calendar 11 Jan 17:35
eye 60
comments 0
comments Manba: xs.uz

Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibi takomillashtirilmoqda

image
Shu bilan birga, bugungi kunda sud qarorlarini qayta koʻrish institutining tahlili mazkur institutni takomillashtirish orqali amaldagi tartibni qayta koʻrib chiqish zarurligini koʻrsatmoqda.

Bosh Qomusimizning 138-moddasida, sud hokimiyatining hujjatlari barcha davlat organlari va boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar uchun majburiy ekanligi koʻrsatilgan.

Maʼlumki, 2023-yil 25-dekabrda 'Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik protsessual kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida'gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi va amaliyotda tatbiq etildi.

Unga koʻra, 2024-yil 1-yanvardan boshlab tumanlararo sudlari tomonidan birinchi instansiya sudida koʻrilgan ishlarni viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqish amaliyoti joriy etildi.

Sudda ish yuritish tezkorligi va sifatini oshirish, ish boʻyicha yakuniy qarorlar qabul qilish muddatlarini asossiz kechiktirishni bartaraf etish, har bir sud instansiyasining zimmasiga ish boʻyicha yakuniy qaror chiqarish majburiyati yuklatilishini, sud qarorlarini qayta koʻrish bosqichlariga taftish instansiyasi joriy etilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Mazkur Qonun bilan sud qarorlarini qayta koʻrishda viloyat sudlarining hamda ularga tenglashtirilgan sudlarning imkoniyatlaridan samarali foydalanish, shuningdek, fuqarolar va yuridik shaxslarning shikoyat qilish huquqidan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksiga qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Xususan, sudning ajrimi ustidan shikoyat berish masalasida yangi institut ' sud ishlarini taftish tartibida koʻrib chiqish amaliyoti joriy etildi. Yaʼni, yuqorida nomi keltirilgan Qonunga asosan, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari tomonidan birinchi bosqichda koʻrilgan ishlarni viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida qayta koʻrib chiqish vakolati berildi.

Bunday tartibning oʻrnatilishi oqibatida esa sudda har bir ish boʻyicha yakuniy toʻxtamga kelish orqali sud qarorlarining barqarorligini taʼminlab, fuqarolar va yuridik shaxslar sarson boʻlishining oldi olinadi. Endilikda, mazkur Qonunning qabul qilinishi bilan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammo va kamchiliklarning aniq yechimiga qaratilgan huquqiy mexanizmlar yaratib berilmoqda.

Sud hal qiluv qarorlari va ajrimlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish deganda, shikoyat va bildirilgan protest asosida quyi sud chiqargan hal qiluv qarorlari, ajrimlarining ularga qoʻyiladigan talablarga javob berishini tekshirishga qaratilgan yuqori sudda ish yuritish (sud muhokamasi) jarayoni hisoblanadi.

Qayd etilganidek, fuqarolik sud ishlarini yuritishda ishlar odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi, qonun va sud oldida tenglik, sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga boʻysunishi, taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi kabi prinsiplar asosida amalga oshiriladi.

Mazkur tartibning qonunda belgilanishi bilan odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Bunda birinchi instansiya sudining qaroridan norozi taraflar viloyat sudiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat qilib, ularning ham natijasidan qoniqmasa, ushbu ish mazkur sudlarda taftish tartibida koʻrib chiqiladi. Sud ishidan yana norozi boʻlingan taqdirda viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan taftish tartibida koʻrib chiqilgan ishlar Oliy sudning sudlov hayʼatida qayta koʻrib chiqiladi.

Shuningdek, kassatsiya instansiyasining joriy etilishi kelgusida manfaatdor shaxslar tomonidan qonuniy kuchga kirgan sud hujjati ustidan shikoyat keltirish imkonini beradi.

Masalan, suddagi bir taraf oʻzi qatnashgan ish boʻyicha qabul qilingan sud hal qiluv qarori yoki ajrimidan qonuniy kuchga kirganidan keyin qaysidir holatga koʻra norozi boʻlib qolishi mumkin. Ushbu holatda shaxs apellyatsiya shikoyati berish muddatini oʻtkazib yuborgan boʻladi, ammo unda shikoyat keltirishda protsessual huquqidan foydalangan holda kassatsiya tartibida shikoyat berish huquqi mavjud boʻladi.

Fuqarolik ishini apellyatsiya va kassatsiya tartibida qayta koʻrish ' sud protsessi ishtirokchilarining sud hujjatining qonuniyligi, asosliligi va adolatligini tekshirish huquqini taʼminlovchi muhim huquqiy institut hisoblanadi.

Qonunga muvofiq, apellyatsiya shikoyati (protesti) sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oy ichida berilishi mumkin.

Kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran olti oy ichida berilishi mumkin.

