calendar 13 Jan 12:00
eye 140
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Alen Delon o‘g‘lini sudga bermoqchi

image

Dunyoga mashhur bo‘lgan 88 yoshli fransuz aktyori Alen Delon o‘g‘lining ustidan sudga murojaat qilmoqchi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.

Aktyorning o‘g‘li Entoni Delon 4 yanvar kuni “Paris Match” jurnaliga bergan intervyusida otasining sog‘lig‘i zaifligi va o‘tgan Rojdestvo uning uchun oxirgisi bo‘lishi mumkinligini aytdi.

"U ko‘p gapirmaydi, tez holdan toyadi... Otamning ovozi eshitilmagani sababli biz undan so‘zlarini takrorlashini so‘raymiz. U esa bundan asabiylasha boshlaydi", degan Entoni Delon.

Ma’lum bo‘lishicha, intervyu nashr qilingandan bir necha soat o‘tgach, Alen Delon o‘z advokati Kristof Aelaga murojaat qilgan. Advokat "France-Press"ga aktyor o‘g‘lining gaplaridan hayratda qolganini va uning sudga shikoyat qilishini aytgan.

Ўз otasining qarib qolganini qayta-qayta takrorlab, barchaga dardini dasturxon qilgan Entonining gaplariga otasi ortiq bardosh berolmaydi”, degan aktyorning advokati agentlikka.

Ma’lumot uchun, Alen Delon 2019 yil iyul oyida insultga uchragan va hozirda Fransiyaning Luara mintaqasida joylashgan uyida yashaydi. U faoliyatini yakunlashidan avval, 2008 yilda "Asteriks Olimpiya o‘yinlarida" kartinasida Yuliy Sezar rolini o‘ynagan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

06 Mar 16:13
 
48
0
xs.uz

Universitetda «Milliy liboslar kuni»

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida ushbu kun munosabati bilan qator tadbirlar o'tkazildi. Kun davomida 'Umrboqiy meros' O'zbekiston madaniyati va san'ati targ'ibot markazi xodimlari tomonidan o'zligimizni, milliyligimizni targ'ib etuvchi liboslar, taqinchoqlar, xattotlik san'ati namunalari ko'rgazmasi namoyish etildi.Shuningdek, universitet iqtidorli talaba-yoshlarining qo'l mehnatida qilingan ijodiy ishlari namoyishi tashkil qilindi.Tadbir davomida mehmonlarga talaba-

20 Mar 12:50
 
30
0
postda.uz

Kemadagi qul

Bir kuni podshoh dengiz sayohatiga chiqdi. Uning hali dengizga chiqib ko‘rmagan va yo‘l azobini tortmagan bir quli ham bor edi. Kema suvga tushirilib, to‘lqinlar ichra harakatlana boshlaganida, qulni vahima va qo‘rquv qamrab oldi. O‘z-o‘zidan qaltirab, yig‘lay boshladi. Atrofdagilar uni tinchlantirishga qancha urinishmasin, qulning vahimasi sira ham bosilmadi. Buni ko‘rgan podshohning ham kayfiyati ancha buzildi. Lekin, chorasi topilmasdi. Kemada bir dono qariya bor edi. Shunda u

04 Apr 16:20
 
42
0
xs.uz

O‘zbek adabiyotining buyuk siymolari faoliyati zamonaviy texnologiyalar orqali keng targ‘ib etiladi

O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida mamlakatimiz adabiyoti tarixida chuqur iz qoldirgan ijodkorlarning merosini keng targ'ib qilish maqsadida 'O'zbek adabiyoti yulduzlari' nomli medialoyihani tashkil etish rejalashtirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida mustaqillikning dastlabki davrida ijod qilgan, milliy adabiyotimiz rivojiga ulkan hissa qo'shgan ijodkorlar hayoti va ijodi keng yoritiladi.Bunda ilmiy-ijodiy guruh shakllantirilib, ijodkorlarning adabiy merosini chuqur o'rganish, ularning

20 Mar 12:50
 
29
0
postda.uz

БОРИ ЭЛГА ЯХШИЛИҒ ҚИЛҒИЛКИ, мундин яхши йўқ

Бир қўшиқ тарихиЎзбекистонда хизмат кўрсатган санъат арбоби, таниқли режиссёр Мақсуд Юнусов ўзи суратга олаётган «Бобур» видеофильми учун қўшиқ ижро этадиган хонанда излаб юрган кезлари. Бир куни танишларидан бири унга: «Бугун Олтиариқдан «Ёшлар куйлаганда» концерт да