calendar 12 Jan 16:40
eye 81
comments 0
comments Manba: postda.uz

OTA IZIDAN

image

Namangan viloyatining Pop tumanida Rahimovlar oilasini ko‘pchilik yaxshi biladi. Umr yo‘ldoshi Gulshanoy opa bilan 5 nafar farzandni tarbiya­lab, kamolga yetkazgan Ne’matjon Rahimov hayotda o‘zidan yaxshi nom qoldirdi. U Pop tumani IIB HOOB voyaga yetmagan yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish guruhi inspektori lavozimida xizmat qilib, hamkasblari orasida hurmat qozongan edi. 

Katta leytenant N.Rahimov 2006-yilning 30-may kuni xiz­mat olib borayotgan vaqtida jinoyatchi tomonidan yetkazilgan tan jarohati oqibatida halok bo‘lib, Prezidentimiz farmnoga ko‘ra, o‘limidan so‘ng «Jasorat» medali bilan taqdirlangan. 

Ne’matjon Rahimovning shonli yo‘lini farzandlari, shogirdlari davom ettirmoqda. 

To‘ng‘ich farzandlari Nizomjon va Nazirjon uzoq yillar yong‘in xavfsiz­ligi xizmatida faoliyat yuritib, pensiya­ga chiqqan. Uning yana bir o‘g‘li Ravshanjon esa hozirgi kunda Uchqo‘rg‘on tumani IIB JQB katta tezkor vakili lavozimida yurt osoyishtaligiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda, unvoni mayor. 

2018-yilda IIV Akademiyasini tamomlagan uning kenja farzandi Mahmudjon Rahimov Namangan shahar IIOFMB huzuridagi Tergov bo‘limida tergovchi lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Marhum Ne’matjon Rahimovning yana bir o‘g‘li Rustamjon tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, yurtimiz rav­naqiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. 

Nabiralari qurshovida keksalik gashtini surayotgan Gulshanoy aya farzandlarining kamolini, ular erisha­yotgan yutuqlarni ko‘rib quvonadi.

Sherzod ABDUSAMADOV,

o‘z muxbirimiz.

Namangan viloyati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
34
0
postda.uz

XATO QILISh BORDIR,TUZATMASLIK ORDIR

Probatsiya nazoratiga olinib, kasb-hunar egallashga undash hamda jamiyatda o‘z o‘rnini topishga ko‘maklashish ham mahkumlarning o‘z xatolarini tuzatishga berilgan imkoniyat, aslida. Xatirchi tumanida probasiya nazoratidagi shaxslarning muammolarini o‘rganish maqsadida qator tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi. Muloqot davomida mahkumlarning moddiy, ijtimoiy hamda tibbiy masalalar bilan bog‘liq muammolari o‘rganilib, hal etish yuzasidan tegishli m

20 Mar 12:54
 
39
0
xs.uz

Barcha xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan qiymati arzonladi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 20-mart kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 9,17 soʻmga tushib, 12 926,51 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 72,09 soʻmga pasayib, 14 092,48 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 2,80 soʻmga tushdi va 156,00 soʻmni tashkil qildi.

20 Mar 12:50
 
45
0
postda.uz

VA’DA MUDDATI TЕRGOVDA «TUGADI»

Harbiy xizmatni Farg‘onadagi xalqaro aeroportda a’lo darajada o‘tagan lavhamiz qahramoni 2019-yili Rossiya Federatsiyasi IIV huzuridagi Belgorod yuridik institutiga o‘qishga qabul qilindi. Huquqshunoslikning nazariy sirlarini puxta o‘zlashtirgan Firdaus Panjiyev yurtga qaytganidan so‘ng Sirdaryo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi surishtiruvchisi lavozimida xizmatni boshladi. Albatta, boshida qiyin bo‘ldi. Rossiyaning o‘rmonga chulg‘angan shahrida o‘rgatilgan kazusla

20 Mar 12:54
 
38
0
xs.uz

OTB Oʻzbekistonda kichik va oʻrta biznes rivoji uchun 3,4 milliard dollari ajratadi

Unga koʻra, pul yurtimizda kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish dasturi doirasida ajratilib, 2025-yil soʻngiga qadar 400 million dollar miqdorida moliyalashtirish koʻzda tutilgan.Xalqaro moliya institutining ustuvor yoʻnalishlari 'yashil' loyihalar va ayollar tadbirkorligini rivojlantirish boʻladi. Shuningdek, bank kichik va oʻrta biznesni xalqaro savdo zanjirlariga integratsiyalashuviga alohida eʼtibor qaratiladi.Taʼkidlash joiz, strategiyaning rasmiy taqdimoti 2025-yil aprel oyida