' Juvozxona mahallasida birinchilardan boʻlib mening xonadonimga quysh panellari oʻrnatildi. 25 million soʻmlik kredit evaziga oʻrnatilgan mazkur panellarning qulayligini birdan sezdim, ' deydi Payariq tumanidagi 14-maktab direktori Gʻulom Eshatov. ' Mahallamizda yaqinda elektr energiyasida uzilish boʻldi. Aynan quyosh paneli sabab xonadonimda chiroq oʻchmadi. Istaganda televizor tomosha qilamiz. Maishiy texnikalarni ishlatamiz.
Quyoshli kunlar koʻp yurtimizda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish juda samarali. Bugungi kunda tejamkor qurilmalardan foydalanib, uyini elektr bilan taʼminlashdan tashqari choʻntagiga daromad ham keltirayotganlar koʻp.
Past Dargʻom tumani Nayman mahallasida yashovchi Alisher Hamroyev oʻz xonadoniga quyosh batareyalari oʻrnatib daromad olayotganlardan biri. U ikki yildan buyon 15 KValik quyosh panellari orqali muzlatkich, 2 ta konditsioner, televizor, oʻnga yaqin tejamkor chiroqlardan foydalanib keladi.
' Uydan tashqari ustaxonamda ham turli qurilmalar ishlataman, ' deydi usta A.Hamroyev. ' Shu paytgacha elektr energiyasi uchun koʻp mablagʻ sarflardim. Hisoblagichimda puli tugab qolsa, asabim buzilardi. Quyosh panellari oʻrnatganimda ayrim tanishlarim 'uning foydasi yoʻq, muzlatkich va konditsionerni yoqishga kuchi yetmay tez ishdan chiqadi', deyishdi. Shunday boʻlsada, 28 dona panelni batareyasi bilan keltirib oʻrnatdik. Betoʻxtov ishlab turibdi. Ehtiyojdan ortgan elektr quvvatini sotib, daromad ham qilyapman.
Yaqinda Alisher Hamroyev uyiga quyosh nurlari bilan isitiladigan geliokollektor ham oʻrnatdi. Bu issiq suv muammosini hal etdi.
Elektr energiyasi va tabiiy gazga boʻlgan talab yildan-yilga ortib borayotgan bugungi kunda tabiiy energiya manbalarini saqlab qolish, muqobil energiya manbalaridan keng foydalanish barcha uchun qulay.
Fuqarolar kredit olishni oʻz-oʻziga taqiqlashi mumkin boʻladi
Kredit-axborot tahliliy markazi portalida fuqarolar tomonidan oʻziga oʻzi kredit olishni taqiqlash imkoni joriy qilindi. Bu oʻzgalar nomiga kredit oluvchi kiberjinoyatchilardan himoyalanish imkonini beradi.Mazkur xizmat yoqib qoʻyilsa, hech kim (kredit-moliya tashkilotlari) fuqaroning kredit tarixi bilan bogʻliq maʼlumotlarini ololmaydi. Natijada kredit tashkilotlari fuqaroning kredit tarixini onlayn oʻrgana olmaydi va kredit ajratish imkonsiz boʻlib qoladi.Xizmatdan foydalanish uchun Kr
Dollar kursi biroz pastladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'11,79'soʻmga tushdi va'12 816,11'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'3,95'soʻmga oshib,'13'836,27'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,01'soʻmga koʻtarilib,'132,86'soʻmni tashkil qildi.
Rossiya birinchi, Xitoy ikkinchi, AQSH esa kuchli beshlikka ham kirmagan. Statistika agentligi chet el kapitali asosida ishlayotgan korxonalar sonini ochiqladi
Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib borayotgan va chet el kapitali asosida ishlovchi korxonalar soni ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar bergan,Maʼlum qilinishicha, 2024-yilning 1-sentyabr holatiga 14 ming 562 ta chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat koʻrsatmoqda.Ularning eng yuqori ulushi Rossiya federatsiyasiga tegishli boʻlib, 3 mingdan koʻproqni tashkil etgan. Keyingi oʻrinlarni esa Xitoy, Turkiya, Qozogʻiston kabi mamlakatlar eg
Oʻzbekistondagi eng katta soliq toʻlovchi tashkilot qaysi?
2024-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekistonda 949 ta yirik soliq toʻlovchilar tomonidan 91,5 trillion soʻmdan ortiq soliq toʻlandi. Bu soliq tushumlarining katta qismi davlat ulushi mavjud va xususiy sektordagi yetakchi korxonalar hissasiga toʻgʻri keladi. Bu haqda 'Fiskal tahlillar' portal xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, davlat ulushiga ega korxonalar orasida 'Navoiy kon-metallurgiya kombinati' AJ 21,7 trillion soʻm soliq toʻlovi bilan birinchi oʻrinda turadi. Ikkinchi oʻrinni '