calendar 13 Jan 15:05
eye 110
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Zakovat”chi akalarga havasim keladi — Sirojiddin Ubaydullayev

image
Muhammadsharif Soʻfizoda nomli Namangan viloyat bolalar kutubxonasida yoshlarni kitob mutolaasiga qiziqtirish, ularning dunyoqarashi va erkin fikrlashini shakllantirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni tez-tez uyushtirish odat tusiga kirgan.

Yaqinda bu yerda maktablardan saralangan aʼlochi oʻquvchilar oʻrtasida 'Zakovat' intellektual oʻyini tashkil etilib, ularning zukkoligi sinovdan oʻtkazildi. Unda 7 ' 11 sinf oʻquvchilaridan tarkib topgan jamoalarning 70 nafardan ziyod bilimdonlari bahsga kirishdi. Oʻquv fanlari, maʼnaviyat, tarixiy faktlar, urf-odat va qiziqarli voqealar bilan bogʻliq murakkab savollar qatnashchilarni birmuncha oʻylantirganiga qaramay yoshlar ularga aniq javob qaytarishga harakat qilishdi.

' Televideniye orqali namoyish etilayotgan 'Zakovat' intellektual oʻyini hech bir tomoshabinni befarq qoldirmaydi, ' deydi Pop tumanidagi 67-umumtaʼlim maktabi 'Bilimdonlar' jamoasi sardori Sirojiddin Ubaydullayev. ' Ular boshlovchi tomonidan berilgan kutilmagan savolga chuqur dunyoqarash, tarix fanini puxta bilish, kuchli mantiqiy fikrlash salohiyati orqali javob beradilar. Biz ham ana shu zukko aka-opalarimizga havas qilib, bugungi oʻyinda bor bilimimizni ishga soldik.

Yakunda 'Bilimdonlar' jamoasi eng yuqori natijaga erishib, birinchi oʻrinni egalladi. Mingbuloq va Chortoq tumanidan kelgan yoshlarga keyingi faxrli oʻrinlar nasib etdi. Gʻolib jamoalar kutubxona maʼmuriyati va homiylarning esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Qudratilla NAJMIDDINOV, 'Xalq soʻzi'.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Jun 02:44
 
34
0
xs.uz

Jurnalistlar uchun radikalizmga qarshi kurash mavzusida oʻquv seminari tashkil etildi

Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida 'Radikallashuv omillari, axborot manipulyatsiyasi va unga qarshi kurashish' mavzusida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun oʻquv seminari boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 'Oʻzbekiston ' 2030' strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi farmoni ijrosi doirasida Jurnalistlar uyushmasi va 'Ziyo' media markazi hamkorligida tashkil etildi.Seminarda jurnalistlarga diniy radikalizmning xavfli jihatlari, radikal

17 May 21:46
 
54
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidentini qabul qildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuv avvalida yuksak martabali mehmon davlatimiz rahbariga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog'anning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.O'zbekiston bilan Turkiya o'rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda yanada kengaytirish va mustahkamlash masalala

31 May 08:49
 
25
0
xs.uz

Ayrim shifokorlarning maoshi 20 foizga oshiriladi

Joriy yilning 19-may kuni 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Farmonga koʻra, tajriba-sinov loyihasi doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari bazaviy tarif stavkalariga quyidagi miqdorlarda

13 May 14:37
 
139
0
xs.uz

Sirtqi taʼlim shakliga qabul butunlay yopiladi

Prezidentning tegishli farmoniga asosan, 2025/2026 oʻquv yilidan taʼlimning sirtqi shakliga qabul tugatiladi hamda kunduzgi taʼlimdan boshqa muqobil taʼlim shakllari boʻyicha qabul kvotalari oshiriladi.Ushbu oʻquv yilidan oliy taʼlim tashkilotlarining muqobil taʼlim shakllari boʻyicha umumiy qabul kvotasini kunduzgi taʼlim shakli qabul natijasining 50 foizidan oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi hamda magistratura bosqichida muqobil taʼlim shakllari asosida ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorl