calendar 13 Jan 14:20
eye 136
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Barbie” filmi ikkita “Oltin Globus”ni qo‘lga kiritdi

image

2023 yilning eng kassabop filmi bo‘lgan “Barbie” 81-“Oltin Globus” kinomukofoti marosimida birdan ikkita nominatsiya bo‘yicha g‘olib bo‘ldi. Bu haqda mukofotning rasmiy sahifasida xabar berildi.

Bildirilishicha, taqdirlashda Greta Gervigning “Barbie“ filmi ”Kinematografiya va kassa yutuqlari” nominatsiyasida yetakchi bo‘lgan. Bu namoyish etilganining dastlabki oyidayoq katta shov-shuvga sabab bo‘lgan va bir nechta mamlakatda taqiqlangan filmning birinchi mukofotlanishi hisoblanadi. 

Shuningdek, marosimda taniqli amerikalik xonanda Billi Aylish va Finneas O’Konnell tomonidan ijro etilgan filmning “What was i made for?" nomli saundtreki “Kinofilm uchun eng yaxshi qo‘shiq” deb topildi. 

Bundan tashqari, “Oppengeymer”, “Galaktika qo‘riqchilari 3", ”Jon Uik 4", “O‘rgimchak-odam: Koinotlar to‘ri”, “Filmlarda Super Mario og‘a” va Teylor Sviftning gastrol safari aks etgan “Teylor Svift: Eras sayohati” filmlari “Oltin Globus” mukofotiga loyiq ko‘rildi.

Ma’lumot uchun, "Barbie" filmi dunyo kinoekranlariga chiqarilganining 17-kunidayoq 1 milliard AQSH dollaridan ortiq mablag‘ jamg‘argan. Bu Gervigni filmi milliard dollar ishlab topgan birinchi ayol rejissyorga aylantirgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barbenheimer” filmlari Google qidiruv tizimida bir yil mobaynida eng ko‘p qidirilgan so‘z, deb topildi va ChatGPT`ni ortda qoldirdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
23
0
postda.uz

NAHOTKI, TO‘G‘RI O‘G‘RIGA SHERIK BO‘LSA...

Ona tilim – jon-u dilimYaqinda Germaniyada yashayotgan qizinikida bir muddat mehmon bo‘lib kelgan akamizdan safar taassurotlarini so‘raganimizda shunday dedi:– Nemis o‘qituvchilari hayot tarzi haqida gapirar ekan, ular chetdan borib ishlayotganlarga: «Sizlar farzandlaringiz bilan uyda bemalol o‘z tilingizda gaplashavering, ammo nemis tilini bolangizga biz, o‘zimiz o‘rgatamiz», – der ekan. Avvaliga hayron bo‘ldik, deydi qizim. Keyin buning sababi nimada, deb so‘rabdi.«Siz

20 Mar 12:50
 
35
0
postda.uz

YEGANDEK BO‘LDIM

«Yegandek bo‘ldim» nomli masjid haqida eshitganmisiz?!Istanbulning Fotih mintaqasida shu nomdagi masjid bor. Bu turkchada «Sanki yedim» bo‘ladi. Bu g‘aroyib nom ortida ajib bir hikoya bor. Hikoya zamirida esa ajoyib bir ibrat mujassam.Naql qilishlaricha, Fotih mintaqasida Xayriddin ismli bir kishi istiqomat qilar edi. U qachon bozorning oldidan o‘tayotib nafsi mevanimi, go‘shtnimi, halvonimi xohlab qolsa, «egandek bo‘ldim» deb shunga yetadigan pulni bir sandiqqa tashlab qo‘ya

20 Mar 12:50
 
31
0
postda.uz

"Bobur – umumarmiya yoshlari nigohida"

O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi arafasida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Namangan viloyati kengashi tashabbusi bilan, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida yosh ichki ishlar xodimlari va IIV Namangan akademik litseyi o‘quvchilarining ma'naviy-ma'rifiy bilim va salohiyatini oshirish maqsadida "Bobur – umumarmiya yoshlari nig

12 Apr 21:16
 
328
0
xs.uz

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Mansur Ravshanov vafot etdi

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Mansur Ravshanov 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati'xabar berdi.Mansur Temirovich Ravshanov 1937-yilning 4-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tugʻilgan. 1961-yilda Toshkent Teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan.Mansur Ravshanov Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida avval aktyor, keyinchalik rejissyor, bosh rejissyor boʻlib ishlagan. Surxondaryo viloyat qoʻgʻirchoq teatrining vujudg