Taftish instansiyasi birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori hamda apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining ajrimlari ustidan berilgan shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish natijalariga koʻra quyidagilarga haqli:

- hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni oʻzgarishsiz qoldirishga;

- hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni toʻliq yoxud qisman bekor qilishga va yangi hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror qabul qilishga;

- hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni toʻliq yoki qisman oʻzgartirishga;

- Fuqarolik protsessual kodeksining 3722-moddasi birinchi qismining 4-bandida va 3724-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudiga yuborishga;

- hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni toʻliq yoki qisman bekor qilishga va ushbu Kodeksda koʻrsatilgan asoslarga koʻra arizani koʻrmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni toʻliq yoki qisman tugatishga;

- ayrim sud hujjatlarini bekor qilishga va ish boʻyicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini oʻz kuchida qoldirishga haqli.

Taftish instansiyasi sudining ajrimida, qarorida bayon qilingan koʻrsatmalar mazkur ishni yangidan koʻrayotgan sud uchun majburiydir.

Taftish instansiyasi sudi u yoki bu dalilning ishonchliligi yoki ishonchsizligi toʻgʻrisidagi, ayrim bir dalillarning boshqalaridan ustunligi haqidagi, ish yangidan koʻrilgan taqdirda qanday qaror chiqarilishi kerakligi toʻgʻrisidagi masalalarni oldindan hal qilib qoʻyishga haqli emas.

Endi yuqori instansiya sudlariga yanada katta masʼuliyat yuklanib, ishni yangidan koʻrish uchun quyi sudlarga yuborish tartibining bekor qilinganligi ham sud hujjatidan norozi shaxsning yuqori instansiyaga ishonchini mustahkamlaydi.

Qabul qilingan Qonun fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini yanada kuchaytirishga, ish boʻyicha barcha holatlar sud tomonidan har tomonlama va toʻliq tekshirilishiga hamda xalqimizning sudlarga boʻlgan ishonchining yanada oshishiga xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, sud qarorlarining qonuniyligi va asosligini qayta koʻrib chiqishda apellyatsiya, kassatsiya va taftish bosqichlarining takomillashtirilishi fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini yuksaltirish, ishlarni sudda koʻrish sifatini oshirish hamda xolis, adolatli va qonuniy sud qarorlarini qabul qilish uchun taraflarning tengligini va tortishuvchanligini amalda taʼminlashga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

B. ISLOMOV,

Toshkent shahar sudi raisi oʻrinbosari '

Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:26
 
21
0
xs.uz

Oʻzbekistonda 24-avgust kuni qanday ob-havo kutilayotgani maʼlum qilindi

'Oʻzgidromet' 24-avgust, shanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berdi.Toshkent shahrida havo bir oz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, kechga tomon 10-12 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi.Buxoro va Navoiy v

24 Aug 17:26
 
28
0
xs.uz

Oʻzbekistondagi hududlarning master rejalari ishlab chiqiladi

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-avgustdagi 497-son qarori bilan Hududning master-rejasini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash toʻgʻrisidagi nizom qabul qilindi.Prezidentning 2023-yil 11-sentyabrdagi PQ-299-son qaroriga muvofiq, shaharsozlik va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, hududlar qismlarining yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda hududiy va iqtisodiy rivojlanishini rejalashtirish hamda ularning iqtisodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun master-rejalarni ishlab ch

10 Oct 16:28
 
18
0
xs.uz

“Milton” toʻfoni sabab AQSHdagi oʻzbekistonliklar ogohlikka chaqirildi

Joriy yilning 6-oktyabr kuni Florida hukumati 'Milton' toʻfoni yaqinlashib kelayotgani sababli shtatning 51 shahrida'favqulodda holat'eʼlon qilgan edi. Shu munosabat bilan Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasi vatandoshlarga murojaat bilan chiqib, ehtiyot choralarini koʻrishga chaqirdi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi'xabar bermoqda.Unga koʻra, fuqarolar'shoshilinch yordam kerak boʻlsa, elchixonaning quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishi'mumkin:Shuningdek, toʻfon natijasida jabr

20 Sep 00:21
 
32
0
xs.uz

Margʻilonda “Atlas bayrami” oltinchi xalqaro festivali boshlandi

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Joriy yilning 19-21-sentyabr kunlari Margʻilon shahrida 'Atlas bayrami' oltinchi Xalqaro anʼanaviy toʻqimachilik festivali boʻlib oʻtadi.Bugun Margʻilon shahridagi Hunarmandchilikni rivojlantirish markazida festivalning tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi. Unda mamlakatimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan taniqli hunarmand, dizayner va rassomlar bilan birga Avstraliya, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Italiya, Portugaliya, Shveysariya, Latvi