calendar 13 Jan 14:25
eye 63
comments 0
comments Manba: postda.uz

“QIZIL” TOIFADAGI HUDUDLAR MUHOKAMASI

image

Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida o'tgan yilda kriminogеn vaziyatga ko'ra “qizil” toifaga kirgan mahallalar muhokamasiga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda mahalla fuqarolar yig'ini raislari, profilaktika inspеktorlari, xotin-qizlar faollari, hokim yordamchilari hamda yoshlar еtakchilari ishtirok etishdi.

Viloyat IIB boshlig'ining o'rinbosari, polkovnik Jahongir Sa'dullayеv raisligida o'tkazilgan mazkur yig'ilishda ushbu toifaga kiritilgan hududlarda sodir etilgan jinoyatlar va ularning kеlib chiqishiga sabab bo'lgan omillar atroflicha muhokama etildi. Shundan so'ng, har bir hudud mas'ullarining kun tartibidagi masalalar bo'yicha hisobotlari tinglandi.  

Yig'ilish yakunida jinoyat hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda unga qarshi kurashish masalalari yuzasidan tеgishli qarorlar qabul qilindi.     

Xudoybеrgan JABBOROV,

o'z muxbirimiz.

Xorazm viloyati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:27
 
53
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi oshdi, yevro va rubl pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 11,04 soʻmga oshdi va 12 688,08 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 15,61 soʻmga tushib, 14 106,61 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,86 soʻmga pastlab, 138,20 soʻmni tashkil qildi.

09 Oct 12:40
 
18
0
xs.uz

Quyosh panellari daromad keltirmoqda

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Energiya samaradorligini oshirish boʻyicha Samarqand viloyati hududlarida amaliy ishlar olib borilmoqda. Aholi va ijtimoiy soha obeʼktlarni qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan taʼminlash maqsadida viloyatdagi tijorat banklari tomonidan 2023-2024-yilllar davomida 1 779 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga muqobil energiya vositalarini sotib olish uchun 157 464 million soʻm kredit mablagʻlari ajratilgan. Jumladan, 1 426 nafar fuqaroga 40 010 million

24 Aug 17:27
 
58
0
xs.uz

2024-yilning oʻtgan 7 oyida Oʻzbekistonda qancha elektr energiyasi ishlab chiqarilgani maʼlum qilindi

Energetika vazirligi tomonidan joriy yilning oʻtgan yetti oyida Oʻzbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish va yetkazib berish koʻrsatkichlari eʼlon qilindi.Ushbu davrda respublikamizda jami 47,8 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan boʻlib, bu oʻtgan yilning shu davridagiga nisbatan 2,1 mlrd kVt/soat yoki 4,7 foiz koʻp demakdir.Shuningdek, respublika isteʼmolchilariga shu vaqt mobaynida 39,8 mlrd kVt/soat elektr energiyasi yetkazib berildi.Mazkur koʻrsatkich 2023-yiln

25 Sep 13:14
 
18
0
xs.uz

Yangi haftada dollar kursi qanday boʻlishi maʼlum qilindi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 4,99 soʻmga oshdi va 12 729,83 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 32,80 soʻmga tushib, 14 207,76 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,35 soʻmga koʻtarilib, 137,46 soʻmni tashkil qildi.