch nomzod kurashmoqda: hukmron Demokratik progressiv partiyadan 64 yoshli Lay Sinde, muxolifatdagi Gomindan partiyasidan 66 yoshli Xou Yui va markazchi Tayvan xalq partiyasidan 64 yoshli Ke Venchje. So‘nggi so‘rovlarga ko‘ra, Lay Sinde saylov poygasida favorit deb topilgan.

Ma’lumot uchun, Tayvan 1949 yildan beri o‘z ma’muriyati tomonidan boshqariladi, o‘shanda Chan Kayshi (1887-1975) boshchiligidagi gomindan qo‘shinlarining qoldiqlari Xitoy fuqarolar urushida mag‘lubiyatga uchraganidan keyin u yerga qochib ketgan. Pekin esa Tayvanni Xitoy Xalq Respublikasi provinsiyalaridan biri deb hisoblaydi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
23
0
xs.uz

Gʻazodagi inqirozning bir yilligi va Isroil — Livanning oʻzaro toʻqnashuvi

Dushanba kuni ertalab 'Hizbulloh' raketalari Isroilning uchinchi yirik shahri Hayfaga zarba berdi. Bu Gʻazo urushining bir yilligi kuni va Isroil Livan janubiga quruqlikdan bostirib kirishini kengaytirishga tayyorlanayotgan pallaga toʻgʻri keldi.Bundan oldin Gʻazoda Isroilga qarshi kurashayotgan HAMASning ittifoqchisi, Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan 'Hizbulloh' 'Fadi 1' raketalari bilan Hayfa janubidagi harbiy bazani nishonga olganini va 65 km uzoqlikdagi Tiberiyaga yana hujum uyushtir

09 Oct 12:40
 
21
0
xs.uz

Shimoliy Koreya Ukrainada Rossiyaga yordam berayotgan boʻlishi mumkin — Seul

Ukraina kuchlarining yaqinda uyushtirgan hujumida Shimoliy Koreya askarlari halok boʻlgan boʻlishi mumkin. Shimoliy Koreya askarlari Ukrainada Rossiya qoʻshinlari bilan birga jang qilyapti degan taxmin bor. Bu fikrlarni Janubiy Koreya mudofaa vaziri Kim Yong Xyon aytib oʻtdi.Vazir mahalliy siyosatchilarga 3-oktyabr kuni Donesk yaqinidagi Ukraina zarbasidan 6 nafar Shimoliy Koreya zobiti halok boʻlganligi ehtimoli yuqori ekanini maʼlum qildi. Bu haqda oʻtgan hafta Ukraina matbuoti xabar qi

25 Sep 13:14
 
22
0
xs.uz

Livan janubidagi minglab odamlar Isroilning kuchli bombardimonidan qochmoqda

Isroil armiyasi 800 ga yaqin nishonga zarba berganini eʼlon qilib, 'Hizbulloh' qurollari obyektlarini taʼqib qilayotganini maʼlum qildi.Dushanba kuni Isroil Livanning janubiy va sharqiy qismiga yuzlab havo hujumlarini uyushtirish oqibatida 500 ga yaqin kishi halok boʻldi. Isroil harbiylari aholini 'Hizbulloh' qurol saqlayotganini daʼvo qilgan joylarni zudlik bilan evakuatsiya qilishga chaqirdi.Minglab odamlar Livan janubidan qochib, Bayrutga olib boradigan asosiy magistralni toʻsib qoʻyis

10 Oct 16:16
 
17
0
xs.uz

Rossiya — Ukraina urushining 958-kuni. Frontda vaziyat qanday?

Rossiya Ukraina janubidagi Odessa viloyatidagi port infratuzilmasiga zarba berishi oqibatida kamida 6 kishi halok boʻldi. Bosh vazir oʻrinbosari Oleksiy Kuleba Panama bayrogʻi ostidagi konteyner kemasi soʻnggi toʻrt kun ichida mintaqadagi uchinchi hujumi tufayli zarar koʻrganini maʼlum qildi.Ukraina harbiylari Rossiyaning janubiy Krasnodar oʻlkasida 'Shahed' dronlari saqlanadigan bazaga zarba berganini aytmoqda. Bosh shtab bayonotiga koʻra, hujum dengiz kuchlari va SBU razvedka xizmati