calendar 11 Jan 21:41
eye 88
comments 0
comments Manba: xs.uz

Finlyandiya Rossiya bilan chegaralarni yana bir oy ochmaslikka qaror qildi

image
Finlyandiya hukumati Davlat kengashining bugun, 11-yanvar kuni boʻlib oʻtgan umumiy yigʻilishida sharqiy chegaradagi cheklovlarni uzaytirishga qaror qildi. Bu haqda matbuot anjumanida ichki ishlar vaziri Mari Rantanen maʼlum qildi.

Unga endi cheklovlar shu yilning 11-fevraligacha amal qiladi.

'Milliy xavfsizlik Finlyandiya uchun muhim masala boʻlib qolmoqda', deydi Rantanen ushbu qarorni izohlab.

Ichki ishlar vazirligi rahbari hozirgi vaziyat Finlyandiyada yashovchi rossiyaliklar va ikki davlat pasporti egalariga salbiy taʼsir koʻrsatayotganini taʼkidladi.

Biroq, uning taʼkidlashicha, Rossiya tomonida hech qanday oʻzgarishlar boʻlmagan va gibrid taʼsir xavfi saqlanib qolmoqda. Rantanen Finlyandiya dekabr oyi oʻrtalarida ikkita nazorat-oʻtkazish punkti ochganini, biroq vaziyat oʻzgarmaganini eslatdi.

Finlyandiya hukumati milliy xavfsizlikni taʼminlash maqsadida oʻtgan yilning 16-noyabrida sharqiy chegaradagi ayrim nazorat-oʻtkazish punktlarini yopishga qaror qilgan edi. Bu chora tegishli hujjatlarsiz boshpana izlovchilar oqimini toʻxtata olmagan. Shundan soʻng, oʻtkazish punktlari soni kamaytirildi, keyin esa Vaynikkaladan tashqari butun chegara yopildi.

Shunga qaramay, hukumat oʻtgan yilning 14-dekabr kuni ikkita (Vaalima va Niirala) chegara punktini ochishga qaror qildi. Biroq, birinchi kunning oʻzidayoq Rossiyadan 100 dan ortiq boshpana soʻrovchilar kelgan. Shundan soʻng rasmiylar sharqiy chegarani bir oyga, 2024-yilning 14-yanvarigacha yopdi. Ichki ishlar vazirligi rahbari mamlakatga noqonuniy kirishga urinayotgan odamlar oqimi toʻxtagandagina vaziyat normallashishini aytdi.

Oldinroq, Finlyandiya vaziyat normallashganidan keyin Rossiya bilan chegarani bosqichma-bosqich ochishini maʼlum qilgandi.

Bungacha Yevropa Ittifoqining tashqi chegara xavfsizligi agentligi 'Frontex' Rossiya bilan chegara nazoratini kuchaytirish uchun Finlyandiyaga xodimlarini yuborgani, ular mamlakat sharqiy chegaralarida ikki oydan koʻproq vaqt davomida qolishi maʼlum boʻlgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:54
 
29
0
xs.uz

Trampning tahdidi quruq gapdan boshqa narsa emas — Putin

AQSH prezidenti Donald Tramp Ukraina masalasida Putin bilan muzokara oʻtkazish taklifini ilgari surmoqda. Agar Putin ushbu taklifni rad qilsa Tramp Rossiyaga iqtisodiy bosimni kuchaytirish bilan tahdid qilmoqda, deb yozadi 'The Wall Street Journal' nashri.Xabarga koʻra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Trampning bu tahdidini quruq gapdan boshqa narsa emas, deb hisoblaydi.'Urush mamlakat resurslari va ishchi kuchini quritgan boʻlsada, Kreml sanksiyalarni muvaffaqiyatli yengib chiqdi va Moskva

27 Jan 00:54
 
36
0
xs.uz

Harbiy texnologiyalari eng kuchli mamlakatlar reytingi eʼlon qilindi

Janubiy Koreyaning mudofaa texnologiyalarini targʻib qilish instituti 2024-yil uchun mamlakatlarning mudofaa fanlari va texnologiyalari darajasi boʻyicha tadqiqotni taqdim etdi.Unga koʻra, jahonda harbiy texnologiyalari eng taraqqiy etgan davlat AQSH boʻlgan. Ikkinchi oʻrinda Fransiya va Rossiya turibdi. Ularning harbiy innovatsiyalar darajasi Qoʻshma Shtatlar bilan solishtirganda 89 foizni tashkil etadi. AQSH harbiy sohada rivojlanish boʻyicha soʻnggi olti yilda Germaniya (3-oʻrin), Bu

31 Jan 15:22
 
20
0
xs.uz

Mudofaa va ichki ishlar vazirlari qatnashgan choʻmilish tadbirida 7 kishi vafot etdi – Hindiston

Hindistonda millionlab odamlarning bir vaqtda choʻmilishi oqibatida kamida 7 kishi vafot etdi. Bu mamlakatda oʻtkazilayotgan 'Kumbh Mela' festivalida fojia yuz berdi, deb xabar bermoqda 'NBS News' nashri.Xabarda aytilishicha, 29-yanvar kuni festival ishtirokchilari choʻmilish tadbirini oʻtkazmoqchi boʻlishgan. Millionlab odamlarning bir vaqtda choʻmilishga urinishi oqibatida ommaviy tiqilinch yuzaga keldi. Natijada 7 kishi vafot etib, oʻnga yaqin inson jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan

27 Jan 00:54
 
27
0
xs.uz

Los-Anjeles yaqinida yana bir kuchli oʻrmon yongʻini boshlandi

22-yanvar, chorshanba kuni Los-Anjeles shimolida sodir boʻlgan yangi oʻrmon yongʻini tezda 38 kvadrat kilometrdan koʻproq maydonga tarqaldi. Bu haqda 23-yanvar kuni 'Reuters' agentligi xabar berdi.'Oʻt atigi bir necha soat ichida Los-Anjelesning Iton tumanini kulga aylantirgan dahshatli yongʻinning uchdan ikki qismi darajasida kattalashdi', deyiladi xabarda.Kuchli shamol hamda qurigan oʻsimliklar koʻpligi sababli yongʻin juda tez tarqalmoqda. '31 ming kishi xavfsiz joyga koʻchiriladi,